Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/94
Sana30.10.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1733983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
 Birinchidan, «Iqtisodiyot» deganda, xo‘jalik (xalq xo‘jaligi, tarmoq hudud
birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi; 
Ikkinchidan, «Iqtisodiyot» bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va 
iste’mol fazalarida vujudga kelgan insonlar, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida moddiy va 
boshqa boyliklar bilan bog‘liq munosabatlardir; 
 
Uchunchidan, «Iqtisodiyot» bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo 
aloqalar va hokazolardan iboratdir. 
Va nihoyat to‘rtinchidan, «Iqtisodiyot» bu fan. 
Fan – bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni tahlil qilish va 
umumlashtirilgan bilimlar yig‘indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat 
tabiat sirlarini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi, texnika va texnologiyani, 
hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi. 
Eng avval bu jarayonlarni siyosiy iqtisod (yangicha, iqtisodiyot nazariyasi) 
fani o‘rgana boshlagan. Insoniyat ijtimoiy – iqtisodiy faoliyat yuritish jarayonida 
uchta bir – biriga bog‘liq bo‘lgan muammolarga duch keladi. Bular qanaqa 
muammolar? 
Birinchidan, nima ishlab chiqarish va qancha miqdorda? 
Ikkinchidan, qanday ishlab chiqarish va qancha harajatlar zarur bo‘ladi? 
www.sies.uz
Page 10 of 356 


Uchinchidan, kim uchun ishlab chiqariladi va ular qanday taqsimlanadi?
 
 
Jahon amaliyotidan ma’lumki rivojlangan davlatlarda ham, yuqoridagi masalalarni 
hal qilishda bir talay negativ xodisalarga duch kelmoqda. 
Bular jumlasiga, krizislar, monopolizm, inflyatsiya, ishsizlik, iste’mol 
bozoridagi nomutanosiblik, resurslarni, tovar va xizmatlarni difitsitligi, pul 
muomalasidagi nuqson va kamchiliklar kabilar kiradi. 
Yuqorida keltirilgan uchta fundamental muammoni hal qilish, keltirilgan 
kamchiliklar, nuqsonlarning yechimini topish o‘z o‘zidan hal bo‘lmaydi. 
Buning uchun ularni hal qilish usullari va mexanizmini to‘g‘ri topish, 
iste’molchilar talabini to‘la qondirish yo‘llarini izlash, yuqori samarali ishlab 
chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, tarmoqlararo va xo‘jalik sub’ektlari 
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni bog‘lash, sotuvchi bilan iste’molchilar orasidagi 
munosabatlarni takomillashtirish, iqtisodiy xodisalarni uyg‘unlashtirish kabi 
masalalarni hal qilish zaruriyati tug‘iladi.
Bularni hal qilish nazariy va amaliy bilimlarni mustahkam egallagan, olingan 
bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda 
ijodiy qo‘llay oladigan, uni nihoyasiga yetkazish bo‘yicha optimal qaror qila 
oladigan mutaxassislarga ko‘proq bog‘liqdir. 
Bunday mahoratlarga, ko‘nikmalarga ega bo‘lish iqtisodiy fanlarni o‘rganish 
orqali amalga oshishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti raxbarlarga yangi iqtisodiy fikrlashni, yangicha ish
yuritishni, minglagan sub’ektlar va iste’molchilar bilan o‘z faoliyatini, jarayonlarni
o‘z manfaati va maqsadiga yo‘naltirishni, ularni chuqur tahlil qilish, kelajak uchun 
rejalashtirish kabi muammolarni hal qilish yo‘llarini bilish talablarini qo‘yadi. 
Bularsiz raqobatchilik sharoitida har qanday korxona, firma inqirozga uchrab qolishi 
ehtimoldan uzoq emas. 
Savdoda jamiyatni rivojlantiruvchi iqtisodiy qonunlar ko‘rinish shakllari o‘z 
aksini topadi. Shunday ekan, savdoni boshqarish asosida iqtisodiy qonunlar 
talablarini ob’ektiv holda ko‘ra bilish va unga asosan qarorlar qabul qilish zarur 
www.sies.uz
Page 11 of 356 


bo‘ladi. Masalan, iqtisodiy qonunlardan biri mehnat unumdorligini ish haqqiga
nisbatan tezroq o‘sishidir. Bu qonunning talabi buzilsa, pul muomalasi muvozanati 
buzulishiga olib kelishi, ortiqcha pul vujudga kelishi, inflyatsiya, tovarlar defitsiti 
paydo bo‘lishi kabi noo‘rin hodisalar vujudga kelishi muqarrardir. 
Iqtisodiyot fanlari va amaliyot xo‘jalikni oqilona va samarali boshqarish 
uchun unga mos xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqqan. Unga mos iqtisodiy 
dastaklar (baho, soliq, foyda, ish haqi kabilar) kategoriyalar, ko‘rsatkichlar, 
usullarini (iqtisodiy yoki ma’muriy usullar, rejalar, normallashtirish kabilar) xo‘jalik 
yurituvchilar o‘z maqsadlariga muvofiq boshqaruv ob’ektlarida ishlatadilar. Ichki 
savdo iqtisodi fani yuqorida keltirilganlarning mazmuni va mohiyatini ochib beradi, 
ularni xo‘jalikni boshqarish uchun ishlatish shakl va usullarini o‘rgatadi. 
Іar qanday xo‘jalik sub’ekti, jumladan savdo umumiy ovqatlanish 
shaxobchalari o‘z ko‘rsatkichlarini iqtisodiy hisob – kitoblar orqali asoslashlari 
zarur. 
Bu jarayonlarni amalga oshirish uchun iqtisodiyotni malakali tushunadigan 
mutaxassislar zarur. 
Bunday mutaxassislarni tayyorlashda ichki savdo iqtisodiyoti boshqa iqtisodiy 
fanlar bilan bir qatorda katta ahamiyatga ega. 
«Ichki savdo iqtisodiyoti» iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. 
Iqtisodiy fanlar bir qancha mustaqil fanlardan iboratdir va ular bir – biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, murakkab tizimni tashkil qiladi. 
1.2. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 
Insoniyat taraqqiyoti fanning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, 
fan insoniyat jamiyati taraqqiyotini ta’minlagan. 
Fan juda murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p xil hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi 
bilimlar tizimi sifatida namoyon bo‘lgan. Shu bilan bir qatorda ijtimoiy ong sifatida 
ham qaralishi zarur. 
Bilimlar yig‘indisi (tizimi) va ijtimoiy ong sifatida fan insoniyat jamiyatining 
www.sies.uz
Page 12 of 356 


rivojlanishini ma’lum bir bosqichda shakllana boshlagan. Єuldorchilik farmatsiyasi 
davrida fan yagona bo‘lgan va bo‘linmagan. Falsafa deb yuritilgan. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti ta’siri ostida jamiyat tarmoqlar, sohalarga ajralgani 
kabi fan ham har – xil turlarga bo‘linib kelgan, takomillashgan, tarmoqlashgan, 
integratsiyalashgan va rivojlanib kelmoqda. 
Umuman fanlar tizimi jamiyatning tarkibini namoyon qiladi. Barcha fanlar ikkita 
katta guruhga ajratiladi. Tabiiy-texnik fanlar va ijtimoiy fanlar. 
Bu fanlarning bir – biri bilan bog‘liqligi mavjud. Fanlarning bir – biri bilan 
bog‘liqligi ularning usullaridan, ob’ektlaridan, sub’ektlaridan va nihoyat bir – birini 
mahsulidan foydalanishdan kelib chiqadi. Chunki tabiiy va texnik fanlar ham, 
ijtimoiy fanlar ham ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini 
o‘rganish bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Ijtimoiy fanlarning nazariy va metodologik asosini falsafa tashkil qiladi. 
Ijtimoiy fanlar tizimida iqtisodiy fanlar alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy fanlar bir 
qancha mustaqil fanlardan iboratdir va ular bir – biri bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, murakkab tizimni tashkil qiladi. 
1.2.1.Chizmada iqtisodiy fanlar tizimi keltirilgan.
1.2.1. Chizmada keltirilgan fanlardan tashqari ayrim sohalar, iqtisodiy jarayonlarga 
oid boshqa iqtisodiy fanlar ham mavjuddir. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling