Ideal suyukliklar xarakatining (Eyler) differensial tenglamasi Reja


Suyuqliklarning tezligi va sarfini o‘lchash


Download 75.08 Kb.
bet6/6
Sana23.02.2023
Hajmi75.08 Kb.
#1223354
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ideal suyukliklar xarakatining (Eyler) differensial tenglamasi

Suyuqliklarning tezligi va sarfini o‘lchash

Ximiya va oziq-ovqat sanoatining barcha korxonalarida suyuqliklarning tezligi va sarfini o‘lchash uchun droselʼ asboblar va pnevmometrik trubalar keng ishlatiladi.


Ochiq oqimda suyuqlikning tezligi Pito naychasi bilan o‘lchanadi. U kichik diametrli bukilgan nay bo‘lib, harakatlanayotgan suyuqlik oqimi yo‘nalishga ochiq uchi qarama-qarshi qilib o‘rnatiladi va nasning o‘qi oqim yo‘nalishiga mos tushadi. Bunda nayning vertikal qismida suyuqlik dinamik bosimga teng bo‘lgan balandlik
h ga ko‘tariladi, yaʼni:
Bundan
Amalda oqim yo‘nalishda nayning bo‘lishi tezlikning umumiy taqsimlashiga taʼsir qiladi, shuning uchun formula tuzatish koeffisenti kiritiladi
Bu koeffitsentning qiymati har qaysi nay uchun tajriba yo‘li bilan topiladi.

Yopiq trubalarda suyuqlik oqimining tezligi aniqlash uchun Pito naychasi bilan birgalikda U-simon pʼezometrik differensial manometrlar (trubalar) ishlatiladi. Bunda U-simon truba oqimdagi suyuqlikka nisbatan zichligi kattaroq, o‘zaro aralashmaydigan suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Trubadagi suyuqlik tezligi o‘zgarganda U-simon manometrdagi suyuqlikning h balandlikka ko‘tarilishi dinamik bosimi ko‘rsatadi. Dinamik bosim qiymatidan tezlikni aniqlash mumkin:

Suyuqlik miqdori esa sekundli sarf tenglamasi orqali aniqlanadi:

Oqim tezligi va sarfini o‘lchash uchun yuqorida aytib o‘tilgan usullar sodda va qulaydir, lekin pnevmometrik trubalarni oqimlarning o‘qiga nisbatan o‘rnatish juda qiyin. Shu sababli sanoatda oqim tezligi va sarfini o‘lchash uchun drosselʼ asboblar ishlatiladi. Ularning ishlatilish prinsipi trubalarning tor va keng kesimidagi dinamik bosimlar farqining o‘zgarishining o‘lchashga asoslangan.


Drossel asboblar sifatida o‘lchovi diafragma, soplo, Venturi (trubasida o‘lchovchi diafragma, soplo, Venturi) trubalari ishlatiladi. Venturi trubasida o‘lchovchi diafragma va soploga nisbatan bosimning yo‘qolishi kam bo‘ladi, chunki uning diametri asta-sekin torayib, so‘ngra kengayib o‘z holatiga qaytadi ( - rasm). Shuning uchun Venturi trubalari sanoatda ko‘proq ishlatiladi.

Truba gorizontal holda o‘rnatilgani uchun 1-1 va 2-2 kesimlardagi bosimlarning o‘zgarishi Bernulli tenglamasi orqali quyidagicha ifodalanadi:


Bundan
bu yerda h - trubaning tor va keng kesimidagi bosimlar o‘zgarishining difmanometrda o‘lchangan miqdori, m (ishchi suyuqlik ustuni).
Trubadagi suyuqlikning o‘rtacha tezligi va sarfini aniqlash uchun uzluksizlik tenglamasidan foydalanib tezlikni 1 va trubaning diafragmadan keyingi kesimidagi tezligini 2 bilan ifodalaymiz.
 ning qiymatini dinamik naporlar ayirmasini ifodalovchi tenglamaga qo‘ysak:
Bundan

Diafragma teshigi S0 dan o‘tayotgan, yaʼni trubadan o‘tayotgan suyuqlik sarfining miqdori esa:



bu yerda  - tuzatish koeffitsiyenti ( < 1); d0 - diafragma teshigi diametri.
Tuzatish koeffitsiyentining miqdori suyuqlikning harakat rejimiga va drossel asboblar diametrining truba diametri nisbatiga bog‘liq:
bu yerda d0 va d1 - drossel asboblar va trubaning diametri.
Koeffitsiyent  drossel asboblarning sarf koeffitsiyenti deb yuritiladi. Drossel qurilmalarining diametri truba diametridan 3 -4 marta kichkina, shuning uchun ( ) tenglamadagi nisbatlar miqdori juda kichik bo‘ladi, demak, suyuqlikning sarfini quyidagicha aniqlash mumkin:
Adabiyotlar.



  1. K.SH.Latipov. «Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar». Toshkent. Ukituvchi. 1996 y.

  2. T.M.Bashta., S.S.Rudnev., B.B.Nekrasov. «Gidravlika, gidromashinы i gidroprivodы». , M. Mashinostroyeniye. 1982 g.

  3. A.A.Uchinius. Gidravlika, gidravlicheskiye mashinы. Xarkovskiy Gos.universitet. im. A.M.Gorkogo. 1987 g.

  4. Gidravlika asoslari. Ukuv-uslubiy kullanma. TAYI. 1999 y.

Download 75.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling