40
Non uzvli frazeologizmlarni ma’no ottenkasiga ko`ra
quyidagicha guruhlash
mumkin:
1. Ijobiy ma’nodagi non uzvli frazemalar: noni ko`paysin, noni butun,
nonni moy bilan yemoq, bitta noni ikkita bo`lmoq, nonini halollamoq, non topmoq,
non sindirmoq.
2. Salbiy ma’nodagi non uzvli frazemalar: non ko`r qilsin, non ursin,
nonini tuya qilmoq, noni yarimta, non yemas, non bermas, non gadoyi, birovning
nonini yarimta qilib qo`ymoq, non-u qoq bilan kun kechirmoq, nondan benasib
bo`lmoq.
41
1. 2-rasm. Non uzvli frazeologizmlarning
ma’no ottenkasiga ko`ra turlari.
Non uzvli frazemalarni shakl va ma’no munosabatiga ko`ra quyidagi
turlarga ajratish mumkin:
Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda planidagi, ya’ni
shakldagi,
tuzilishdagi tenglik hodisasidir.
Erkin birikma bilan frazema (turg`un birikma) o`rtasidagi shakliy tenglik
hodisasi frazeologik omonimiya emas,
frazeologik omonimlik sanaladi. Bunday
holatda “omonimiya” va “omonimlik” terminlari o`zaro farqlanadi. Chunonchi:
1. Non yemoq (erkin birikma) –
“qornini to`ydirmoq”, “ovqatlanmoq”
ma’nosida qo`llanadi;
Har kim o`z choynagidan choy ichar, o`z noni bilan
Do'stlaringiz bilan baham: