Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1,38 Mb. Pdf ko'rish
|
Uchinchidan iqtisodiy kadrlarga qo‘yiladigan talablardan (ularning kasbiy
maxorati, bilimdonligi, tadbirkorligi, bashorat qila bilishligi va hokazolar) kelib chiqadigan omillar. Keltirilgan fazilatlar ichki savdo iqtisodiyoti fanini o‘rganishda shakllanib boradi. Bu omillardan kelib chiqib, ichki savdo iqtisodiyoti fanining asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining asosiy vazifalari: - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlari va kriteriyalari (baholash mezonlari) aniqlash usullarini o‘rganish; - savdo xo‘jalik mexanizmini o‘rganish, baholash, kelajakka bashorat qilish; - bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni savdo korxonalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish; - barcha turdagi savdo korxonalarining rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish; - savdo korxonalarida birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) samarali foydalanish yo‘llarni belgilash. 1.4. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining usullari. Іar qanday ilmiy fan o‘rganadigan predmetdan kelib chiqib, o‘z usullarini www.sies.uz Page 17 of 356 (metodlarini) yaratgan. Metod grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri «Biron narsaga yo‘l topish» ma’nosini bildiradi. o‘zbek tilida metod so‘zi usul ma’nosiga to‘g‘ri keladi. Fan usuli (metodi) deganda tabiat va jamiyatda sodir bo‘layotgan xodisalar va jarayonlarni bilish, o‘rganish va tadqiq qilish uchun fanda qo‘llaniladigan vositalar majmuasi tushuniladi. Usul – bizning fikrimizcha, jamiyat sirlarini ob’ektiv fikrlash, nazariy mushoxada qilish va amaliyotga joriy etish vositalari sifatida qaralishi mumkun. Usul, falsafiy ma’noda qaralsa, fan o‘rganadigan predmetni inson fikrida nusxalanishi yoki shakllanishini bildirib, ularni o‘rganish quroli sifatida qaraladi. Ongli ravishda, ilmiy asoslangan fan usularini qo‘llash, har bir fan uchun yangiliklar yaratish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Qadimgi islom dunyosida olimlar tabiat va jamiyatni rivojlanishini, tafakkurni takomillashtirishni o‘rganishda «Rivojlanish-shakllanish» nazaryasini ishlatishgan. Ushbu nazariya asosida fikr yuritishni «Olloh-inson-modda-vaqt- iqtisodiy ravnaq» usuli ishlatilgan. Shu bilan birga, bilish jarayoninig rivojlanishi asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham yaratilgan. Ular qatoriga dealektika, induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi. Keltirilgan usullarni qisqacha mazmunini yoritib o‘tamiz. Bobolarimiz ishlatgan «Rivojlanish - shakllanish» nazariyasi, Ollohning yaratuvchanligi, uning birlamchiligini asoslab, keyin inson – modda – vaqt – iqtisodiy ravnaqqa qarab rivojlanish amalga oshishini asoslaydigan fikr yuritish usulidir. Dialektika-grekcha «diaiektike» so‘zidan kelib chiqib, tabiat, jamiyat va tafakurning umumiy qonunlarini o‘rganish usuli sifatida vujudga kelgan. Єadimiy falsafa tabiatda va jamiyatda butun borliq o‘zgaruvchanligini asoslagan, hodisalar, jarayonlarning bir holatdan ikkinchi qarama-qarshi holatga o‘tishini isbotlagan. Aristotel dialektikani ehtimol fikrlarni isbotlash to‘g‘risidagi fan deb qaragan. Butun borliq, mavjudodni har biri ham bor, ham yo‘q; o‘zi o‘ziga teng va teng emas; o‘ziga o‘xshaydi va o‘zidan qarama qarshi holatga o‘tadi. www.sies.uz Page 18 of 356 Shuning uchun ham borliq to‘la qarama-qarshilikdan iborat, yagona va ko‘p; mangu va o‘tuvchan; o‘zgarmas va o‘rgaruvchan; tinch holatda va harakatda; o‘ziga o‘xshaydi va o‘zidan qarama – qarshi holatga o‘tadi. Bu jarayonlarni o‘rganish usuli sifatida dealektika vujudga kelgan. Dialektika – oddiy mushohadadan abstrakt fikrlash, undan amaliyotga o‘tishni bildiradi. Aslida, tarixda dialektika – tortishuv o‘tkazish qobiliyati, ya’ni savol – javob orqali tortishuv o‘tkazish qobiliyati hamda narsalar, tushunchalarni shakllar va turlarga tasniflash mahorati deb tushunilgan. Shunday qilib falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurini o‘rganish usuliga dialektika deb tushuniladi. Iqtisodiy reallik ham butun jamiyatdagi borliqning bir qismidir. Shuning uchun, iqtisodiy reallikda sodir bo‘layotgan hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu jumladan Ichki savdo iqtisodiyoti fani ham dialektika usulidan keng foydalanadi. Induksiya lotincha «induktio» so‘zidan olingan bo‘lib, xabar olish ma’nosini bildiradi. Fikr yuritishning bir turi bo‘lib, tadqiq qilish usulidir. Umuman, induksiya tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiy miqdordan, ayrim voqelikdan umumiylikka o‘tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarning tahlil qilishda umumiy nazorat bilimga ega bo‘lish uchun uning alohida tomonlari, emperik asoslari o‘rganilib, xulosa qilinadi. Deduksiya lotincha «dedukctio» so‘zidan olinib so‘zma – so‘z «chiqarish» ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir turi va tadqiq qilish usuli bo‘lib, induksiya usulining teskarisini anglatadi. Deduksiya usuli ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib boriladi. Induksiya va deduksiya mantiqiy fikr yuritishga asoslangan. Iqtisodiy tadqiqotlar o‘tkazilishidan ayrim belgilarni tahlil qilib, uning asosida umumiy jarayonga baho berish yoki uning teskari hollari yuz berishiga ko‘p to‘qnashamiz. Analiz va sintez grekcha «analysis» va «syntesis» so‘zidan olingan bo‘lib www.sies.uz Page 19 of 356 analiz – bo‘lish va ajratish, sintez – muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi. Analiz va sintez tadqiqot usuli bo‘lib, umumiy mazmuni yaxlitlikni alohida tarkibiy bo‘limlarga (xususiylikka) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo‘limlardan umumiylikni yaratish jarayoni tushuniladi. Bular ham tadqiqotni mantiqiy usullaridandir. Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos bo‘lib, «Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan fanlarning mavjudligi hisoblanadi. Ichki savdo iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan falsafaning usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko‘p arsenalli usul va uslublarni o‘z predmetini o‘rganishda ishlatadi. Ular qatoriga solishtirish, guruxlash, indeks, zanjirli bog‘lash, balansli bog‘lash, grafiklar, iqtisodiy matetmatik va boshqalarini kiritish mumkin. Tabiiy yo‘naltirilishi bo‘yicha bu usul va uslublar iqtisodiy jarayon va xodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot o‘tkazish, prognozlash rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari bo‘yicha bu usullar son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksprement o‘tkazish, sistemali tahlil, modellashtirish, ekstropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga bo‘linadi. Shular bilan bir qatorda statistik, matematik, bashorat (gipoteza), monografik, ekspert usullari keng ishlatiladi. Tayanch iboralar: jamiyat, iqtisodiyot, fan, moddiy borliq, ob’ekt, predmet, usul. Download 1,38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling