Idrok va kasb tanlash Reja


Download 14.93 Kb.
bet4/6
Sana22.03.2023
Hajmi14.93 Kb.
#1286233
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Idrok va kasb tanlash

Xotiraning idrok qilinishi ongda saqlanish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli bo‘lib, ularning ishlash mexanizmi ham turlicha bo‘ladi. Har qanday voqea-hodisa, avvalo, birlamchi qisqa muddatli xotira blokiga tushadi. Ishlatilish ahamiyatiga qarab uzoq muddatli xotira blokiga o‘tishi mumkin.

Aks etish – reverbatsiyaning davomiyligi (30–50 daqiqa) miyaning asab katakchalarida turg‘un o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadi. Bu jarayon uzoq muddatli xotira mexanizmi hisoblanadi12.

Eslash va eslashga harakat qilish bir-biridan ajralgan jarayonlar emas. Bir tomondan, eslashga harakat qilish dastlabki ma’lumotlarni tiklash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, natijadir. Eslashga harakat qilish fikrni erkin hikoya, bayon qilish natijasida vujudga keladi. SHuni unutmaslik kerakki, zaruratsiz guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining fikrini chalg‘itmaslik, savol berib gapini bo‘lmaslik, hikoyasini uzmaslik zarur. Miyaning muhrlangan latent qobiqni faollashtirish uchun so‘roqni erkin bayondan boshlash lozim.

Esdan chiqarish eslash va esda olib qolish jarayonining aksi bo‘lib, normal fiziologik hodisa hisoblanadi. Agar xotiradagi barcha ma’lumotlar inson ongiga qalqib chiqsa, samarali tafakkur bo‘lmaydi.

Inson faqat iroda kuchi yordamidagina aynan kerakli manba- larni eslay oladi.

«Fikrlar harakati – uzoq muddatli xotira blokidan tezkor xotira blokiga o‘tishni ta’minlovchi ip»13 deydi A. N. Luk. Bu jarayon unchalik oson kechmaydi. Me’yorida faoliyat yuritadigan miya individning butun hayotiy tajribasini saqlab qoladi. Uning murakkab tomoni ma’lumotlarni erkin eslash mumkin emasligidadir. Xotiraning faqat ma’lum sharoitga aloqador qismigina zarurat tug‘ilganida tiklanishi, ya’ni yodga tushishi mumkin. Inson xotirasidagi doimiy ishlatilmaydigan, eslab yangilanmaydigan axborot tez yoddan chiqadi. Gohida doimiy harakatdagi axborot ham, agar ayni vaqtda muhim deb hisoblanmasa, esdan chiqishi mumkin.

Xodimning kasbiy xotirasini maqsadli rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda mashqlar bajarishni taqozo etadi:


Download 14.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling