sindirdilaringizmi? (Т. Мурод, Отамдан қолган далалар, 129-б.)
Birovning nonini yarimta qilib qo`ymoq (отбить хлеб (у кого) frazemasi
“Ruscha-o`zbekcha frazeologik lug`at”da qayd etilgan. “ishini, daromadini tortib
olmoq” ma’nosiga teng. Fe’l frazema, kengaygan birikma. Dadam ketmonni tez va
yaxshi peshlashi ustiga xat bilishi, nazarimda, bozorboshidagi usta Turdialining
nonini yarimta qilib qo`ydi. (А.Қаҳҳор, Ўтмишдан эртаклар, 107-б.)
Non-u qoq bilan kun kechirmoq (перебиваться с хлеба на квас)
frazemasi “Ruscha-o`zbekcha frazeologik lug`at”da qayd etilgan bo`lib, so`zlashuv
tilida qo`llanadi. Ushbu frazemaning mazmun planida “ro`zg`orini zo`rg`a
tebratmoq”, “qiyinchilikda, qattiqchilikda yashamoq” ma’nolari ifodalangan
2
,
fe’l frazema. Bizning xorimizda faqat Motining ahvoli durustroq xolos, chunki u
boy xo`jayinning qo`lida turadi, qolgan hammamiz non-u qoq bilangina
yashaymiz.
O`z ko`mach
3
iga kul tortmoq frazemasi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da
qayd etilgan bo`lib, “o`z manfaati uchun ishlamoq, o`ziga o`zi qayg`urmoq”
ma’nolari ifodalangan. Fe’l frazema. Har kim o`z ko`machiga o`zi kul tortadigan..
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 3-ж. – Б. 57.
2
Содиқова М. Русча-ўзбекча фразеологик луғат. Тошкент: Фан, 1972. – Б. 135.
3
Кўмач – иссиқ кулга кўмиб пишириладиган нон. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон
миллий энциклопедияси, 2008. – 2-ж. – Б. 455.
37
bir zamonda inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan og`ir
kulfat yo`q. (П.Турсун, Ўқитувчи)
Do'stlaringiz bilan baham: |