Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 125
kifoya qiladigani ko‘p bo‘lib, unutiladiganidan yaxshiroqdir. Suv ham yerga ko‘p shimdirilsa, sasiydi. Uning ko‘p quyilishi foydasizdir. U (olim) kishilarga noaniq bo‘lgan narsalarni o‘rgatadi, agar biror muhim ishga tushsa, befoyda fikrlar beradi. Uning shubhalarni kesishi xuddi o‘rgimchakning in to‘qishiga o‘xshaydi, to‘g‘ri qildimi, noto‘g‘ri qildimi, bilmaydi. Jaholatga minib olib bilmaydigan narsasiga uzr aytmaydi. Agar uzr aytganida, salomat bo‘lar edi. U ilmni oziq tishi bilan uzib olmaydi. Agar shunday qilganida, behojat bo‘lardi. U qon yig‘laydi. Hukmi bilan harom farjlarni halol qilib oladi. Allohga qasamki, u o‘ziga topshirilgan narsani sodir etishga ham, unga yuklangan narsaga ham ahl emas. Ana o‘shalar uqubatga loyiq bo‘lib, hayoti dunyoda yig‘lashlari lozim bo‘ladi». Ali (r.a) aytadilar: «Agar ilmni eshitsanglar, uning ziddiga g‘azab qilinglar, uni hazil bilan aralashtirib yubormanglar. Yo‘qsa qalblar yaxshi narsalarni qabul qilmaydigan bo‘lib qoladi». Ba’zi salaflar aytishadi: «Agar olim kishi kulsa ilmidan bir qismni tuflab tashlabdi». Agar muallim uch narsani jamlay olsa, ta’lim oluvchiga nisbatan ne’matni hosil qilibdi: sabr; tavoze’; husni xulq. Agar ta’lim oluvchi uch narsani jamlay olsa, muallimga nisbatan ne’matni hosil qilibdi: qo‘l; odob; yaxshi fahm-idrok. Ibn Umar (r.a.) aytadilar: «Bir oz yashab shunga amin bo‘ldimki, bizlarga Qur’ondan oldin iymon beriladi, sura nozil bo‘ladi. U undan halol-harom va amrzajrlarni ta’lim oladi. Uning huzurida to‘xtash lozim bo‘ladi. Va yana shunday kishilarni ko‘rdimki, ularga iymondan oldin Qur’on beriladi. Fotiha surasini o‘rtasidan oxirigacha o‘qiydi. Uning amr va qaytariqlarini bilmaydi. Unday odamning huzurida turish lozim bo‘lmaydi. U xurmolar bir-biriga jipslashmaganidek sochib yuboradi».179 Shu ma’nodagi boshqa bir xabarda aytiladi: «Biz Rasululloh sahobalari Qur’ondan oldin iymon berilgan kishilarmiz. Sahobalardan keyin bir qavm kelurki, ularga iymondan oldin Qur’on berilur. Ular harflarini qoyim qilib, had va huquqlarini zoe’ qilurlar. «Bizdan ko‘ra ko‘p o‘qigan va bizdan ko‘ra ko‘p bilgan bormi?» deyishadi. Ana o‘sha ularning nasibalaridir».180 Boshqa bir rivoyatda: «Ana o‘shalar bu ummatning yomonlaridir», deyilgan. Aytishlaricha, besh turli axloq oxirat ulamolari alomatlaridan bo‘lib, Allohning kitobidan olingan: qo‘rqish; xushu’; tavozu’; husni xulq; dunyodan oxiratni ustun qo‘yish, ya’ni zohidlik. 179. Hokim rivoyat qilgan va ikki shayx hamda Bayhaqiylar shartiga binoan sahih degan. 180. Ibn Moja, Jundubdan bir oz farq ila, qisqa holda rivoyat qilgan. Qo‘rqishga Allohning ushbu so‘zi misol bo‘ladi: Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling