Idrok va kasb tanlash Reja


Idrok qilish tamoyillari quyidagilar


Download 14.93 Kb.
bet2/6
Sana22.03.2023
Hajmi14.93 Kb.
#1286233
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Idrok va kasb tanlash

Idrok qilish tamoyillari quyidagilar:

bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan miyada aniq aqliy zanjir tuzish;

sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish;

o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan qiziqish uyg‘otish;

Idrok qilish printsiplari asosida xodim turli nuqtai nazarlarni, masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi, sharoitdan kelib chiqib, ob’ektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi.

Xotira va kasbiy maslahat. Xotira turlari va jarayonlari. Odam ko‘rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi taassurotlardan o‘zining keyingi xatti- harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin- asta murakkablashadi. Agar tashqi dunyoning miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari beiz yo‘qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo‘lmay qolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o‘zaro turli xil aloqalar bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo‘ladi.

Individning o‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi.

Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi.

Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan boshqalaridan ustunroq bo‘lib, fanda turli yo‘nalishlar va nazariyalarning ilgari surilganligi bilan ma’lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining shakllantirilishida sub’ektning faolligi qanday rol o‘ynashiga va bunday faollikning mohiyatiga qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash va baholash mumkin.

Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo‘linadi:


Download 14.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling