Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Bob bo`yicha xulosalar 
1. Non, osh, tuz uzvli paremalar hamda frazeologizmlar o`zbek xalqini 
milliy taomlari, yeguliklari va ularni tayyorlashda faol qo`llanadigan unsur hamda 
ular bilan bog`liq milliy, madaniy, etnik, ijtimoiy, axloqiy qarashlarini ifodalovchi 
lingvokulturologik birliklardir. 
2. O`zbek tilidagi non, osh, tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va 
paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi o`zbek xalqining betakror 
milliy, etnik, etik an’analarining lisoniy va madaniy o`ziga xosligini tadrijiy 
takomilini va yashovchanligini o`rganishda muhim ahamiyatga molikdir.
3. O`zbek tilidagi non, osh, tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va 
paremiologik birliklar xalqimizning ilk davrlaridayoq yuzaga kelgan bo`lib, 
xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, etnik hayotidagi o`zgarishlar bilan uzviy 
bog`liq tarzda takomillashib, sayqallanib, boyib borgan va hozirgi darajaga yetib 
kelgan hamda milliy qadriyatlarini ifodalovchi lingvokulturema maqomini olgan.  
 

 
 
 


33 
2-BOB. 
O`ZBEK TILIDAGI NON UZVLI FRAZEOLOGIZM 
VA PAREMIYALARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
 
 
2.1. 
Non uzvli frazeologizmlarning lug`aviy-ma’noviy tahlili 
 
Ikki va undan ortiq so`zning barqaror munosabatidan tashkil topgan, 
ma’nosi odatda, bir so`zga, ba’zan so`z birikmasi, gapga teng keladigan, nutqqa 
tayyor holda olib kiriluvchi, ko`chma ma’noli barqaror (turg`un) birikma ibora 
yoki frazeologizm deyiladi
1

Frazeologizmlar tilshunoslikda frazema, frazeologik birikma, ibora deb 
ham yuritiladi. 
Frazeologizmlar adabiy tilning badiiy va so`zlashuv uslubida keng, ko`proq 
qo`llanadi va nutqni ta’sirchan, obrazli ifodalashga xizmat qiladi. 
O`zbek tilida non uzvli frazeologizmlar salmoqli o`rin tutadi: nonini tuya 
qilmoq, noni butun, noni yarimta, bitta noni ikkita bo`lmoq, non yemas, non 
bermas, nonini halollamoq, non topmoq, non gadoyi, non yemoq, non sindirmoq, 
birovning nonini yarimta qilib qo`ymoq, non-u qoq bilan kun kechirmoq, o`z 
ko`machiga kul tortmoq, suvga tushgan nondek shilqillab qolmoq, non yemaslik, 
non ursin, non ko`r qilsin, noni ko`paysin, birov bilan non-qatiq bo`lmoq, nonni 
moy bilan yemoq, non qorinning ketidan yurmaydi, xamir uchidan patir, birovning 
noni qorin og`ritar, non-namak bo`lmoq, nondan benasib bo`lmoq kabilar. 
Non uzvli frazeologizmlarning har biri o`ziga xos ma’no-mundarijasiga ega. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling