Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
9.5.2 Tovar zahiralarini kvartallar bo‘yicha rejalashtirish Texnik-iqtisodiy hisoblar orqali rejalashtirilgan yilning IV kvartaliga aniqlangan tovar zahiralar normativi va joriy yilning IV kvartali normativi asosida rejalashtirilgan yilning I, II, III kvartallari uchun tovar zahiralari normativi so‘m va kunlar hisobida aniqlanadi. Buning uchun rejalashtirilgan yilning IV kvartal normatividan joriy yilning IV kvartal normativini ayirib tashlash yo‘li bilan tovar zahiralarini o‘zgarish miqdori so‘m hisobida aniqlanadi. Asosiy maqsad I, II, III kvartallarga yuqorida aniqlangan farqni taqsimlash yo‘li bilan ushbu kvartallar uchun tovar zahiralari normativini aniqlashdan iborat. Ushbu farqni taqsimlash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi. Birinchi usul agar kvartallar tovar aylanishi hissasi keskin farq qilmasa ushbu farq bir xil miqdorda taqsimlanadi. Ya’ni uni to‘rtga bo‘lib, IV kvartal joriy yil normativiga qo‘shilsa I kvartal rejalashtirilgan yil normativi aniqlanadi. I kvartal normativiga farqni qo‘shib II kvartal normativi va II kvartal normativiga yana farqni qo‘shib III kvartal normativi aniqlanadi. Іar kvartal uchun aniqlangan normativlar summasini tegishli kvartalning 1 kunlik tovar aylanishiga bo‘lish orqali tovar zahiralarining kun hisobidagi normativi hisoblanadi. Ikkinchi usul agar kvartallar tovar aylanishi hissasi keskin farq qilsa ishlatiladi. Bunda tovar zahiralari (IV kvartal joriy va rejalashtirilgan yillari) farqi kvartallararo har bir kvartalning yillik tovar aylanishidagi hissasiga nisbatan taqsimlanadi va qolgan jarayon birinchi usul tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu usullarni ishlatilish tartibini quyidagi shartli misolda ko‘rib chiqamiz. www.sies.uz Page 305 of 356 306 306 Masalan: 1. joriy yilning IV kvartaliga normativ-1520 ming so‘m. 2. Rejalashtirilgan yilning IV kvartaliga normativ-1620 ming so‘m Normativlar farqi = 1620-1520=100 ming so‘m Birinchi usul bo‘yicha normativlarni aniqlaymiz: 1. Normativlar farqini o‘rta taqsimlash miqdori=100:4=25 ming so‘m 2. Rejalashtirilgan yilga tovar zahiralari normativi: 2.1 I kvartalga = 1520+25=1545 ming so‘m 2.2 II kvartalga = 1545+25=1570 ming so‘m 2.3 III kvartalga = 1570+25=1595 ming so‘m 2.4 IV kvartalga = 1595+25=1620 ming so‘m 3. Rejalashtirilgan yilga chakana tovar aylanishi: 3.1 I kvartalga 1530 ming so‘m, bir kunligi 1530:90=17,0 ming so‘m 3.2 II kvartalga 1610 ming so‘m, bir kunligi 1610:90=17,9 ming so‘m 3.3 III kvartalga 1730 ming so‘m, bir kunligi 1730:90=19,2 ming so‘m 3.4 IV kvartalga 1790 ming so‘m, bir kunligi 1790:90=19,9 ming so‘m 4. Kvartallar bo‘yicha tovar zahiralar normativi, kunlarda: 4.1 I kvartalga = 1545:17=91 kun 4.2 II kvartalga = 1570:17,9=88 kun 4.3 III kvartalga = 1595:19,2=83 kun 4.4 IV kvartalga = 1620:19,9=81 kun Ikkinchi usul bo‘yicha, ya’ni kvartallarda tovar aylanishi tovar aylanishi hissalari keskin farq qilgan holda. Ushbu usul bo‘yicha tovar zahiralari normativini aniqlash yo‘lini quyidagi jadvaldagi ma’lumotlar orqali keltiramiz: www.sies.uz Page 306 of 356 307 307 9.5.2.1 jadval Tovar zahiralarini normativini kvartallar bo‘yicha hisob-kitobi (summasi ming so‘m) Chakana tovar aylanishi Tovar zahiralari normativi Kvartallar Jami Bir kunligi Umumiy CHTA.da kvartallar hissasi, % Normativlarni o‘zgarish miqdori summasi Kun- larda 1 2 3=2:90 4=(2·100)/jamiga 5 6 7=6:3 1. Joriy yilni IV kvartali 1490 16,6 - 1520 91,6 2. Rejalash-tirilgan yil IV kvartal 1820 20,2 27,4 (100·27,4)/100=27,4 1620 80,2 I kvartal 1530 17,0 23,0 (100·23)/100= =23,0 1520+23= 1543 90,8 II kvartal 1610 17,9 24,5 (100·24,5)/100=24,5 1543+24,5=1567,6 87,5 III kvartal 1700 18,9 25,5 (100·25,5)/100=25,5 1567,6+25,5=1593,1 86,1 Jami 6660 18,5 100,0 1620-1520=100 - - www.sies.uz Page 307 of 356 308 308 9.5.3. Tovarlar kelishini rejalashtirish. Chakana tovar aylanishi ko‘rsatkichlarini rejalashtirishni oxirgi etapi chakana tovar aylanishini tovarlar bilan ta’minlanishini (tovarlarini kelishini) rejalashtirishdan iborat. Chunki tovar ta’minoti chakana tovar aylanishini moddiy asosini tashkil qiladi. Chakana tovar aylanishi rejasini bajarilishi(umumiy xajmi va tarkibi bo‘yicha) asosan tovarlarni keltirilishi va tovar zaxiralarini holatiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida chakana savdo, ommaviy ovqatlanish shaxobchalarining soni va ularni tovarlar bilan ta’minlovchilarni soni va doirasi juda kengayib ketdi. (Tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdo bazalari, har xil darajadagi vositachilar, 8.2.3 paragrafga qaralsin). Ushbu holat chakana tovar aylanishini tovar ta’minotini rejalashtirishni murakkablashtirib yuboradi. Chakana tovar aylanishini tovarlar bilan ta’minlash rejasi chakana tovar aylanishi xajmi va assortimenti bo‘yicha rejalar, tovar zaxiralari holati va normativlari, iste’mol tovarlari taklifi rejasi (ushbu ko‘rsatkichni rejalashtirish 8.2.4 paragrafda keltirilgan) kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanishi zarur. Tovarlar ta’minoti(tovarlarni keltirish) rejasini ishlab chiqishda savdo va ommaviy ovqatlanish shaxobchalarini tovar ta’minotchilari bilan tuzilgan shartnoma (kantrakt) larini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Shu sababli, tovar ta’minoti rejasining umumiy hajmi, ayniqsa uning assortimenti tovarlar manbalari bo‘yicha tuzilishi zarur. Tovarlarni keltirish rejasi natural va qiymat ko‘rsatkichlarida aniqlanadi. Metodologik nuqtai nazardan chakana tovar aylanishini tovar ta’minoti rejasi uni assortimentlar bo‘yicha oldin natural ko‘rsatkichlarda hisob kitob qilish, ikkinchi bosqichda tovar guruhlari bo‘yicha prognoz qilingan o‘rtacha baholar orqali qiymatini aniqlash va uchinchi bosqichda tovar ta’minotini umumiy hajmi tovar guruhlari bo‘yicha aniqlangan summalarini jamlash orqali nihoyasiga yetish zarur. Tovar ta’minotining assortimentlar bo‘yicha rejalashtirishda tovarlarni www.sies.uz Page 308 of 356 309 309 tabiiy yoki boshqa omillar ta’siri ostida yemirilishi, yo‘qolishi kabilar ham hisobga olinishi zarur. Shu bilan bir qatorda savdo shaxobchalari orqali ovqatlanish korxonalari va boshqa savdo shaxobchalari, maishiy xizmat korxonalariga tovarlarni sotish yoki qayta ishlash uchun jo‘natilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichlar ham e’tiborga olinishi zarur. Tovar keltirilishi rejasi aniq hisob-kitoblarga asoslangan bo‘lishi kerak. Ushbu ko‘rsatkichlarni rejalashtirishda texnik-iqtisodiy hisoblash va balans usullaridan foydalaniladi (9.1.4 paragrafga qaralsin). Tovarlar ta’minoti viloyat, Respublika miqqiyosida prognozlashtirish va rejalashtirishda iqtisodiy matematik usullardan foydalanish yaxshi natijalar berishi mumkin. Tayanch iboralar: Tovar zaxiralari, tovarlar kelishi, normativ, normalashtirish, reja, rejalashtirish, usullar. Takrorlash uchun savollar. 1. Tovar zaxiralarini normalashtirishda qanday qoidaga rioya qilish kerak? 2. Tovar zaxiralarini normalashtirishda qanday usullardan foydalaniladi? 3. Joriy tovar zaxiralarini normalashtirish tartibini yoritib bering? 4. Joriy tovar zaxiralarini normativini aniqlash formulasini yozing? 5. Joriy tovar zaxiralarini kvartallar bo‘yicha rejasini aniqlash usullarini ayting? 6. Mavsumiy va oldindan yetkazib beriladigan tovar zaxiralari qanday rejalashtiriladi? 7. Tovarlar kelishini qanday rejalashtiradi? www.sies.uz Page 309 of 356 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling