Idorani avtomatlashtirish Raja: Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
Download 80.82 Kb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza. Idorani avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqli AAT
Foydalaniladigan interfeys turi bo‘yicha AAT ni foydala-nuvchining
axborot va hisoblash resurslariga kirib borish imkoniyati nuqtai nazardan ko‘rib chiqish mumkin. Shunday qilib, paketli AAT axborotni qayta ishlash avtomat tarzda amalga oshirilayotgan paytda foydalanuvchining unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini yarata olmaydi. Bu shu bilan izohlanadiki, axborot qayta ishlashni tashkil etish operatsiyaning dasturiy jihatdan ketma-ketligi bajarilishiga bog‘liq. Dialogli AAT paketli AATdan farqdi ravishda, tizimda saqlanadigan axborot resurslaridan ma’lum bir vaqt davomida foydalanish bo‘yicha cheksiz imkoniyatlar yaratib beradi. Ayni paytda tegishli masalalarni yechish va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotga ega bo‘ladi. Tarmoqli AAT interfeysi aloqa vositalari rivojlangani bois foydalanuvchiga hududiy taqsimlangan axborot va hisoblash resurslaridan televosita orqali foydalanish imkonini beradi. Bu esa uni ko‘p funksiyali bo‘lishiga va foydalanuvchilar o‘rtasida keng tarqalishga sabab bo‘ladi. Integrallashgan axborot texnologiyalari. Hozirda turli xildagi ax- borot texnologiyalarini yagona kompyuter texnologiya kompleksita bir- lashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda u integrallashgan AT deb yuritiladi. Unda asosiy o‘rinni egallovchi kommunikatsiya vositalari boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda keng texnologik imkoniyatlarini ta’minlab-gina qolmay, balki lokal, ko‘p darajali, taqsimlangan, global hisoblash tarmoqlari, elektron pochta, integ-ral xizmatning raqamli tarmoqlari kabi turli AAT tarmoq vari-antlarini yaratish asosi ham hisoblanadi. Bular bari ob’ektlar-ning ma’lumotlarni uzatish, qayta ishlash, to‘plash va saqlash, himoya qilish qurilmalari orqali hosil qilinadigan ob’ektlar majmuasi-ning o‘zaro mantiqsiz, kutilmagan aloqalariga mo‘ljallangan. Ushbu AATning tarmoq variantlari juda murakkab ma’lumotlarni qayta ishlay oladigan, ekspluatatsiya imkoniyatlari deyarli cheklanmagan, integrallashmagan kompyuter tizimlarini namoyon etadi. Download 80.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling