Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Non yemas – mazkur ibora lug`atlarda qatd etilmagan, badiiy asarlarda 
uchraydi. Xalqimizda “pishiq, ziqna, ortiqcha sarf-harajatga toqati yo`q inson”g
nisbatan mana shunday ibora qo`llanadi. Frazemaning ifoda plani birikmaga teng, 
pishiq, ziqna ma’nolari bilan birga salbiy baho (uslubiy bo`yoq) ham ifodalangan
sifat frazema. Avvalgi rahbarlar bilan oramiz yaxshi edi. Bunisi yangi odam, 
o`lgudek non yemas ko`rinadi. O`sha kuniyam So`poq damlab qo`ygan oshga 
turmay ketdi-qoldi. (Ў. Ҳошимов, Икки эшик ораси, 236-б.) 
Non bermas iborasi ham lug`atlarda qayd etilmagan, belgi bildiradi. Ziqna, 
haddan ortiq pishiq insonga nisbatan aytiladi. Birikmaga teng, ziqna, “haddan 
tashqari pishiq” ma’nosi bilan birga salbiy baho semasi bilan ifodalangan, sifat 
frazema. 
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 3-ж. – Б. 57. 


35 
Non topmoq (ot+fe’l) mazkur ibora lug`atlarda qayd etilmagan, badiiy 
asarlarda uchraydi, “mehnat qilib, ishlab, tirikchilik uchun pul topish” semasiga 
ega, birikma shaklida, fe’l frazema, frazemaning salbiy yoki ijobiy baho sema 
ifodalashi kontekst mazmunidan kelib chiqadi. Varianti: nonini topib yemoq. Eh-
ha, bu bolalar qachon ulg`ayadi-yu qachon o`zining nonini topib yeydigan 
bo`ladi! (Ғ. Ғулом, Менинг ўғригина болам). Men bu yerga so`filik qilib, maktab 
tutib non topgani kelgan emasman, padari buzrukvorim o`zlariga to`q kishi. Men 
qishloqqa ilm-ma’rifat urug`ini sochgani kelganman. (А. Қаҳҳор, Ўтмишдан 
эртаклар, 153-б.) U dastlab qamoqqa tushganida o`g`rilik bilan non topish, 
tirikchilik qilish oson emasligini angladi. (Т.Малик, Шайтанат, 4-ж., 240-б.) 
Ocharchilik boshlanib, bir burda non topish uchun boshqalar Makkaga borib 
kelishga ham rozi bo`lgan paytlar uning dasturxonida non bo`lardi. (N. Eshonqul, 
Urush odamlari, 33-b.) Urush – biz halol peshona teri bilan non topib yeyishni, 
qo`sh haydash, ekin ekishimizni istamaydi. (N. Eshonqul, Urush odamlari, 65-b.) 
Negaki, peshona teri bilan topilgan non halol bo`ladi. (G`azal to`qish ham ish 
ekanmi? “Allomalar ibrati”, 32-40-b.). 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling