Ifodalashga o‘rgatishimiz zarur. Bu boradagi usullardan biri ijodiy matn yaratishga o‘rgatishdir. O‘z fikrini
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
483-486
- Bu sahifa navigatsiya:
- HADISLARDA KOMIL INSONNI TARBIYALASH MUAMMOLARI IFODASI U.S.Amonov, BuxDUPI dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Z. J. Murtazoyeva
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot) Т.: "Moliya", 2003 y. 2. Farberman B. llg'or pedagogik texnoloiyalar. Т.: "Fan", 2000 y. 3. Yo’ldoshevJ.G’.,Hasanov S. Zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari.-T.:’’Iqtisod- Moliya’’,2009 HADISLARDA KOMIL INSONNI TARBIYALASH MUAMMOLARI IFODASI U.S.Amonov, BuxDUPI dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Z. J. Murtazoyeva , BuxDUPI magistri. Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan yoshlar tarbiyasida, ularning komil inson bo‘lib ulg‘ayishida hadislarning o‘rni va foydasi hayotiy misollar yordamida yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda, maqola yetuk muhaddis allomalarimiz mehnati orqali to‘plangan hadislar va o‘tkir qalam egalarining ijodidagi tarbiyaviy mazmundagi asarlar xususida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: islom tarixi, hadis, hadisshunoslik, muhaddis, axloq, odob, komil inson, tarbiya, aql- zakovat. O‘tmishda sharq mamlakatlari jumladan musulmon o‘lkalari maktablarida yosh o‘quvchilar alifbo 484 kursini tugatishi bilan axloq odobga oid asarlar va hadislardan namunalar o‘qishga kirishgan. Bizda – Sharqda Muhammad salallohu alayhi vasallamning aytgan hikmatli so‘zlari – hadislarini o‘qitish yetti yoshdan boshlab o‘rgatilgan. Bundan ko‘rinadiki, ta’lim tarbiyani berish islom paydo bo‘lishi bilan rivojlangan, o‘shamdan beri yoshlarga ilm berishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib kelgan. Insonning yoshi ulg‘ayishi bilan uning xulqi ham o‘zgaradi. Shu boisdan butun umr insoniylik burchini saqlab qolmoq, ya’ni xusni ododbini oshirib borish kerak. Hadisda mana shu narsalarga katta e’tabor berilgani sabab har bir hadis yosh-u kattalar uchun juda o‘qilishli va hayotiydir. Bora-bora maktab o‘quvchilari uchun hadislardan iborat maxsus qiroat kitoblari ham yozilgan. Jumladan, XV asrda yashab ijod etgan taniqli arab olimi, hadisshunos Jaloliddin Sultoniyning “Jomi-u sag‘ir” asari yoki shu asar sosida yaratilgan turk yozuvchisi Orifbekning “Ming bir hadis sharhi” kitobi Teshaboy Ziyoyev tomonidan 1915-yilda bosilgan tatar tilidagi nusxasidan o‘zbek tilida ko‘chirilgan va kitobxonlarimiz e’tiboriga havola etilgan. Ushbu risola bugungi kunda odamlar o‘rtasida tobora unutilib borayotgan oddiy insoniy muammolar – odamgarchilik, mehr oqibat ko‘rsatish, to‘g‘ri so‘zlash, munofiqlik qilmaslik, halol ishlash, va boshqa yana ko‘plab fazilatlar haqidagi hodisalarni o‘z ichiga qamrab olganligi yuksak ta’lim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, risolada mazkuz hodisaga yozilgan izohlar ularning kitobxonblar tomonidan to‘liq tushunishlariga yordam berishi bilan birga risolaning qiymatini ham oshiradi. Hadislarni o‘rganishda ham yoki ular asosida badiiy asarlar yaratishda ham mashhur muhaddis Imom Buxoriy tomonidan to‘plangan hadislar asos qilib olinadi. Chunki hadisalarni to‘plash ishi payg‘ambarimiz vafotlaridan keyin boshlangan shungacha janob payg‘ambarimiz hadislarni yozib olishga ruxsat bermaganlar. Shunday bo‘lsa-da, ayrim hollarda shaxsiy maqsadlar uchun sahobalarga hadislarni qayd qilib borishga ijozat berilgan. O‘sha davrda yashagan muhaddislar to‘plagan hadislar eng sahih hadislar sifatida bizgacha yetib kelgan. Ammo keyinchalik milliy siyosiy ixtiloflar, dinga foyda keltirish maqsadida pamg‘ambarimiz nomlaridan yolg‘on hadislar keltirish, fiqh va ilmi kalom sohasidagi ziddiyatlar amr va hokimlarga xushomadgo‘ylik maqsadida ko‘plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga kelgan. Xalifa Ibn Umar ibn Abdulaziz, Ibn Shixob az-Zuhriy, Imom Buxoriy, Abu Dovud, Iso at-Termiziy kabi ko‘plab jon kuyar muhaddislarning nomi alohida ajralib turadi. Ayniqsa, vatandoshimiz Imom Buxoriyning “Al jome as-sahih” 3 (Ishonarli to‘plam) deb nomlangan hadislar to‘plami boshqa hadislar orasida eng ishonarlisi va mukammaligi bilan diqqatga sazovordir. Unga muhaddis olimning ma’lumoticha, 600 ming hadisdan 7275 ta eng sahih hadislar kritilgan. Ayollarning turmushdagi o‘rni va oilaviy vazifalari haqida ham o‘tmishda bir necha tarbiyaviy risolalar yaratilgan. Ular orasida Olimat ul Banotning “Muosharat odobi” asari mulla Ahmadxo‘ja eshon ibn Abdumo‘minxo‘ja eshonning “Axloq risolasi” asari Amir Nazimonning “Ta’limi banot: Faxrul banot irshod” asari va hokazolar shular jumlasidandir. Olimat ul Banotning “Muosharat odobi” risolasida odob axloq, ayollarning turmushdagi o‘rni, oilaviy vazilari, oilada er va xotin orasidagi munosabatlar bolalar tarbiyasi, oila yuritish nikoh va muhabbat to‘g‘risida g‘oyat ibratli maslahatlar berilgan. Nasafiy sanagan sifatlarning dastlabki uchtasi, ya’ni yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi xulq Zardusht kitobi «Avesto»dan olingan («Guftori nek, kirdori nek, raftori nek»). Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan ezgu ishlarga tayyor turadi. Aziziddin Nasafiy yaxshi axloq haqidagi Zardusht so‘zi yoniga «Maorif», ya’ni tasavvufiy poklanish talabini qo‘shib qo‘ygan. Uning fikricha, tariqat yo‘liga kirgan soliklar vazifa-maqsadi ushbu to‘rt fazilatni egallashdir. Kimki «o‘zida shu sifatlarni kamol toptirsa, u kamolga erishadi». Nasafiyning mazkur ta’rifidan ikkita xulosa kelib chiqadi. Biri shuki, olim nazarida komil inson hayotdan taqari bo‘lgan allaqanday mavhum zot emas, balki real odamdir. Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam shunday martabaga ko‘tarila oladi. Ikkinchi xulosa shuki, Nasafiyga ko‘ra, komil inson martabasi tariqat va riyozat yo‘li bilan qo‘lga kiradigan yuksak martabadir. Ana shunday bir sharoitda o‘zlarining butun bilim va hayotlarini to‘g‘ri hadislarni aniqlab, jamlashdek ezgu ishga sarflashni o‘zlariga maqsad qilib qo‘ygan muhaddislar paydo bo‘ldi. 4 Unga 600 ming hadisldan faqat eng sahih hadislar kiritilgan. 5 Komil inson haqida yuqorida bayon etilgan fikrlarni o‘zaro jamlasak, quyidagi xulosalar kelib chiqadi: — Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili va eng donosi. — Komil inson Iloh bilan odamlar orasidagi vositachi, ilohiy amr, g‘ayb asrorini oddiy odamlarga yetkazuvchi ulug‘ homiydir. — Komil inson martabada Aqli kull (Aqli avval)ga teng. Alloh avval Aqli kullni, ya’ni Komil insonni 3 Yuz bir hadis va uning sharhi, tarjimon va nashrga tayyorlovchi T.Ziyoyev. 4 Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al Buxoriy. Hadis Al Jome as Sahih(ishonarli to‘plam) I kitob. Toshkent,1991 yil, 4-bet. 5 O‘sha joy. 485 yaratdi, keyin u tufayli boshqa maxluqotlar yaratildi. — Komil inson ruhi azaldan ma’lum, u Tangri taolo yaratgan eng qudratli ruhdir. — Komil inson shu sifatlari bilan mutloq ilohiy xislatlarni jamlagan kayhoniy mavjudlikdir, u agar oddiy inson suratida ko‘rinsa ham, lekin ma’nan koinotni qamrab olgan hamisha bedor va hamma narsadan xabardor bir zotdir. — Shu martabada u Allohning xalifasi bo‘la oladi. — Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‘tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq bo‘lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir. — Shuning uchun har bir pok axloqli, iloh sevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi mumkin. — Komillikning oliy belgisi haq yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga naf’ keltirsa, yomonlarni tuz yo‘lga solsa, Haq yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha komildir. Islom dining muqaddas manbalari bo‘lmish qur’on va hadislarga tayanib yozilganligidan dalolat berib turadi. 6 Ushbu qarashlar garchi bir-biriga zid bo‘lib tuyulsa-da aslida mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqindir. Ya’ni bu yerda insonning kamoloti, buyukligini tan olish, inson va Koinot, inson va Iloh, inson va Mavjudotni o‘zaro vobasta, aloqador deb hisoblash bor. Qarashlar orasidagi farq esa shundan iboratki, ahli shariat tushunchasiga ko‘ra, insonning qobiliyati va mayllari azaldan ma’lum, ya’ni Alloh taolo taqdiri azaldan belgilab qo‘ygan. Payg‘ambarlar, avliyolar, donishmandlar ruhi boshidanoq yuqori olamda ma’lum edi, bu ruhlarning martabalari avvaldan belgilangan edi, deydi shariat ahli. Ammo hikmat ahli (faylasuflar) va tasavuf ahli fikriga ko‘ra, insonga faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan, u harakat qilib, komillik asb etishi, niyatlariga yetishi mumkin. Shayx Aziziddin Nasafiy «Zubdatul haqoyiq» (Haqiqatlar qaymog‘i) nomli risolasida yozadi: «Odamlarning so‘zlari va faoliyati uchun oldindan belgilangan o‘lchovlar yo‘q. Bilim va boylikka ega bo‘lish odamning say’-harakatiga bog‘liq: odam qancha ko‘p g‘ayrat qilsa, shuncha bilmi va mol-mulki ortadi». Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Buning biri – hamida axloq bo‘lsa, ikkinchisi – o‘z-o‘zini tanish. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab u odamlarni uch qismga ajratgan. Birinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezanmagan va o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Uchinchisi, hamida axloqiy sifatlar bilan bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Olimning nazarida ana shu keyingi – uchinchi toifa odamlar komil inson-lardir: «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo‘lish va o‘z- o‘zini tanish bilan amalga oshadi». Shu tariqa, komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Bundan yana shu ham ma’ulm bo‘ladiki, o‘rta asarlardagi yaxshi axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega – bir tomondan, jami ruhiy-ma’naviy qudrat, aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu cho‘qqiga intilib, muayyan matarabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan. Ammo masala qanday qo‘yilishidan qat’iy nazar, komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bo‘ldi, insonni sharafli, ezgulik va Buyuk Xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qildi. Har zamon, har lahza insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo‘ya qiliqlardan saqlanishga ko‘maklashadi, iymon va vijdon binosining poydor bo‘lishini ta’minlaydi. Mulla Aahmadxo‘ja eshon ibn Abdulmo‘minxo‘ja eshonning “Ahloq risolasi” asarida o‘g‘il va qiz bolalar odobi hadislar asosida talqin qilib berilgan. Unga o‘g‘il va qiz bolalarga qarata ruhni va tanni pok tutish haqida nasihatlar berilgan 7 . Komillikning oliy belgisi Haq yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga naf’ keltirsa, yomonlarni tuz yo‘lga solsa, Haq yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha komildir. Ushbu qarashlar garchi bir-biriga zid bo‘lib tuyulsa-da, aslida mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqindir. Ya’ni bu yerda insonning kamoloti, buyukligini tan olish, inson va Koinot, inson va Iloh, inson va Mavjudotni o‘zaro vobasta, aloqador deb hisoblash bor. Qarashlar orasidagi farq esa shundan iboratki, ahli shariat tushunchasiga ko‘ra, insonning qobiliyati va mayllari azaldan ma’lum, ya’ni Alloh taolo taqdiri azaldan belgilab qo‘ygan. Payg‘ambarlar, avliyolar, donishmandlar ruhi boshidanoq yuqori olamda ma’lum edi, bu ruhlarning martabalari avvaldan belgilangan edi, deydi shariat ahli. Ammo hikmat ahli (faylasuflar) va tasavuf ahli fikriga ko‘ra, insonga faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan, u harakat qilib, komillik asb etishi, niyatlariga yetishi mumkin. Shayx Aziziddin Nasafiy «Zubdatul 6 Olimat ul-Banot. Mushorat odobi.Tarjimon va nashrga tayyorlovchi, T.Ziyoyev. “Mehnat”. 7 Nasihatnoma. O‘g‘il va qiz bolalar odobi haqida risola. Nashrga tayyorlovchi, B.Abdulxay o‘g‘li.Toshkent, 1991-y. 486 haqoyiq» (Haqiqatlar qaymog‘i) nomli risolasida yozadi: «Odamlarning so‘zlari va faoliyati uchun oldindan belgilangan o‘lchovlar yo‘q. Bilim va boylikka ega bo‘lish odamning say’-harakatiga bog‘liq: odam qancha ko‘p g‘ayrat qilsa, shuncha bilmi va mol-mulki ortadi» 8 . Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Buning biri – hamida axloq bo‘lsa, ikkinchisi – o‘z-o‘zini tanish. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab u odamlarni uch qismga ajratgan. Birinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezanmagan va o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Uchinchisi, hamida axloqiy sifatlar bilan bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Olimning nazarida ana shu keyingi – uchinchi toifa odamlar komil inson-lardir: «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo‘lish va o‘z- o‘zini tanish bilan amalga oshadi». Shu tariqa, komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Bundan yana shu ham ma’ulm bo‘ladiki, o‘rta asarlardagi yaxshi axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega – bir tomondan, jami ruhiy-ma’naviy qudrat, aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu cho‘qqiga intilib, muayyan matarabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan. Ammo masala qanday qo‘yilishidan qat’iy nazar, komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bo‘ldi, insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga xizmat qildi. Har zamon, har lahza insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo‘ya qiliqlardan saqlanishga ko‘maklashadi, iymon va vijdon binosining poydor bo‘lishini ta’minlaydi. Qizlar tarbiyasi, avvalo, ota onalar, qolaversa, tarbiya maskanlari bo‘lmish sifatida bog‘cha, maktab, bilim yurtlari, oliy o‘quv dargohlari xodimlari hamda keng jamoatchilikning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri qaraladi. 9 Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling