Idorani avtomatlashtirish Raja: Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
Download 80.82 Kb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza. Idorani avtomatlashtirish
quvvatlash bo‘yicha AAT ni ham kiritish mumkin. U tahliliy ishlar va
bashoratlarni shakllan-tirish, biznes-rejani tuzish, o‘rganilayotgan jarayonlar, ishlab chiqarish – xo‘jalik amaliyoti voqealari bo‘yicha asoslangan baho va xulosalar chi-qarish uchun iqtisodiy-matematik modellardan keng foydalanishni nazarda tutadi. Hozirda keng tadbiq etilayotgan elektron ofis va qarorlar bo‘yicha ekspert madadi deb nom olgan AAT ham mazkur guruhga mansub. AATning ushbu ikkinchi guruhi mutaxassislar va rahbarlar ishini avtomatlashtirishga yangicha yondashishni integratsiyalash borasidagi oxirgi yutuqlardan foydalanishga mo‘ljallangan. Bu boshqaruv ishlarini to‘liq avtomatlashtirilishi kasb vazifalarini ma’lum bir ish joyida va ofisda sifatli hamda o‘z vaqtida baja-rishga imkon beradi. Elektron ofis predmet sohasidagi vazifalarni kompleks amalga oshi-rishni ta’minlayditan ixtisoslashtirilgan dasturlar va axborot texnologiya-larini o‘z ichiga oluvchi amaliy dasturlarning integratsiyalashgan paketi bo‘lishini kuzda tutadi. Hozirda asbob- uskunalari va xodimlari turli bino-larda joylashishi mumkin bo‘lgan elektron ofislar keng joriy etilmoqda. Hujjatlar, ma’lumotlar bazalari, aniq bir tashkilot yoki muassasa materiallari bilan uy sharoitida, mexmonxona yoki transport vositasida foydalanish virtual ofislarning AATlari paydo bo‘lishiga olib keldi. Bunday AATlar hududiy yoki global tarmoqka ulangan lokal (mahalliy) tarmoqda ishlashga asoslangan. Ana shunday abonent tizimi tufayli muassasa xodimlari kayerda bo‘lishidan qatiy nazar umumiy tarmoqqa ulanish imkoniga ega bo‘ladi. Ekspert madadining AAT asosini mutaxassis-tahlilchilar ishini avtomatlashtirish tashkil etadi. Ushbu xodimlar korxona, firmalar, moliya-kredit tashkilotlarining moliyaviy ahvoli, mahsu-lotlar, xizmatlarni sotish bo‘yicha yuzaga kelgan bozor munosabatla-rini tadqiq etish uchun zarur bo‘lgan tahliliy usullar va modellar-dan tashqari, ma’lum bir soha yo‘nalishining bilimlar bazasini tashkil etuvchi ma’lumotlardan ham foydalanishga majbur. Belgilangan qoidalar bo‘yicha ishlab chiknlgan bunday ma’lumotlar moliya va tovar bozorlarini yuritish uchun asoslangan qarorlar tayyorlash, menejment va marketing sohalarida kerakli strategiyani ishlab chiqish imkonini beradi. Foydalaniladigan texnologiyalar bo‘yicha ta’minlovchi va funksional axborot texnologiyalari o‘zaro farqlanadi. Ta’minlovchi texnologiyalardan turli xil masalalarni hal etish uchun turli kredit sohasida vosita sifatida foydalansa bo‘ladi. Ular hal qilinadigan masalalar tarkibiga ko‘ra ham tasniflanishi mumkin. Odatda mazkur texnologiyalar turli kompyuterlar va dasturiy muhitlarida bajariladi. Asosiy vazifa – ushbu texnologiyalarni yagona axborot tizimiga birlashtirishdir. Funksional texnologiyalar – ayrim vazifalar, funksiyalarni avtomatlashtirishni ta’minlovchi texnologiyalar majmui sanaladi. Amalga oshiriladigan texnologik operatsiyalar sinflari bo‘yicha AAT mohiyatan, dasturiy jihatdan ko‘rib chiqiladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: matnni qayta ishlash, elektron jadvallar, avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki, grafik va ovozli axborotlarni qayta ishlash, multimedia va boshqa tizimlar. Qayta ishlanadigan axborotlar va kompyuter axborot texnologiyalari 1.12-rasmda berilgan. Kompyuter texnologiyalari rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishi – bu yuqori sifatli ovoz va videotasvirlar uchun dasturiy vositalar yaratish sanaladi. Videotasvirlarni shakllantirish texnologiyasi kompyuter grafikasi deb nom olgan. Download 80.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling