Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/94
Sana30.10.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1733983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
 
 
 
1 - bob. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining nazariy va metodologik asoslari. 
1.1. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida iqtisodiy fanlarning o‘rni va 
ahamiyati. 
1.2. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi. 
1.3. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining ob’ekti va predmeti. 
1.4. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining usullari. 
1.1. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida iqtisodiy fanlarning o‘rni va
www.sies.uz
Page 5 of 356 


ahamiyati. 
Ilmiy ish, ilmiy fan, xayotdagi har xil xodisalarni o‘rganadi va ular bilim 
tarmoqlari o‘rtasida qat’iy taqsimlangan bo‘lishi shart. Chunki fanlar o‘z sohasini
chegaralangan sohani o‘rganadi. (bu to‘g‘risida batafsil keyinroq to‘xtalamiz). 
Inson hayotining va faoliyatining birlamchi negizini moddiy borliqqa bog‘liqligi 
tashkil qiladi. 
Inson qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasin, qanday ish yuritmasin, doimo o‘z 
maqsadiga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarga duch keladi. 
Ko‘z oldingizga keltiring, bir guruh odamlar, yangi o‘zlashtirilmagan yerga 
ko‘chib keldi. Nimadan ish boshlaydi? Ularning asosiy maqsadi nima bo‘lishidan 
qat’iy nazar, ularni eng avvalo yashash uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarni 
yaratish, topish, birlamchi masalaga aylanadi. Ular nimalar? 
Insonlarning 
asosiy, 
zaruriy 
ehtiyojlari 
bo‘lgan 
oziq-ovqat, 
kiyim-kechak, uy-joy yaratish uchun ular yerni o‘zlashtirish, o‘rmonlardan daraxtlarni 
kesish, uy qurish, matolar ishlab chiqish, chorvachilik va hayvonot (mol, qo‘y, tovuq, 
echki kabilar) bilan shug‘ullanish kabi ishlardan boshlaydi. Keyinchalik, ularga o‘zlarini 
yuqoriroq, (ma’naviy, diniy, estetik) ehtiyojlarini qondirish uchun qandaydir me’yorda 
zarur bo‘lgan mehnat harajatlarini sarf qilish zaruriyati tug‘iladi. Bularga, nimalar kiradi? 
Maktab, shifoxona, machit (serkov). Bunday inshoatlarni qurish uchun mehnat va 
moddiy vositalar sarflanadi. 
Ularga o‘qituvchi, mullo, vrach, (hakim, tabib) kabilar kerak bo‘ladi. Ularni 
ehtiyojlarini ta’minlash kerak bo‘ladimi? Albatta kerak! Bulardan tashqari insoniyatni 
ehtiyoji keng, unga madaniy xordiq chiqarish inshoatlari kerak va hokazolar. 
Shunday qilib insoniyatni maqsadi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, doimo va 
har yerda, har qachon, u moddiy vositalarsiz hayot kechira olmaydi. Lekin moddiy 
boyliklar inson ehtiyojini qondirish nuqtai nazaridan bir xil ahamiyatga ega 
bo‘lmaydi. 
Inson nazarida bu moddiy boyliklar ikki xil kategoriyaga bo‘linadi. Ularning 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling