b) fazoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat); d) harakatsiz obyektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo‘nalishga qo‘yish harakat tuyg‘usini paydo qiladi (induksion harakat) kabilar. attraksiya - Attraksiya insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda namoyon bo‘lib) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasi bo‘lib, bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar va motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan:
2) subyektga nisbatan rishtasiz bog‘lanib qolishlik, ongsizlikdarajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakterida o‘xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va b. Yaqqol ko’rinish - Yaqqol ko‘rinish (ясновидение) deb holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko‘rishlik bilish subyektining shaxsiy xayoloti, o‘zgalarning diqqatini tortish vajalb qilishga aloqador hissiy kechinmalar bo‘lib, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko‘rish imkonining yuksakligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |