Ichki sekretsiya bezlari
Download 71 Kb.
|
7. ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING YOSH XUSUSIYATI VA ENDOKIRIN KASALLIKLAR
Oraliq miya. Oxirgi miya bilan o’rta miya oralig’ida joylashgan ikki yon tomondagi katta yarim sharlarga qo’shilib ketgan. Uning tarkibiga ko’ruv do’mbog’i do’mboq osti sohasi, do’mboq usti sohasi kiradi. Oraliq miya bo’shlig’i 3-qorinchani tashkil etadi. Ko’ruv do’mbog’ini lateral yuzasi yarim sharlar bilan qo’shilib ketadi. Medial yuzasi do’mboq osti sohasi bo’lib davom etadi. Ko’ruv do’mbog’ini 3 ta asosiy yadrolari: lateral yadrolarda katta yarim sharlar po’stlogiga boradigan hamma sezuvchi yo’llar shu qismda almashadi, ya’ni oxirgi nyoytronga po’stloq usti sohasida ustki miya ortigiga uzatiladi. Do’mboq osti sohasida eshituv va nerv reflekslarni markazlari hisoblagan yadrolar yotadi. Gipotalamus po’stloq osti sohasida joylashgan. Qo’lrang do’mboqda modda almashinuvi va, issiqlik almashinuvini boshqaradigan markazlar bor. So’rg’ichsimon tanalarda po’stloq ostidagi xidlov markazlari joylashgan. Oraliq miya po’stloq ostidagi oliy vegetativ markaz bo’lib, u modda almashinuvini va barcha ichki organlar faoliyatini boshqaradi. Uchinchi qorincha oraliq miya bo’shlig’i bo’lyb, toq bo’shliq hisoblanadi.
Oxirgi miya. O’ng va chap yarim sharlarning O’rtasida tirqishi ichkarisida oq modda plastinkali qadaqsimon tana yotadi. Qadoqsimon tanani tubida gumbaz bor. Gumbaz ustunlari va oyoqchalarini hosil qiladi. Qadoqsimon tana bilan oldingi qismi bilan gumbaz o’rtasida miya to’qimasining yupqa vertikal plastinkasi bor, unga tiniq to’sik, deyiladi. Katta miya yarim sharlari qo’lrang modda bilan oq moddadan iborat. Katta miya yarim sharlarida qo’lrang modda ham tashqarida, xam ichkarida yotadi. PERIFERIK NERV SISTEMASI Markaziy nerv sistemasidagi nerv xujayralarining asosan o’siqlari periferik nerv sistemasining tarkibiga kiradi. Bundan tashqari orqa miya va bosh miya nervlarining sezuvchi tutunlari, vegetativ nerv sistemasining tutunlari va ulardagi xujayralarning o’siqlari xam periferik nerv sistemasiga qo’shiladi. Bosh miya nervlari 12 juftdir. Bosh miya stvolidagi nerv xujayralarining efferelt—harakatlantiruvchi va sekretor tolalari bosh miya stvolida to’planib, bosh miya nervlarining yadrolarini hosil qilady. Bosh miya nervlarida afferent (sezuvchi) tolalar xam bor. Bular markaziy nerv sistemasidan tashqaridagi sezuvchi tugunlarning nerv xujayralari o’siqlardan iborat. Funktsional ta’rifi jixatidan ular xarakatlantiruvchi (4, b, 9, 12 juftlar), sezuvchi (1, 2, 8 juftlar) va aralash 3, 5, 7, 9 va 10 juftlar nervlarga bo’linadi. Bosh miya nervlarining 4-juftdan boshqa :hammasi miya asosidan chiqadi. Somatik nerv sistemasininng markazlari orqa miyaning barcha segmentlarida va bosh miya stvolining oraliq miyadan boshqa hamma bo’limlarida joylashgan. Vegetativ nerv sistemasining markazlari esa markaziy nerv sistemasining ayrim bo’limlarida: bosh miya stvolida, orqa miyaning bel ko’krak va dumg’aza bo’limlarida joylashgan. Nerv sistemasi vegetativ qismi ikki bo’limdan simpatik va parasimpatikdan iborat. Vegetativ nerv sistemasi simpatik bo’limning markazlari orqa miya bel ko’krak bo’limining yon shoxlarida, 1-ko’krak, 3-bel segmentlarida bo’ladi. Chegara simpatik stvol nervlar simpatik tugunlar va nerv chigallari bilan birgalikda. nerv sistemasi simpatik bo’limining periferik qismini tashkil etadi. chegara simpatik stvol tugunlaridan va tugunlararo boglardan iborat. Ular juft stvol bo’lib, uning zanjirlari umurtqalar tanalarining yon yuzalarida yotadi. Stvol kalla asosidan dumg’azagacha davom etadi. . Tayanch so’zlar: retseptor, tuyg’u, taktil, epidermis, asl teri, mutuz, tarnovsimott va ko’gntqorinsimoi so’rg’ichlari, ta’m bilish piyozchasi, chig’anoq, quloq suprasi, eshituv yo’li, yog’ va oltingugurt bezlari, nog’ora parda, fibroz to’qima, shilliq, parda, evstaxiy nayi, eshituv suyakchalari: bolgacha, sandon va uzangi; suyak labirinti: daxliz, chig’anoq, yarim doira kanallaridir; gorizontal, sagital va frontal kanalchalar; parda labirinti tiniq suyuqlik-perilimfadan iborat, endolimfa suyuqligi, korti organi, otolit apparati, kapsula, yadro, muruz parda, oqsilli-sklera parda, tomirli pardada- pigmenti ko’p, albinoslarda o’rta parda pigmentsiz, qorachiqni toraytiruvchi va kengaytiruvchi muskullar,fotoretseptor, ko’r dog’, sariq dog’, tayoqcha va kolbochkalar, biopolyar nerv hujayralari, ganglioz hujayralari, multipolyar neyronlardir; gavxar va shishasimon tana, kon’yunktiva, meybom bezi, alveolyar bezi, gumbaz. Odam va hayvonlarda tashqi va ichki muhitning turli o’zgarishlarini payqaydigan xilma-xil retseptorlar yoki sezuvchi organlar mavjud. Bu organlar: tuyg’u, ko’rish, eshitish, ta’m va hid bilishlarga bo’linadi, Tuygu yoki teri badanni qoplab, mexanik shikastlanishdan, infektsiyalardan himoya qiladi. Gavda xaroratini bir xidda saqlashda, nafas olishda, mod.alaralmashinuvida, suv balansini saqlashda va chiqindi moda,alarni chiqarishda qatnashadi, Teri ikki qavatdan epidermis va asl teridan iborat. Epidermis-ko’p qavatli yassi epiteliydan, uning ostida asli teri ikki ^avatdan so’rgichli va tur qavatidan iborat. So’rgichli qavatda, so’rrichlar bo’lib, qon tomirlari va nerv tolalariga boydir. Terini ostida zichlashmagan qo’shuvchi to’qima qavatida yog’ qavati bor. Terida ter, yog’ va sut bezlari bor. Terining" mug’o’z ortiqlariga soch va tirnoqlar kiradi. Soch (jun) o’zak bilan ildizidan iborat. Soch ildizi piyozchasidan va soch xaltachasidan iborat. Xaltachaning ichki yuzasi epiteliy to’qimasidan tashqi qavati qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan. Ta’m bilish organi shilliq pardasida tarnovsimon, qo’ziqorinsimon so’rg’ichlarida yotuvchi ta’m bilish piyozlaridan iborat. O’rta qulok. Nog’ora bo’shlig’i. Evstaxiy nayi va chakka suyagining surgichsimon o’siq kataklaridan iborat. Nog’ora bo’shlig’i kichkina 1 sm kub chamasi hajmli kamgak bo’lib, chakka suyagida joylashgan, lateral tomonda tashqi eshituv yo’liga chegaradosh va undan nogora parda bilan ajralgan. Nog’ora bo’shlig’i ichkaridan shilliq parda bilan qoplangan va havo bilan to’lgan: bu bo’shliqda eshituv suyakchalari, muskullar, tomirlar va nervlar yotadi. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling