35
Non topmoq (ot+fe’l) mazkur ibora lug`atlarda qayd etilmagan, badiiy
asarlarda uchraydi,
“mehnat qilib, ishlab, tirikchilik uchun pul topish” semasiga
ega, birikma
shaklida, fe’l frazema, frazemaning salbiy yoki ijobiy baho sema
ifodalashi kontekst mazmunidan kelib chiqadi. Varianti:
nonini topib yemoq. Eh-
ha, bu bolalar qachon ulg`ayadi-yu qachon o`zining nonini topib yeydigan
bo`ladi! (Ғ. Ғулом, Менинг ўғригина болам).
Men bu yerga so`filik qilib, maktab
tutib non topgani kelgan emasman, padari buzrukvorim o`zlariga to`q kishi. Men
qishloqqa ilm-ma’rifat urug`ini sochgani kelganman. (А. Қаҳҳор, Ўтмишдан
эртаклар, 153-б.)
U dastlab qamoqqa tushganida o`g`rilik bilan non topish,
tirikchilik qilish oson emasligini angladi. (Т.Малик, Шайтанат, 4-ж., 240-б.)
Ocharchilik boshlanib, bir burda non topish uchun boshqalar Makkaga borib
kelishga ham rozi bo`lgan paytlar uning dasturxonida non bo`lardi. (N. Eshonqul,
Urush odamlari, 33-b.)
Urush – biz halol peshona teri bilan non topib yeyishni,
qo`sh haydash, ekin ekishimizni istamaydi. (N. Eshonqul, Urush odamlari, 65-b.)
Negaki, peshona teri bilan topilgan non halol bo`ladi. (G`azal to`qish ham ish
ekanmi? “Allomalar ibrati”, 32-40-b.).
Do'stlaringiz bilan baham: