Identifikatsiyalash
Optimallash masalasi matematik modelining
Download 1.5 Mb.
|
ОПТИМАЛЛАШТИРИШ (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Optimal echimni qabul qilishning asosiy bosqichlari
Optimallash masalasi matematik modelining sinflanishi
Optimallash masalasining matematik model elementlari boʻlgan izlanayotgan oʻzgaruvchilar, bogʻlanishlar va boshlangʻich ma’lumotlar birikmasi optimallash masalasining har xil sinflarini tashkil qiladi va ularni echishda turli usullar talab etiladi. Ma’lumki,optimallash masalasini matematik ifodalash quydagi koʻrinishga egadir: ...... Matematik model elementlar turlariga qarab optimallash masalasini quyidagi sinflarga ajratish mumkin: Chiziqli programmalash. Bunda maqsad funksiyasi va chegaraviy shartlardagi oʻzgaruvchilar orasidan bogʻlanishlar chiziqli va boshlangʻich ma’lumotlar aniq qiymatlarga ega boʻladi. Chiziqsiz programmalash. Bunda maqsad funksiya yoki chegaraviy shart yoki ikkalasi ham oʻzgaruvchilar orasida bogʻlanishlar chiziqsiz, va boshlangʻich ma’lumotlar ham aniq qiymatlar boʻladi. Butun sonli programmalash. Bunda maqsad funksiyasi va undagi oʻzgaruvchilar orasida bogʻlanishlar chiziqli, izlanayotgan oʻzgaruvchilarga butunlilik shartini qoʻyish va boshlangʻich ma’lumotlar aniq qiymatlar boʻladi. Dinamik programmalash. Bunda bogʻlanishlar Chiziqli yoki chiziqsiz boʻlib, bunda masalani ayrim qismlarga ajratib echiladi. Izlanadigan oʻzgaruvchilar uzluksiz va diskret boʻlishi mumkin. Uzliksiz deb shunday oʻzgaruvchilarga (kattaliklarga) aytiladiki, u berilgan chegaraviy shartda istalgan qiymat qabul qilishi mumkin. Diskret deb shunday oʻzgaruvchilarga (kattaliklarga) aytiladiki, u faqat berilgan qiymatni qabul qiladi. Butun sonli deb shunday diskret oʻzgaruvchilarga aytiladiki, u faqat butun qiymat qabul qiladi. Oʻzgaruvchilar orasidagi bogʻlanishlar chiziqli va chiziqsiz boʻlishi mumkin. Optimal echimni qabul qilishning asosiy bosqichlari Optimal echimni qabul qilishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: Masalani tanlash. Bunda masala qanday talablarni qanoatlantirishi kerakligi aniqlashtiriladi. Masalani tanlash optimal echimni qabul qilishda asosiy rol oʻynaydi. Chunki masala notoʻgʻri tanlansa echimni qabul qilishda koʻp vaqt talab qilinadi va masalani echishda tanlangan optimal usul kerakli natijani bermaydi. Masalani qoʻyish. Bunda masalaning matematik modeli va uning elementlari aniqlanadi. Masala matematik modelini tuzish. Bu bosqich ham juda asosiy boʻlib, optimal echim qabul qilishga asoslangan matematik modelni tuzish masalasi qaraladi. Masala uchun boshlangʻich ma’lumotlarni yigʻish. Bu bosqichda tuzilgan matematik modelga mos boshlangʻich ma’lumotlar yigʻiladi. Masala va uning matematik modelining toʻgʻriligini tekshirish uchun kerakli test ma’lumotlari tashkil qilinadi. Masalani echish. Bu bosqichda kerakli usul tanlanib masala echiladi. Echimni tahlil qilish. Bu bosqich echim qabul qilishning asosiy instrumenti boʻlib, olingan optimal echim matematik model asosida tahlil qilinadi. Optimal echimni qabul qilish. Optimal echim olingan natijalarga asoslanib mutaxasis tamonidan qabul qilinadi. Echimni grafik koʻrinishda tasvirlash optimal echimni qabul qilishda muhim faktor boʻlib, unda ma’lumotlar yaqqol tasvirlanadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling