Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi


Non gadoyi frazemasi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da qayd etilgan.  Varianti: Non gadoyi bo`lib qolmoq


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/47
Sana21.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1106568
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi

Non gadoyi frazemasi “O`zbek tilining izohli lug`ati”da qayd etilgan. 
Varianti: Non gadoyi bo`lib qolmoq. “Nonga zor”, “kambag`al-qashshoq”
1
 degan 
ma’nolari bilan birga salbiy baho semasi bilan qoplangan, birikmaga teng, sifat 
frazema. U yo o`zini o`ldirardi, yo xizmatkor yigit bilan bir yurtga qochib, 
kambag`allikda, non gadoyi bo`lib yashardi. (Ойбек, Танланган асарлар). 
Oqpodshohning urushi boylarga huzur-halovat keltirdi, lekin fuqaroni non gadoyi 
qildi. (Ойбек, Қутлуғ қон, 176-б.) 
Non yemoq frazemasi “O`zbek tilining izohli lug`ati” va frazeologik 
lug`atlarda qayd etilgan. Ma’nosi: “kim biror narsadan foydalanib tirikchilik 
o`tkazmoq, kun kechirmoq”. Varianti: nonini yemoq kim nimaning. “Oshnangiz 
ig`vo bilan non yeb yurgan mansabparast bir odam”, - dedi Shukurjon. 
(О.Ёқубов. Ота изидан)  
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2008. – 3-ж. – Б. 57. 


36 
Doim hovli, yer janjalidan non yeb yuradigan bir ellikboshi, afandining 
yo`lini to`sib, ko`rgan tushini aytib berdi. (Латифалар). 
Odam qoni oqqan joyda mehr-oqibat, baraka ko`tariladi. U yerning nonini 
yegan qonxo`r bo`ladi, deyar edi otam bechora. (N. Eshonqul, Urush odamlari,
27-b.) 
Non sindirish (ushatish) mazkur frazema ‘O`zbek tilining izohli lug`ati”da 
qayd etilgan. Nikoh to`yi marosimlarining bir qismi: qiz tomon, ya’ni uning ota-
onalari sovchi yuborgan tomonga o`z roziligini bergach, sovchilar keltirgan 
dasturxon ochilib, shu rozilik belgisi sifatida non sindirilishi va to`y bilan bog`liq 
masalalarning belgilanishi, hal qilinishi
1
.  – Ha-a, mening qizimni aytayapsizmi? 
Keldi, keldi, hali-hozircha eskichasiga non sindirib qo`ydik. – Non 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling