Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlar Idrok
Download 12.41 Kb.
|
Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrokning fiziologik asosi
- Idrokning p redmet liligi
- Idrok qilishni tashkil qilish.
- Shaklni idrok qilish.
- Jism shakli idrokida
- Katta hajmli shakl
- Harakatni idrok qilish
Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlar Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi. Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi. Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenov fikriga ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi. Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Shaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z “ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin? Jism shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi. Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga qaraganimizda uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida bo‘ladi. SHunday bo‘lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga ega holatda ko‘ramiz. Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari binokulyar ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz. Binokulyar ta’sir odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. Binokulyar ta’sirning mohiyati, ikkala ko‘z bir xil jismga qarab turganida, bu jismning chap va o‘ng ko‘zlar to‘r pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi. Harakatni idrok qilish masalasini ko‘rib chiqamiz. Agar jism fazoda harakatlanayotgan bo‘lsa, u holda biz, uning harakatini yaxshi ko‘rinish sohasidan chiqishi bilan, unda yana nigohimizni to‘xtatishimiz uchun ko‘zlar yoki boshni harakatlantirishimizga majbur qilishining natijasi sifatida idrok etamiz. Bunda ikki hodisa sodir bo‘ladi. Birinchidan, jismning tanamiz holatiga nisbatan surilishi uning fazodagi harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, miya jismni kuzayotgan ko‘zlar harakatini qayd etadi. Ikkinchi holat harakat idroki uchun juda muhimdir, lekin ko‘zlar harakati haqidagi axborotni qayta ishlash mexanizmi o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayondir. Vaqt idroki muammosini o‘rganishning murakkabligi vaqtning moddiy dunyo hodisasi sifatida idrok etilmasligidan iborat. Uning kechishi haqida esa ma’lum belgilar bo‘yicha mulohaza yuritamiz. «Biologik soatlar» nomi bilan tanish bo‘lgan oddiy marom hodisalari vaqt o‘tishining davomiyligi va ketma-ketligini idrok jarayonlari asosida yotadi. Ularga po‘stloq va po‘stloq osti hosilalarining neyronlarida kechadigan marom jarayonlari kiradi. Masalan, uyqu va hordiqning gallanishi. Qo‘zg‘alish va tormozlanishning gallanishi kabi nerv jarayonlarining davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqt haqida ma’lum axborotga ega bo‘lamiz. Bundan vaqt idrokini tadqiq etishda, ikki asosiy nuqtai nazarni: vaqt davomiyligi idroki va vaqt ketma-ketligini hisobga olish zarurligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Download 12.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling