Ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida non osh tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologik va paremiologik birliklarning lingvokulturologik tadqiqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot usullari.
- Ishning sinovdan o`tishi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. O‘zbek tili bararor birliklari sirasida shaklan
va ma’noviy jihatdan alohida o‘rin tutuvchi non, osh, tuz konseptlarini ifodalovchi frazeologizm va paremalar to‘plandi va lungvokulturologik aspektda tadqiq etildi. Tadqiqot usullari. Mavzuni nazariy va amaliy jihatdan yoritishda lug`aviy- ma`noviy, uslubiy, lingvokulturologik tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. . Dissertatsiya xulosalari va materiallaridan lingvokulturologiya va unga doir ilmiy, amaliy masalalarni o`rganishda, oliy o`quv yurtlarida “Tilshunoslik nazariyasi”, “Adabiyotshunoslik nazariyasi”, “Uslubiyat”, “Badiiy tahlil asoslari”, “O`zbek folklori” kabi fanlarda maqol, matal va frazeologizmlarga doir masalalarni o`qitishda, ilmiy-ommabop risolalar tayyorlashda, maqol, matal, frazeologizm- larning lingvokulturologik lug`atini tuzishda, dialektal lug`atlar tuzishda umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Non aziz”, “Non – muqaddas ne’mat”, “Nonni 10 e’zozlang!” va boshqa mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda manba sifatida foydalanish mumkin. Ishning sinovdan o`tishi. Dissertatsiya Namangan davlat unversiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi yig’lishi (2018-yil 24-may)da muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan. Dissertatsiya natijalarining e`lon qilinishi. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy mazmuni yuzasidan Respublika oliy o`quv yurtlari va NamDU ilmiy to`plamlarida quyidagi maqolalar e’lon qilingan: 1.Общечеловеческие ценности связанные с концептом “хлеб” и их языковое выражение в узбекском языке // Журнал. Современные инновации. – Россия. Г. Иванова: Проблемы науки, 2016. – №8. 2. Нон билан боғлиқ этнографизмларнинг лингвокультурологик ва этнолингвистик хусусиятлари // Ўзбекистонда филология илми ва таълими: натижа ва истиқбол: Республика филолог-олимлари анжумани материаллари. – Самарқанд, 2016. 11-12-ноябр – Б. 58-59. 3. Нон ҳақидаги паремияларнинг лингвомаданий хусусиятлари // Илм уммонидан қатралар: Илмий мақолалар тўплами. – Наманган, 2016. 7-китоб. – Б. 10-12. 4. Нон номларининг айрим диалектал вариантлари хусусида // Нутқ маданияти ва ўзбек тилшунослигининг долзарб масалалари: А.Нурмонов хотирасига бағишлаб ўтказилган Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Андижон, 2017. – Б. 134-135. 5. Нон узвли паремияларнинг лингвокультурологик хусусиятлари // ЎзМУ хабарлари. Мирза Улуғбек номидаги Ўзбекистон миллий университети илмий журнали. Тошкент, 2017. – Б. 349-350. 6. Нон узвли фраземаларнинг луғавий-маъновий хусусиятлари // Филология фанлари номзоди, доцент Каримжон Юсуповнинг 100 йиллик юбилейи муносабати билан ташкилланган “Филологиянинг долзарб муаммолари ва контрастив тилшунослик” мавзусидаги Республика илмий- амалий анжумани материаллари. – Фарғона, 2018. – 1-китоб, Б. 283-286. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling