Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- +TJul ..b + TJb .i + TJd .e.j + X X
3
1 +T K =UOTA+3 2 Bu yerda: Z 1 davr boshidagi tovar zahiralari summasi; Tk - Tovarlarni kelishi summasi; UOTA – ulgurji tovar aylanishi hamda mayda ulgurji tovar aylanishi summasi; 3 2 – davr oxiridagi tovar zahiralari summasi. Ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda, rejalashtirish va prognozlashda ulgurji ombor tovar aylanishi hamda tovarlarni kelishi ko‘rsatkichlarini kelish manbalari va sotib oluvchi sub’ektlarga qarab ajratish zaruriyati tug‘iladi, chunki ular o‘z miqdoriga, shakllanish tendensiyalariga ega. Ularni har bir elementini ta’sir darajasini tahlil qilish uchun yuqorida bir - biriga keltirilgan tovar aylanishi ko‘rsatkichlari balans formulasini quyidagi shaklda ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3 1 +TK 1 +TK 2 +TK 3 +TK 4 +TK 5 = TA chs +TA 00 + TAICH+ TAB .I +TJb .d +TJb .v +TJul ..b + TJb .i + TJd .e.j + X X + 3 2. junatish. Bu yerda: TK 1 - joylardagi ishlab chiqarish korxonalaridan kelayotgan tovarlar; TK 2 - boshqa viloyatlar korxonalaridan kelayotgan tovarlar; TK 3 - boshqa davlatlardan kelayotgan tovarlar; TK 4 - davlat ehtiyoj jamg‘armasidan keladigan tovarlar (asosan ayrim oziq- ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli, (masalan: shakar, un, go‘sht va h.k.) TK 5 - boshqa ulgurji savdo bazalaridan keladigan tovarlar; TAchs - chakana savdo shahobchalariga tovarlar sotish; TA 00 - ommaviy ovqatlanish shahobchalariga tovarlar sotish; www.sies.uz Page 325 of 356 326 326 TAich - ishlab chiqarish korxonalariga tovarlar sotish; TA bi - boshqa iste’molchilarga tovarlar sotish, jumladan mayda ulgurji tovar aylanishi. TJb .d - boshqa davlatlarga tovarlar jo‘natish; TJbv - boshqa viloyatlarga tovarlar jo‘natish; TJul .b - boshqa ulgurji bazalarga tovarlar jo‘natish; TJb .i - boshqa iste’molchilarga tovarlar jo‘natish; TJd .e.j - davlat ehtiyoj jamg‘armasiga tovarlar jo‘natish; Xx - hujjatlashtirilgan harajatlar va tovarlarni tabiiy yemirilish; 3 1 va Z 2 tegishli davr boshidagi va oxiridagi tovar zahiralari. 10.4 Ulgurji tovar aylanishi tahlilining maqsadi va bosqichlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji tovar aylanishini iqtisodiy tahlil kilishning maqsadi quyidagilardan kelib chiqadi: birinchidan, ulgurji savdo korxonalari o‘zining barcha harajatlari, to‘lovlari va soliqlarni qoplab, kelgusidagi rivojlanishini ta’minlay oladigan darajada foydaga erishish lozim; ikkinchidan, ular ulgurji bazalarga xos bo‘lgan funksiya vazifalarni bajarishlari kerak. hozirgi sharoitda ulgurji tovar aylanishini tahlilining maqcadi faqatgina ulgurji tovar aylanishining o‘zgarish tendensiyalarini tadqiq, qilish emas, balki ushbu jarayonlarni zaruriy daromadga ega bo‘lish nuqtai nazaridan o‘rganish, tovarlarning ishlab chiqarishdan chakana savdo korxonalari va boshqa iste’molchilargacha harakatining tashkil etilishini baholash hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlilning ahamiyati kesk in ortadi. C hunki, bunday sha roitda ulgurji korxonalar raqobatchilik asosida ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu ulardan o‘z xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, raqobatchilarning ham faoliyatini har tomonlama va ob’ektiv baholashni talab qiladi. Ulgurji savdo korxonalari chakana savdo korxonalari va boshqa haridorlar uchun vositachilik rolini bajaradi. Shuning uchun, ulgurji tovar aylanishi tahlilining asosiy vazifasi ulgurji korxonaning chakana savdo www.sies.uz Page 326 of 356 327 327 tarmog‘i va boshqa iste’molchilarni tovarlar bilan ta’minlashga qaratilgan funksiyalari (oldi-sotdi) ning bajarilishini tekshirish hisoblanadi. Ulgurji tovar aylanishini tahlilining yana bir vazifasi, tovarlar chakana savdo korxonalariga qay yo‘sinda (tranzit yoki ombor orqali) yetkazilayotganligi, ular qanchalik darajada iqtisodiy va tashkiliy jihatdan asoslanganligi kabi masalalarni aniqlash hisoblanadi. Tahlilning keyingi vazifasi o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarish tendensiyalarini, ular o‘zgarishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va har bir omil ta’sirini baholashdan iborat. Bunda o‘zgarish darajalarini yoki ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini xizmat kursatilayotgan korxona va tashkilotlarning mos ko‘rsatkichlari bilan solishtirish muhimdir (masalan, chakana tovar aylanishi, tovar zahiralari, tovarlarning kelib tushishi va boshqa ko‘rsatkichlar bilan). Ulgurji tovar aylanishi ko‘rsatkichlari tahlilining muhim vazifalaridan biri, ushbu ko‘rsatkichlardan har birining xo‘jalik faoliyati oxirgi natijasiga ta’sirini aniqlash hisoblanadi. Matlub o t ko o p era tsiya si ul gu rji sa vd o si, yuq o rid a ta’kidlaganimizdek, tizim ichidagi ta’minot bilan shug‘ullanadi. Ular tovar aylanishining asosiy kismi chakana savdo korxonalariga tovarlarni sotish orqali shakllanadi. Boshqa iste’molchilarga tovarlar sotish ulgurji tovar aylanish hajmining nisbatan kam qismini tashkil qiladi. Shu sababli, ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini taxlil qilish va rejalashtirish uslubini, asosan chakana savdo tarmog‘ini ta’minlash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofik, bo‘ladi. Ulgurji tovar aylanishini tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. I. Ulgurji tovar aylanish tahlili jarayonida quyidagilar o‘rganiladi: o baza bo‘yicha ulgurji tovar aylanish rejasining bajarilishi, shu jumladan uning ko‘rinishlari va sotish shakllari (tranzit va ombor usulida) bo‘yicha shuningdek bazaning har bir bo‘g‘ini (filial, ombor, tovar bo‘limlari) bo‘yicha ulgurji www.sies.uz Page 327 of 356 328 328 tovar aylanishi rejasining bajarilishi, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirma narxlarda oldingi yillarga nisbatan o‘sish sur’atlari, ularning umumiy ulgurji tovar xajmidagi ulushi, hisobot davridagi tovar aylanishi tarkibidagi o‘zgarishlar, shuningdek barcha ta’kidlangan ko‘rsatkichlar buyicha ulgurji tovar aylanishining rivojlanish tendensiyalari. Shular bilan bir vaqtda alohida tovar guruhlari bo‘yicha ulgurji tovar aylanish holati va tendensiyalari o‘rganiladi. qayd etilgan ko‘rsatkichlarni boshqa hududlardagi o‘xshash tipdagi ulgurji korxonalar va har xil raqobatchilarning mos ko‘rsatkichlari bilan solishtirgan holda tahlil qilish zarur; o tumandagi chakana savdo korxonalarining alohida tovarlar bilan ta’minlashdagi ulgurji korxonaning ulushi. Buni aniqlash uchun ulgurji korxonaning alohida tovarlar buyicha tuman chakana savdo korxonalariga qilgan tovar aylanish hajmi maskur tumandagi ushbu tovarlar chakana tovar aylanishining umumiy hajmi bilan solishtiriladi va chakana savdoni tovarlar bilan ta’minlashdagi o‘rniga baho beriladi. II. Alohida tovarlar (yoki tovar guruhlari) buyicha ulgurji va chakana tovar aylanishining qator yillardagi rivojlanish tendensiyalari o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlar boshqa raqobatchi ulgurji korxonalarning mos ko‘rsatkichlari bilan solishtirgan holda o‘rganilishi va tegishli xulosalar qilinishi kerak: Ø ulgurji va chakana savdodagi tovar zahiralarining holati, alohida tovar guruhlari buyicha ularning harakati, bozorgir bo‘lmagan va kasod mollarning hamda me’yoridan ortiqcha tovar zahiralarining www.sies.uz Page 328 of 356 329 329 vujudga kelish sabablari, ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarining (tovar aylanishi, tovar zahiralari, tovarlarning kelib tushishi va boshq.) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bog‘lanishi zarur; Ø ulgurji tovar aylanish rejasining bajarilishi ulgurji korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi, ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanadi; Ø tahlil natijalarini umumlashtirish. Bunda ulgurji korxona faoliyati buyicha xulosa yasaladi va uni kelgusida yaxshilash buyicha amaliy takliflar, chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Tahlil ulgurji korxona faoliyatini to‘liq va har tomonlama tavsiflashi hamda kelgusi davrlarga ulgurji tovar aylanishini prognozlash va rejalashtirish uchun asosiy manbai vazifasini o‘tashi lozim. Ulgurji tovar aylanishini tahlil qilishda amaldagi buxgalteriya va statistik hisobotlardan, tovalar sotish, kelib tushishi va tovar zahiralari haqidagi dastlabki ma’lumotlardan, ulgurji baza xizmat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar materiallaridan, boshqa xududdagi o‘xshash ulgurji bazalar ma’lumotlaridan hamda raqobatchi korxonalar materiallaridan foydalaniladi. Bozor kon’yunkturasi haqidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari materiallari, gazeta, jurnal va boshqa nashrlarda chop etilgan ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Ulgurji tovar aylanishning tahlili jarayonida ayrim ko‘rsatkichlarni hisoblash uslubi chakana tovar aylanishni tahlil qilish uslubi bilan o‘xshash. Biroq jadval, chizma va grafiklarni qo‘llashda ulgurji savdoning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi zarur. 10.5 Ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini rejalashtirish. Ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini rejalashtirish mulkchilik shakli va boshqaruv tizimidan qat’iy nazar ulgurji savdo korxonalarini rivojlantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Bozor munosabatlari muomala sohasida tovarlar massasini sezilarli darajada www.sies.uz Page 329 of 356 330 330 ko‘paytirishni taqozo qiladi. Tovarlar harakatini tashkil etishda, ulgurji savdo ishlab chiqaruvchilar va minglab chakana savdo korxonalari o‘rtasidagi vositachi sifatida muhim rol o‘ynaydi. Bunday sharoitda, ulgurji savdoning samaradorligi iqtisodiy ishlarni tashkil etish, xususan, ulgurji bazalar xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ulgurji korxonalar xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini rejalashtirish sifati ular xo‘jalik faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji savdoni rejalashtirishni tashkil etish, uning uslublari va texnikasini tubdan o‘zgartirish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalari korxona va tashkilotlar xo‘jalik faoliyatiga, xususan ular faoliyatini rejalashtirishga davlat boshqaruv apparati aralashmasligini talab qiladi. Barcha xo‘jalik muammolari yechimlari va xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlarini rejalashtirish birlamchi bo‘g‘inlar (korxonalar) yoki ular birlashmalari ixtiyorida bulishi kerak. Bularning barchasi ulgurji korxonalar va tashkilotlarga ham taalluqlidir. Ulgurji tovar aylanishini rejalashtirishning asosiy maqsadi, ulgurji korxonaning xo‘jalik faoliyati rentabelligini oshirish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, korxona va tashkilotlarga to‘liq va doimiy ravishda tovarlar yetkazib turishni ta’minlash hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish maqsadida, ulgurji tovar aylanishni rejalashtirish jarayonida quyidagi masalalar hal qilinadi: tovar aylanish ko‘rinishlari, sotish shakllari va tovarlar guruhlari bo‘yicha mukammal hajmini belgilash; harajatlarni minimallashtirish va yuqori daromadga erishish maqsadida tovarlar harakati hamda ulgurji korxonaning ta’minotchi va haridor korxonalari bilan bo‘ladigan xo‘jalik aloqalarini optimallashtirish, tovar aylanishini tezlashtirish va ulgurji savdo korxonalari moddiy - texnika bazalaridan samarali foydalanishni ta’minlash. Ulgurji savdo korxonalari rejasi korxona xo‘jalik faoliyatining barcha www.sies.uz Page 330 of 356 331 331 jihatlarini takomillashtirish va ichki imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Ulgurji tovar aylanishini rejalashtirishda, tovar yetkazib beruvchilar va haridorlar (chakana savdo korxonalari, ommaviy ovqatlanish va sanoat korxonalari) bilan tuzilgan bitimlar, xizmat ko‘rsatilayotgan korxonalarning reja ko‘rsatkichlari, haridorlarga tovarlar yetkazib berishning kelishilgan sxemalari, ulgurji korxonaning o‘tgan yillardagi xo‘jalik faoliyati tahlili ma’lumotlari, marketing tadqiqotlari natijalari, korxona moddiy - texnika bazasi haqidagi ma’lumotlar, kuzatish natijalari va boshqa ma’lumotlar asos qilib olinadi. Ulgurji tovar aylanish rejasi turli usullaridan foydalangan holda bir nechta variantlarda tuzilishi va ulardan eng optimal varianti tanlab olinishi zarur. Sotsialistik iqtisodiyot sharoitlarida rejalashtirishning nazariyasi va amaliyoti tegishli darajada ishlab chiqilgan hamda amaliyotda foydalanilgan. U la rdan bozo r iqtisodiyoti sharoitida ham muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Umuman, shuni ta’kidlash kerakki, sovet iqtisodiy nazariyasi iqtisodiyotni eng quyi, dastlabki bo‘g‘inlaridan to umumdavlat darajasigacha rejalashtirish va prognozlashning mukammal usullarini ishlab chiqqan. Xorij kompaniyalari, korporatsiyalari, firmalari va hatto davlat miqyosida ham ushbu usullardan muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Sotsialistik jamiyatdagi rejalashtirishning kamchiligi uning usullarida emas, balki rejalashtirishni tashkil etish qoidalarida boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlikka asoslanganligidadir. Ulgurji korxonalar ulgurji tovar aylanishining umumiy hajmi iste’molchilarga tovarlar sotish va yetkazib berishning turli ko‘rinishlaridan iborat bo‘lishini hisobga olgan holda, uni rejalashtirish alohida tovar guruhlari hamda sotish va yetkazib berish ko‘rinishlariga muvoffiq amalga oshiriladi, shular asosida ulgurji tovar aylanishining umumiy hajmi belgilanadi. Murakkab assortimentli tovarlar bo‘yicha tovar aylanishini rejalashtirishda, hatto kichik guruhlar bo‘yicha ham rejalashtirish amalga www.sies.uz Page 331 of 356 332 332 oshiriladi. Chakana tovar aylanishni rejalashtirishda turli usullardan jumladan deduksiya usulidan ham foydalanildi. D ed uksiya usul iga ko ‘ra, re ja la shtiri sh um um iy likd an xususiylikka qarab amalga oshiriladi, ya’ni dastlab chakana tova r ayla nishning umumiy xajmi belgilanadi va shunga ko‘ra tovarlar tarkibi rejalashtiriladi. Ulgurji tovar aylanishni rejalashtirish uslubiyoti esa induksiya usulidan foydalanishni taqozo qiladi. Induksiya usulida rejalashtirish xususiylikdan (alohidalikdan) umumiylikka qoidasiga asosan amalga oshiriladi. Ulgurji tovar aylanishni rejalashtirishda hisob-kitobning turli usullaridan foydalaniladi. Masalan, ulgurji tovar aylanish tarkibi va umumiy hajmini rejalashtirishda hisob-kitoblarni quyidagicha amalga oshirish tavsiya qilinadi: • tuzilgan bitimlar asosida chakana savdo korxonalari, ommaviy ovqatlanish korxonalari, sanoat korxonalari va boshqa haridorlarning talabini hisobga olish; • talabni o‘rganish (talabning miqdori va uning strukturasini iqtisodiy baholash) marketing tadqiqotlari natijalarini hisobga olish; • tajriba - statistik usul, ya’ni ulgurji korxonaning operativ, statistik va buxgalteriya ma’lumotlari va chetdan olingan iqtisodiy axborotlar asosida; • balans usulida. Bozor iktisodiyoti sharoitida korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatini rejalashtirishda to‘la mustaqillikka ega bo‘ladilar. Bunday sharoitda, ulgurji tovar aylanishni rejalashtirishda ko‘plab rejalashtirish vositalari va usullaridan foydalanish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ulgurji savdo korxonalari iqtisodiy ishlarining muhim vazifalaridan biri, iqtisodiy - www.sies.uz Page 332 of 356 333 333 matematik usullardan keng foydalanish va zamonaviy kompyuter texnologiyalarini qo‘llash asosida ulgurji tovar aylanish ko‘rsatkichlarini rejalashtirishning ilmiylik darajasini oshirish hisoblanadi. Ulgurji tovar aylanishni hisoblash uslubiyoti. Ulgurji korxonalar chakana savdo tarmog‘i tovar-aylanish rejasining bajarilishi va tovar zahiralarini to‘ldirib turish uchun tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun, dastlab, xizmat ko‘rsatilayotgan chakana savdo korxonalarining alohida tovar guruhlari bo‘yicha tovarlarga bo‘lgan iste’molining miqdori hisoblanadi. Buni quyidagi formula yordamida amalga oshirish mumkin: Ich i = Tch i ± ∆ Zch i Bu yerda: Ich i - rejalashtirayotgan davr uchun chakana savdoning tovar guruhlari buyicha iste’moli; T chi - rejalashtirayotgan davr uchun tovar guruhlari buyicha chakana tovar aylanishi; ∆ Zch i - rejalashtirayotgan davr uchun chakana savdoda tovar guruhlari bo‘yicha tovar zahiralarining ko‘payishi yoki kamayishi. Barcha savdo korxona va tashkilotlarining tovar guruhlari buyicha iste’mol hajmi quyidagi formula yordamida hisoblanadi: Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling