Ihyou ulumid-din
«Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
«Biz qalbini Bizni zikr etishdan g‘ofil qilib qo‘ygan, havoyi nafsiga ergashgan
va qilar ishi isrofgarchilik bo‘lgan kimsalarga itoat etmang» (Qahf surasi, 28- oyat), deydi». Gunohkor avom din yo‘lidagi johillardan xursanddir. E’tiqodlaricha, bu johillar ulamo emish. Gunohkor olim o‘zining noqisligini e’tirof etib, istig‘for aytadi, tavba qiladi. Mana bu johil esa, o‘z gumonicha olim bo‘lib, ilm bilan mashg‘ul. Vaholanki, uning maqsadi din qolib, dunyoga yo‘l topishdir. U tavba ham qilmaydi, istig‘for ham aytmaydi. Mana shu holida o‘lgunicha davom etadi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 134 Odamlarning ko‘pchiligi shu yo‘lga kirib ketishgan. Faqat Alloh asraganlargina bundan mustasnodir. Ularni isloh qilishdan umid uzilgandir. Din sohibi uchun eng yaxshisi ulardan uzilib, alohida yashashdir. Biz bu haqda, inshaalloh, «Uzlat» kitobida to‘xtalamiz. Yusuf ibn Asbot Huzayfa al-Mar’ashiyga xat yozib: «O‘zi bilan birga Allohni eslaydigan kimsani topa olmagan, topsa ham, gunohga botganini, suhbati ma’siyat bo‘lganini, uning ahli bo‘lmaganini topgan kishi haqida nima deb o‘ylaysiz?» degan edi. Haqiqatda rost yozibdilar. Chunki kishilarga aralashib yurish g‘iybat eshitishga yoki munkar narsalarga sukut qilishga majbur etadi. Nari borsa, ahvollari yaxshilanib, ilmidan foydalanishlari mumkin. Shunda ham bechoralar ilm riyodan, pul jamlash va rahbarlik talabidan xoli bo‘lishi kerakligini koshki bilishsa! Shogird olayotgan ilmini dunyoga yoki yomonlikka vosita qilsa, unga ilm o‘rgatish xuddi qaroqchiga qilich sotganga o‘xshaydi. Ilm ham qilich kabidir. Uning yaxshilikka ishlatilishi g‘azotdagi qilich o‘rniga o‘tadi. Shuning uchun qaroqchilik qilishni xohlagan kishilarga qilich sotilmaydi. Mazkur o‘n ikki alomat oxirat ulamolari alomatlaridan bo‘lib, bu xislatlarning hammasini salaf olimlari o‘zlarida jamlashgan. Sen ikki kishidan biri bo‘l: yo shu sifatlarni o‘zingda mujassam qil, yo mana shularni qilolmayotganingni e’tirof et. Zinhor uchinchisi bo‘lma, unda dinni dunyoga almashtirishni nafsingga qabul qilgan bo‘lasan. Sobit ulamolar suvrati bilan battollar siyratiga o‘xshab qolasan. Johilliging va inkor etuvchiliging tufayli noumid bo‘lib, halok bo‘luvchilar jamoasiga yo‘liqasan. Shayton hiylasidan panoh tilaymiz. Unga ergashib ko‘pchilik halok bo‘lgan. Allohdan dunyo hayotiga aldanmaydiganlardan qilishini so‘raymiz. Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling