Identifikatsiyalash
Download 1.5 Mb.
|
ОПТИМАЛЛАШТИРИШ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Masala koʻpqadamli xususiyatga ega boʻlsa, … deyiladi
- GLOSSARIY Masalaning barcha chegaralanishlar va chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi echimlariga -mumkin boʻlgan echimlar toʻplami
- Chiziqsiz programmalashtirish.
- Dinamik programmalashtirish.
6.Bellman tamoyili qaysi programmalashtirish masalasining usullari hisoblanadi?
A) Chiziqli programmalashtirish masalasi B) Nochiziqli programmalashtirish masalasi C) Butun sonli programmalashtirish masalasi *D) Dinamik programmalashtirish masalasi 7. Masala koʻpqadamli xususiyatga ega boʻlsa, … deyiladi. A) Chiziqli programmalashtirish masalasi B) Nochiziqli programmalashtirish masalasi C) Butun sonli programmalashtirish masalasi *D) Dinamik programmalashtirish masalasi 8.Qaysi tamoyil formula orqali ifodalanadi? *A) Bellman tamoyili B) Gomori tamoyili C) Simpleks tamoyili D) Fogel tamoyili 2-ilova Qisqartma va atamalar. MF -maqsad funksiyasi CHG -chegaralash CHSH -chegaraviy shart SHGʻB -Shimoli-gʻarbiy burchak usuli GLOSSARIY Masalaning barcha chegaralanishlar va chegaraviy shartlarni qanoatlantiruvchi echimlariga -mumkin boʻlgan echimlar toʻplami deyiladi. Chiziqli programmalashtirish. Bunda bogʻlanishlar chiziqli, izlanayotgan oʻzgaruvchilar uzluksiz va boshlangʻich ma’lumotlar aniq qiymatlar boʻladi. Chiziqsiz programmalashtirish. Bunda bogʻlanishlar chiziqsiz, izlanayotgan oʻzgaruvchilar uzluksiz yoki butun sonli boʻlib, boshlangʻich ma’lumotlar h’am aniq qiymatlar boʻladi. Butun sonli programmalashtirish. Bunda bogʻlanishlar chiziqli, izlanayotgan oʻzgaruvchilar butun sonli va boshlangʻich ma’lumotlar aniq qiymatlar boʻladi. Dinamik programmalashtirish. Bunda bogʻlanishlar chiziqli yoki chiziqsiz boʻlib, koʻproq vaqtga bogʻliq masalalar qaraladi va boshqa. Nomalumlarning son qiymatlari tuplami masalaning plani deyiladi. Cheklanishlar sistemasini qanoatlantiruvchi xar qanday plan (echim) mumkin boʻlgan plan (echim) deyiladi. Maqsad funksiyasiga maksimal (yoki minimal) qiymat beruvchi mumkin boʻlgan plan (echim) masalaning optimal plani (echimi) deyiladi. Maqsad funksiyasining cheklanishlarini qanoatlantiradigan maksimum yoki minimumini topishning masalasi koʻrinishi standart chiziqli programmalashtirish masalasi deyiladi. n oʻlchovli fazoda berilgan X toʻplam ixtiyoriy x1 va x2 nuqta bilan birga shu nuqtalarni birlashtiruvchi kesmani ham oʻz ichida saqlasa, unga qavariq toʻplam deyiladi. Chiziqli programmalashtirish masalalarining echimlar toʻplami qavariqdir. Har qanday chiziqli programmalashtirish masalasiga, unga oʻzaro ikki yoqlama boʻlgan boshqa bir chiziqli programmalashtirish masalasi toʻgʻri keladi. Berilgan dastlabki (boshlangʻich) masala bilan unga nisbatan ikki yoklama boʻlgan masala oʻrtasida bevosita bogʻlanish oʻlib, ya’ni birining echimidan ikkinchisining echimini topish mumkin. Oʻzaro bogʻliq bunday masalalarga birgalikda ikkilangan masalalar deyiladi. Dastlabki masalaning echimidan, unga nisbatan ikki yoqlama masalaning yoki yoqlama masalaning echimidan dastlabki masalaning echimini keltirib chiqarishga imkon beradigan simpleks usul oʻzaro ikki yoqlama simpleks usul deyiladi. Oʻzgaruvchilarga butun sonli boʻlishlik sharti qoʻyilgan Chiziqli programmalashtirish masalalariga butun sonli programmalashtirish masalalari deyiladi. Butun sonli programmalashtirish masalalaridagi noma’lumlarning hammasi uchun butun boʻlishlik sharti qoʻyilsa, bunday masalalar toʻliq butun sonli programmalashtirish masalalari, agar ularning ma’lum bir qismi uchungina bu shartlar quyilsa, kisman butun sonli programmalashtirish masalalari deyiladi. Funksiyaning minimumini yoki maksimumini topish algoritmi, agar X0 X1, X1 X2, Xi-1 Xi ga oʻtish ia’lum bir qoida asosida amalga oshirilsa, determinallashgan algoritm deyiladi. Funksiyaning minimumini yoki maksimumini topish algoritmi agar Xi-1 Xi oʻtish, ya’ni Xi-1 dan Xi ga oʻtish (i=1,2,…,n) biror tasodifiy mexanizm asosida boʻlsa, tasodifiy algoritm deyiladi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling