Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/94
Sana30.10.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1733983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
 
Ikkinchi tomoni – inson faoliyati mehnati bilan bog‘liq bo‘lib, insonlarning 
manfaati bilan bog‘liq, ya’ni kam harajat qilib, ko‘p natijaga intilish, ko‘proq 
www.sies.uz
Page 7 of 356 


ehtiyojni qondirishga intilish. 
Bu tomondan xo‘jalik faoliyat yuritishni iqtisodiy prinsiplari vujudga keladi. 
Bu munosabatlarni iqtisodchilar, iqtisodiy fanlar o‘rganadi.
Єadimiy sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan 
foiz olish, soliq olish kabi kategoriyalar ishlatilgan. Qadimiy Misrliklar, Greklar oldi 
– sotdi, pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. 
O‘zbek tilidagi «Iqtisodiyot» - arabcha so‘z bo‘lib, tejamkorlik ma’nosini anglatadi 
va grekcha «Oikonomia» (Ekonomika), ya’ni «Oikoc» - uy, xo‘jalik va «nomoc» - 
qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so‘zlar birlashmasidan olingan bo‘lib, uy 
xo‘jaligini qonuni, boshqarish mazmunini bildiradi. Shuning uchun ham bo‘lsa 
kerak, iqtisodiy fanlar o‘rganadigan kategoriyalar qadimgi Gresiya, Misr olimlari 
qalamiga mansub bo‘lgan asarlarda uchraydi (Soqrot, Ksenfont, Platon, Aristotel
Epikur).
Єur’onning Yusuf surasida berilgan ma’lumotlar bo‘yicha eramizdan 3000 
yillar oldin Yusuf payg‘ambar Misr shoxiga: «Meni shu yerning xazinalari ustiga 
qo‘ying, chunki men (ularni) to‘la – to‘kis saqlaydigan va (to‘g‘ri tasarruf 
qilishni)qilishni biladigan kishiman» deb aytganlar. Bundan kelib chiqadiki, insonlar 
qadimdan xazinalarni saqlash, sarf qilishni iqtisodiy tomonlarini bilgan. Yana shu 
narsani aytish joizki, qur’onning «Taloq» surasida «Olloh barcha narsa uchun 
miqdor – o‘lcham qilib qo‘ygandir» deb yozilgan. qur’onda Meros, sudxo‘rlik, 
sadaqa, omonat, zakot, fitr kabi iqtisodiy kategoriyalar ham ishlatilgan. 
Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga ta’luqli g‘oyalar, 
xo‘jalik yuritish bo‘yicha fikrlar ko‘pdan ko‘p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, 
Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos hojib, A.Temur, Ulug‘bek, A.Navoiy, Bobur kabi 
mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Temur tuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni 
boshqarishga oid va hozirgi zamonda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan iqtisodiy 
muammolarni hal qilish yo‘l – yo‘riqlari va qoidalarini topish mumkin. Unda 
davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib, davlat byudjeti daromadlari va harajatlarini 
shakllantirish, mehnatni taqdirlash, maosh to‘lash, soliq undirish, jarimalar, inomu – 
ehsonlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. 
www.sies.uz
Page 8 of 356 


A.Temur asarlarida davlatning iqtisodiy siyosatini asosini tashkil qilgan
kategoriyalarga xazina (byudjet)ni kiritgan. A.Temur iborasi bilan aytganda, 
davlatning taqdirini hal qiladigan uch narsa mavjud, ular podshoh, xazina va askar 
hisoblanadi. Davlatning daromadi, harajatlari, soliq, maosh (ish haqi), moddiy va 
ma’naviy rag‘batlantirish, nafaqa, jarimalar, inomu – ehsonlar kabilar xazinaning 
elementlari sifatida qaralgan. 
Iqtisodiy masalalarga A.Temur alohida e’tibor bergan, uning yettita vaziridan 
ikkitasi maxsus ushbu masalalarga javob bergan. Bittasi egasiz qolgan mol – 
mulklarni tasarruf etish ishlari vaziri, ikkinchisi, saltanatning kirim–chiqim ishlarini 
boshqaruvchi vazir, ya’ni moliya vaziri. «Tajribali, ishbilarmon vazirlar saltanat 
ustunlaridir. Ular mamlakat obodonligi. Xazina boyligini doimo ko‘zda tutadilar. 
Davlat, saltanatga foyda keltiradigan ishlarni bajarishga tirishib harakat qiladi» - deb 
«Temur tuzuklarida » yozilgan
1

A.Temur barcha davlat arboblariga, xodimlariga, xizmatchilariga ularni 
lavozimi darajalariga qarab mehnatiga haq to‘latgan. Eng asosiysi, bu masalani hal 
qilishda tabaqalash (differensiya) qoidasini ishlatgan. Masalan, oddiy sipohiy 
mingan otining bahosida, bahodirlar 2-4 ot barobarida, o‘nboshi qaramog‘idagi 
askarga nisbatan ikki barobar, yuz boshi o‘n boshidan uch barobar ortiq maosh olishi 
belgilab qo‘yilgan. Amir ul – ulomolarning maoshi o‘z qo‘l ostidagilardan o‘n 
barobar ortiq bo‘lishi belgilangan. 
Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosat va 
iqtisodiy jihatlardagi farqlari aniqlanadi. Siyosat insoniyat hayotda tarixan ongli 
(fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarishni ta’minlagan. Davlat 
boshqaruvi g‘oyasi o‘sha davrlardan, doxiy (qabila boshlig‘i), qariyalar kengashi, 
xalq majlisi kabilarda o‘z aksini topgan. 
Ijtimoiy madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari 
mustahkamlanib va turg‘unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy 
jamiyat davridan to kapitalistik tuzumgacha bir – biri bilan ongli ravishda 
birlashmagan yakka xo‘jaliklarni kuzatamiz. har bir xo‘jalik sub’ektlari o‘z 
1
Т е м у р
т у з и к л а р и
, Т о ш к е н т
, 1991 й. – 76 б.
www.sies.uz
Page 9 of 356 


tashabbusi, o‘z ixtiyori, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, 
jamiyatning va xalq xo‘jaligining iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashishi, bozor munosabatlari shakllanishi 
bilan xo‘jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g‘oyasi tug‘ila boshlaydi. 
Chunki u uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglab xo‘jalik sub’ektlarini) ongli 
ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin. 
Іozirgi zamon savdo shahobchalari va iqtisodiyoti (xalq ho‘jaligining) 
uyushtirilgan, davlat tomonidan tartibga solinadigan xo‘jalik sub’ektlari bo‘lib 
hisoblanadi. 
Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib kelgan va iqtisodiyot 
(ekonomika) atamasi ishlatib kelingan. hozirgi kunda «Iqtisodiyot» bir necha xil 
mazmunda ishlatiladi. 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling