Iem quvurlar tizimi


Download 180.62 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2020
Hajmi180.62 Kb.
#100783
  1   2   3
Bog'liq
6181-iem-quvurlar-tizimi


Aim.Uz

IEM quvurlar tizimi


  • 9.1. IESning Quvurlar tizimi

  • 9.2.Quvurlar tizimining materiallari sinflari

  • 9.3. Quvurlar tizimida qo’llaniladigan materiallar

  • 9.4. Quvur sxemalari

  • 9.5. Quvurlarning gidravlik hisobi.

  • 9.6. Quvurlarni mustahkamlikka hisoblash.


Tayanch iboralar: material, linza,kompensator,salnik,omegasimon, kompensatsiya, element, metall, elastik, diametr.
9.1. IESning quvurlar tizimi
Stantsiya issiqlik sxemasining barcha jihozlarini o’zaro boglovchi Quvurlar orqali turli parametrdagi bug’, suv, qisilgan havo, gaz va boshqa moddalar uzatiladi.

Stantsiya quvurlar tizimi xususan quvurlardan, ularni ulash vositalaridan, xashamli qismlardan, armaturadan, nazorat-ulchash va himoya moslamalaridan, issiqlik koplamalari, quvur tayanchlari shuningdek, quvurlarga xizmat ko’rsatish maydonchalaridan iborat.

Stantsiya quvurlari asosiy va yordamchi turlarga bo’linadi. Asosiyga qozon bilan turbinai boglovchi bug’ quvurlari, bug’ni ikkilamchi qizdirish quvurlari, reduktsion sovitish qurilmalarining quvurlari va boshqalar kiradi. Yordamchi quvurlarga past parametrlar (200 0 s dan past) da ishlashga mo’ljallangan barcha quvurlar kiradi. Stantsiya quvurlariga tegishli quyidagi masalalarni ko’rib chiqamiz.

9.2.Stantsiya quvurlariga qo’yiladigan talablar.


  1. Quvurlar stantsiya jihozlarining turli elementlari o’rtasida ishchi moddaning uzluksiz va va xavfsiz uzatilishini ta‘minlash lozim.

  2. Quvurlar tizimi jihozlarining tasodifiy buzilishi hollari yuz bergan paytlarda ularni tezda tuxtatish yoki boshqa yo’nalishga o’tkazish imkoniyatini ta‘minlashi lozim.

  3. Quvurlar tizimi soda, aniq va kam mablag talab qiladigan bo’lishi lozim.

  4. Quvur yordamida uzatilayotgan muhit issiqligi va bosimning yuqotilishlari iqtisodiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim.

  5. Quvurlar qiziganda ularni mustahkamligiga va ulanish joylariga zarar yetmasligi uchun uzayish imkoniyatiga ega bo’lishlari va tegishli belgi va ranglarga buyalgan bo’lishlari lozim.

  6. Bug’ uzatiladigan quvurlarni ishga tushirish paytida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan gidravlik zarbalarning olidini olish uchun ular kondensat ushlagichlari bilan jihozlangan bo’lishlari lozim. Quvur suv bilan tuldirilganda undagi havoni chiqarib yuborish uchun uning yuqori nuktasiga tegishli moslamalarni o’rnatish kuzda tutiladi.


9.3. Quvurlar materiali
Stantsiya quvurlarini tayyorlashda perlitlar sinfiga kiruvchi 0,5 % uglerod (karbon)li va legirlangan po’lat ishlatiladi. Ular yuqori harorat (450-5800 С) larga chidaydi, yaxshi payvandlanadi. Ularga osonlik bilan mexanik ishlov berish mumkin.

Asosiy bug’ quvurlarni tayyorlash uchun austenitlar sinfiga kiruvchi po’latlar ishlatiladi. Ularning tarkibiga yuqori darajadagi issiq bardoshlik xususiyatiga ega bo’lgan xrom va nikel (30% gacha) kiradi.

Austenit po’latlari perlitli po’latlarga nisbatan ko’p marta qimmat bo’lib, ularga mexanik ishlov berish qiyindir.

Metallning mustahkamligi haroratga bog’liq: harorat ortishi bilan metallning mustahkamligi kamayadi. Bundan tashqari yuqori haroratlarda (4500 sdan ortiq) metalning boshlang’ich tuzilishi o’zgaradi. Uning elastikligi va kimyoviy chidamliligi kamayadi.

350-4000 sharoitida ishlaydigan quvurlar uzilish qarshiligi bu yoki oquvchanlik chegarasi 00 bo’yicha hisoblanadi. 0у 00 qiymatlari 200С sharoitida olinadi. Harorat 3500-4000С bo’lganda metall elastik deformatsiya chegaralarida ishlaydi. Harorat 4500С va undan yuqori qiymatga yetganda murakkab fizik va kimyoviy jarayonlar natijasida qoldiqli deformatsiyalanish (shaklning o’zgarishi) yuz beradi. Vaqt o’tishi bilan qoldiq deformatsiya ko’paya boradi. Metalning tuzilishi o’zgaradi quvurlarning diametri ortib, devorning qalinligi kamayadi va shuning natijasida u yorilishi mumkin. Bu hodisa metallning sekin oquvchanligi (krip) deyiladi. Shunga ko’ra metall mustahkamligini shartli sekin oquvchanlik chegarasi asosida baholash lozim.

«Shartli sekin oquvchanlik chegarasi deyilganda muhitning berilgan ishchi haroratida sekin oquvchanlikning ruxsat etilgandan oshmaydigan tezligi tushiniladi. Qoldiq deformatsiya V ni vaqt T ga nisbati sekin oquvchanlikni tezligi deyiladi:



Stantsiya quvurlari yasaladigan po’latlarning sekin oquvchanligining belgilangan tezligi % soat (yoki 10-7 I/ coat) ya‘ni quvur 100000 soat ishlatilgan uning qoldiq deformatsiyasi I % dan oshmasligi kerak. Buning uchun quvurlar doimo nazorat qilib turiladi. Quvur ishga tushirilgan paytda uning diametri, devorining qalinligi aniq o’lchab olinadi. Va pasportiga yozib qo’yiladi. Quvur 15 ming soat ishlagandan so’ng nazorat o’lchovlari amalga oshiriladi. O’lchov natijalari stantsiya bosh muhandisi tomonidan nazorat qilib turiladi.

Uzoq vaqt davomida ishlatish natijasida quvur metallning tuzilishida yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlarni aniqlash uchun quvurning ma‘lum qismlardan namunalar qirqib olinadi. Va ular birlamchi namunalar bilan solishtiriladi. Quvur 25-30 ming soat ishlagandan so’ng birinchi namuna olinadi. Keyingilari 50-60 ming soatdan so’ng va hokazo. Quvur metalning qoldiq deformatsiyasini, tuzilishi va mexanik xossalarini tekshirish natijalari qoniqarsiz bo’lsa bu quvurni ishlatishda davom etish yoki etmaslik haqidagi masala maxsus texnik komissiya tomonidan hal qilinadi.

9.4. Quvur sxemalari
Stantsiya quvurlarini qurishga ketadigan harajatlar barcha kapital harajatlarning 8-14%ini tashkil qiladi. Stantsiyada ishlatiladigan bug’ning parametrlari qancha yuqori bo’lsa, bu harajatlarning ulushi ham shunchalik yuqori bo’ladi.

Asosiy bug’ quvurlarining eng ko’p qo’llaniladigan sxemalari 7-1 rasmda keltirilgan. Blokli sxemada (7-1 rasm, a)

Bug’ qozonlari bilan trubinalarning ishonchliliq darajasi va bu o’zaro bog’langan agregatlardagi bug’ning sarflari bir xil bo’lishi talab qilinadi. Blokli sxemalar yirik kondentsion elektr stantsiyalariga keng ko’llanilmoqda.

IEM larda esa sektsion bitta bosh quvurli sxema ko’p qo’llaniladi (7-1rasm,b).





Download 180.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling