Idrok va kasb tanlash Reja


odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti- harakatlaridagi o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish


Download 14.93 Kb.
bet5/6
Sana22.03.2023
Hajmi14.93 Kb.
#1286233
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Idrok va kasb tanlash

odamlarning yuzlari, tashqi qiyofasi, belgilari va xatti- harakatlaridagi o‘ziga xosliklarni eslab qolish va tanish;

xizmat vazifalarini bajarishda doimo yuzaga keladigan muammolarni hal etish xususiyatlarini ifodalovchi so‘zdagi axborotni eslab qolish va xotirada saqlash;

qidiruvda bo‘lgan avtomashinalarning nomeri va belgilarini eslab qolish va tanish;

o‘g‘irlangan buyumlar va ularning belgilarini eslab qolish va tanish;

joy chizmalari, harakatlanish yo‘nalishlarini eslab qolish va xotirada saqlash.

Eslab qolish haqida o‘ziga buyruq (ustanovka) berish. Xodim har safar kasbga oid muhim axborotga duch kelganida o‘ziga: «Buni eslab qolish kerak!», deb aytishi zarur.

YOdlash. Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo‘lgan ma’lumotni odam «ichida» yoki fikran takrorlashi, uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishishi lozim.

Anglash. Har qanday ma’lumot, agar u anglangan bo‘lsa, esda yaxshi saqlanib qoladi. Eslab qolinadigan ma’lumotdagi ma’noli aloqalarni aniqlashga «Nima uchun?» degan savolini qo‘yish yordam beradi;

Qonuniyatlarni izlash. Bu raqamli ma’lumotlarni, masalan, avtomashina va telefon raqamlarini eslab qolishni osonlash- tiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan ma’lumotda muayyan qonuniyatni – ma’noli, raqamli va boshqa qonuniyatlarni topishga asoslanadi.

Analogiya, o‘xshashliklardan foydalanish. YAngi ma’lumotni ma’lum ma’lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Ob’ekt nimaga o‘xshashini aniqlash kerak.

Obrazli tasavvur. So‘zda ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali eslab qolish ancha oson.

Xayolan gapirish. Qidirilayotgan Shaxs ning surati, agar xodim uni eslab qolayotganda fikran, ichki nutqida «gapirsa», yuzidagi ayrim jihatlarni ta’kidlasa, xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi.

Modellashtirish. Mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona tizimga birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model bo‘lib xizmat qiladi. Taxminni ilgari surish yordamida bo‘lgan voqea qayta gavdalantirilsa, modellashtirilsa, kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.


Download 14.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling