Bob bo`yicha xulosalar
1. Non, osh, tuz uzvli paremalar hamda frazeologizmlar o`zbek xalqini
milliy taomlari, yeguliklari va ularni tayyorlashda faol qo`llanadigan unsur hamda
ular bilan bog`liq milliy, madaniy, etnik, ijtimoiy, axloqiy qarashlarini ifodalovchi
lingvokulturologik birliklardir.
2. O`zbek tilidagi non, osh, tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va
paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi o`zbek xalqining betakror
milliy, etnik, etik an’analarining lisoniy va madaniy o`ziga xosligini tadrijiy
takomilini va yashovchanligini o`rganishda muhim ahamiyatga molikdir.
3. O`zbek tilidagi non, osh, tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va
paremiologik birliklar xalqimizning ilk davrlaridayoq yuzaga kelgan bo`lib,
xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, etnik hayotidagi o`zgarishlar bilan uzviy
bog`liq tarzda takomillashib, sayqallanib, boyib borgan va hozirgi darajaga yetib
kelgan hamda milliy qadriyatlarini ifodalovchi lingvokulturema maqomini olgan.
33
2-BOB.
O`ZBEK TILIDAGI NON UZVLI FRAZEOLOGIZM
VA PAREMIYALARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
2.1.
Non uzvli frazeologizmlarning lug`aviy-ma’noviy tahlili
Ikki va undan ortiq so`zning barqaror munosabatidan tashkil topgan,
ma’nosi odatda, bir so`zga, ba’zan so`z birikmasi, gapga teng keladigan, nutqqa
tayyor holda olib kiriluvchi, ko`chma ma’noli barqaror (turg`un) birikma ibora
yoki frazeologizm deyiladi
1
.
Frazeologizmlar tilshunoslikda frazema, frazeologik birikma, ibora deb
ham yuritiladi.
Frazeologizmlar adabiy tilning badiiy va so`zlashuv uslubida keng, ko`proq
qo`llanadi va nutqni ta’sirchan, obrazli ifodalashga xizmat qiladi.
O`zbek tilida non uzvli frazeologizmlar salmoqli o`rin tutadi: nonini tuya
qilmoq, noni butun, noni yarimta, bitta noni ikkita bo`lmoq, non yemas, non
bermas, nonini halollamoq, non topmoq, non gadoyi, non yemoq, non sindirmoq,
birovning nonini yarimta qilib qo`ymoq, non-u qoq bilan kun kechirmoq, o`z
ko`machiga kul tortmoq, suvga tushgan nondek shilqillab qolmoq, non yemaslik,
non ursin, non ko`r qilsin, noni ko`paysin, birov bilan non-qatiq bo`lmoq, nonni
moy bilan yemoq, non qorinning ketidan yurmaydi, xamir uchidan patir, birovning
noni qorin og`ritar, non-namak bo`lmoq, nondan benasib bo`lmoq kabilar.
Non uzvli frazeologizmlarning har biri o`ziga xos ma’no-mundarijasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |