Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Takrorlash uchun savollar
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - bob. Bozor iqtisodiyoti shakllantirish sharoitida savdo. 2.1.Tovar ayriboshlashning mohiyati.
Takrorlash uchun savollar.
1. Moddiy borliq nima, ular qanday turlarga bo‘linadi? 2. Insoniyat hayotda qanday muammolarga duch keladi? 3. Fan nima? 4. Iqtisodiyot so‘zining mazmunini yoritib bering? 5. Iqtisodiyot fanlari tizimiga qanday fanlar kiradi? 6. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining ob’ekti nima? 7. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining predmeti? 8. Ichki savdo iqtisodiyoti fani qanday usularni ishlatadi? www.sies.uz Page 20 of 356 2 - bob. Bozor iqtisodiyoti shakllantirish sharoitida savdo. 2.1.Tovar ayriboshlashning mohiyati. 2.1.1. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash. 2.1.2. Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va elementlari. 2.1.3. Bozorning turlari. 2.1.4. Bozor sub’ektlari. 2.1.1. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash. Insoniyat taraqqiyotini negizini ijtimoiy mehnat taqsimoti belgilaydi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti insonning yashash ehtiyojidan kelib chiqadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarish bilan bir qatorda tovar ayriboshlash vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish insoniyatni taraqqiyot tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Tovar ayriboshlashni ob’ekti ishlab chiqarish uchun va insonlar ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boylik bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish moddiy va iqtisodiy mazmunga asoslanganligi sababli tovar almashuvi jarayoni 2 xil shartga javob berishi shart: birinchidan, insonni qandaydir ehtiyojini qondira bilishi (sifat nuqtai nazaridan shaklan va mazmunan har xil bo‘lishi mumkin); ikkinchidan, almashuv ob’ekti boshqa ob’ektga ekvivalent bo‘lishi, ya’ni iqtisodiy nuqtai nazardan, teng bo‘lishi kerak. Mana shu xususiyatlar natijasida xo‘jalik mahsulotlari bir – biri bilan solishtiriladi. Ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi. Ular kerakligi (zarurligi) natijasida boshqa mahsulotlar bilan ayriboshlanadi, ularni solishtirish www.sies.uz Page 21 of 356 imkoniyati vujudga keladi, «T-T» shaklida. Іar qanday mahsulot insonga zarur bo‘lganligi sababli ishlab chiqariladi. Iste’mol kuchiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli boshqa mahsulot bilan almashtirilishi mumkin bo‘ladi. Ushbulardan kelib chiqib, tovar – mehnat mahsuloti bo‘lib, o‘z ehtiyoji uchun emas, sotish uchun ishlab chiqarilgan, insoniyatni biron bir ehtiyojini qondiradigan mahsulotdir. U iste’mol qiymatiga va qiymatga ega bo‘ladi. Boshlang‘ich davrda oddiy tovar ayriboshlash (T-T) amalda ishlatilgan. Ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlanishi natijasida faqat ayriboshlash, ya’ni sotish uchun ishlab chiqarish shakllanib, tovar ayriboshlash uchun umumiy bo‘lgan ekvivalent – pul vujudga kelgan. Pulni vujudga kelishi natijasida oddiy tovar ayriboshlash (T-T) tovar – pul muomalasiga (T- P -T) aylanadi va tovar – pul muomalasi vujudga kelgan. Tovar – pul muomalasi, bu ishlab chiqaruvchilar orasidagi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatdir. Taraqqiyot natijasida ayriboshlash doimiy ijtimoiy jarayonga aylangan (T –P – T; P – T – P…). Oddiy tovar ayriboshlashda (T-T) oldi – sotdi jarayoni ajralmas bo‘lgan, keyinchalik pul vujudga kelishi bilan bu jarayon zamon va makonda ajraldi, ya’ni bu jarayon T – P; P –T; P –T – P; T – P – T; P –P kabilarga bo‘linadi. Tovar ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish – iste’mol jarayonidan takror ishlab chiqarish jarayoniga aylanib, ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’mol fazalari vujudga kelgan. Shunday qilib, ayriboshlash jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin. Takror ishlab chiqarish jarayoni esa quyidagicha ifodalanadi: Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling