Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
1.2.1. chizma
Iqtisodiy fanlar tizimi Иєт и с о д и й н а з а р и я (б а р ч а иєт и с о д и й ф а н л а р н и н г н а з а р и й в а м е т о д о л о г и к а с о с л а р и ) Т а р м о є л а р и є т и с о д и ё т и М а х с у с и є т и с о д и й ф а н л а р У м у м и є т и с о д и й ф а н л а р И є т и с о д и й т а ъ л и м о т л а р т а р и х и М о л и я С а н о а т и є т и с о д и ё т и www.sies.uz Page 13 of 356 Barcha iqtisodiy fanlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqlikda bo‘lib, har birini jamiyat iqtisodiyotini rivojlantirish va takomillashtirishda o‘ziga xos ahamiyati bor. 1.3.Ichki savdo iqtisodiyoti fanining ob’ekti va predmeti. Ob’ekt lotincha «objectum» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha narsa, buyum mazmunini bildiradi. Falsafada esa, ob’ekt so‘zi bizdan tashqarida va bizning www.sies.uz Page 14 of 356 ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan borliq, voqeylik, moddiy dunyo, mavjudod mazmunida kishi faoliyati, diqqat e’tibori qaratilgan hodisa, predmet yoki shaxs ma’nosida ham ishlatiladi. Oddiy hayotda ob’ekt korxona, tashkilot, muassasa yoki biror bir faoliyat o‘tkaziladigan joy ma’nosida ishlatiladi. Іar qanday fanning o‘rganadigan, uning maqsadi qaratilgan ob’ekti mavjud. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining ob’ekti nima hisoblanadi? Savdo deganda, bozor, magazin, laryok, ya’ni savdo bilan shug‘ullanadigan joy, bino ko‘z oldimizga keladi. Lekin binoni, magazin yoki laryokning joylashtirilishi, qurilishi, arxitekturasi va boshqa texnikaviy jihatlari ob’ekt sifatida o‘rganadigan fanlar mavjud. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining metodologiyasi, uning maqsadi, diqqat e’tibori savdo faoliyatida sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonga qaratiladi. Ya’ni savdoda ro‘y berayotgan iqtisodiy reallikni o‘rganishga qaratiladi. Biz yuqorida keltirilgan «Ob’ekt» so‘zini falsafiy mazmunidan kelib chiqsak, ichki savdo iqtisodiyoti fanining e’tibori unda sodir bo‘layotgan iqtisodiy jarayonlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchilarchilarga yetkazishda ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarga qaratiladi. Bu yerda tovarlarni tashish, saqlash, qadoqlash kabi texnologik jarayonlar emas, ushbu jarayonlarni va oldi – sotdi jarayonida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni ko‘z oldimizga keltirishimiz zarur. Predmet so‘zining mazmuni ikki xil, birinchidan, narsa, moddiy vosita, xodisa sifatida, ikkinchidan, xayol, fikr qaratilgan narsa, uning mazmuni yoki faoliyat qaratilgan hodisa, jarayon deb tushuniladi. Fan predmetini aniqlashda biz so‘zning ikkinchi mazmunidan kelib chiqib aniqlashimiz zarur. Ichki savdo iqtisodiyoti fani o‘z ob’ektida ro‘y berayotgan real iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni o‘rganib, ularning ahamiyati, holati va kelajagini yoritib, ma’lumot yoki xulosalar berishni o‘rganishi zarur. Ushbu fanning ob’ekti bo‘lmish savdo jarayonida ro‘y berayotgan iqtisodiy reallik qanday, qachon va nimada namoyon bo‘ladi, hozirgi holati va kelajakda www.sies.uz Page 15 of 356 qanaqa natija beradi? – degan savollarga javob berish uchun fanning predmetini, unda qo‘llaniladigan usullarni, maqsad va vazifalarni nazariy jihatdan asosli aniqlab olishimiz zarur. Buning uchun savdo faoliyatida shakllanadigan iqtisodiy jarayonlar, (reallik), xodisalar qanday vositalar orqali vujudga kelishini aniqlab olishi kerak. Umuman, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish (ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’mol) jarayonidagi faoliyatlar, jumladan savdoda ham sodir bo‘ladi. Jamiyatda takror ishlab chiqarish jarayoni quyidagi omillar orqali harakatda bo‘ladi: Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling