Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari


Idrokning asosiy xossalari


Download 49.58 Kb.
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi49.58 Kb.
#1253044
1   2   3   4
Bog'liq
idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari

Idrokning asosiy xossalari

Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi.
Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan.
Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi  bilan bog‘liq. Ushbu xossa ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi.
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. YUqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi. Jismning kattaligini idrok qilishda uning to‘r pardadagi tasviri muhim o‘rinni egallaydi. Idrok etilayotgan jismning ko‘zning to‘r pardasidagi kattaligi ko‘rish burchagining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rish burchagi kattaligi qanchalik katta bo‘lsa, ko‘z to‘r pardasidagi tasvir ham shunchalik katta bo‘ladi. Jism kattaligini idrok qilish jismdan asta-sekin uzoqlashsakda, ko‘z to‘r pardasidagi jism tasviri kichiklashib borishi holatida ham saqlanadi. Bu hodisa jism kattaligi idrokining konstatligi deb ataladi.
Jism kattaligi idroki jismning faqat to‘r pardadagi tasvirining kattaligi bilan emas, balki, jism bilan kuzatuvchi o‘rtasidagi masofaning idroki bilan belgilanadi. Bu qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin:
Idrok etilayotgan jism = Ko‘rish burchagi x Masofa.
Jismlarning yo‘qolishini qayd etish, asosan, ulargacha bo‘lgan masofaning o‘zgarishida, bizning jismlarni idrok qilishimiz tajribamiz hisobiga amalga oshiriladi. Tanish jismlarni ko‘rganimizda, kattalik konstantligi ancha oshadi va ajratib olingan geometrik shakllar idrokida sezilarli darajada kamayadi. Agar jismdan juda uzoqda bo‘lsak, u bizga haqiqiy ko‘rinishidan kichkina bo‘lib ko‘rinadi. Masalan, samolyotda uchib ketayotgan bo‘lsak, pastdagi jismlar bizga juda kichik bo‘lib ko‘rinadi.
Jism fazoviy idrokining boshqa xususiyati jismlarning kontrastligidir. Biz idrok etayotgan jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta bo‘yli odam bo‘ylari baland odamlar orasida o‘zining haqiqiy bo‘y o‘lchamidan ancha kichik bo‘lib ko‘rinadi. Boshqa misol – geometrik shakllar idroki. Katta aylanalar o‘rtasidagi aylana, kichik o‘lchamli aylanalar orasidagi xuddi shunday diametrli aylanaga nisbatan kichik bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, jism kattaligi idrokiga jismning rangi ta’sir etadi. Och rangli jismlar to‘q rangli jsmlarga qaraganda bir muncha kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Katta hajmli shakllar, masalan, shar yoki silindr ularga mos bo‘lgan yassi tasvirlardan kichikroqdek tuyuladi.

Download 49.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling