Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 131
185. Abu Nu’aym, Bazzor, Tabaroniy va Bayhaqiylar zaif sanad ila rivoyat qilishgan. Huzayfa (r.a.) ham rost aytganlar. Bu asrimizdagi ko‘p yaxshiliklar sahobalar asrida munkar ish hisoblangan. Zamonamizda ana shunday ishlardan keng tarqalgani masjidlarni ziynatlash, to‘shak va gilamlar bilan to‘ldirib, imoratning nozik joylari uchun katta pullarni sarflashdir. Masjidga qamish to‘shash bid’at sanaladi. Bu yangilikni Hajjoj kiritgan. Avvalgilar kamdan-kam holatda tuproqqa narsa tashlashgan. Shuningdek, nozik masalalarda bahsmunozara qilish zamonamiz ahllarining yuksak ilmlari sanaladi va ular o‘zlaricha bu narsani Allohga yaqin qiluvchi deb o‘ylaydi. Aslida esa, bu ayni munkar ishdir. Qur’on va azonni ohangga solib aytish ham shunga o‘xshaydi. Hadasdan tozalanishdagi o‘zboshimchalik, tahoratdagi vasvasa, kiyimga najosat tegishining uzoq ehtimollarini o‘ylash, taomlarning halol-haromligini aniqlashdagi yengiltaklik kabilar ham munkar ishlar jumlasidandir. Ibn Mas’udning (r.a.) mana bu so‘zlari naqadar rost: «Bugun sizlar shunday zamonda yashayapsizlarki, havoyi nafslar ilmga tobe’dir. Sizlarga hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoyi nafsga tobe’ bo‘ladi». Ahmad ibn Hanbal esa: «Ilmni tark qilib, ko‘zlariga g‘aroyib ko‘ringan narsalarga tobe’ bo‘lishmoqda, ularning ilmlari juda oz», degan edilar. Alloh o‘zi yordamchidir. Molik ibn Anas (r.a.) aytadilar: «Oldingilar bugungi kun odamlari so‘rayotgan narsani so‘rashmasdi. Ulamolari ham halol, harom, deb aytaverishmas edi. Lekin ularning mustahab va makruh deyishganini ko‘rdim. Ya’ni, ular mustahab va makruh narsalarning nozik tomoniga nazar solishardi. Ammo ular nazdida buzuqligi ochiq ko‘ringan narsa harom edi». Hishom ibn Urva aytadilar: «Bugun o‘zlaricha yangilik chiqarayotganlardan yangiliklari haqida so‘ramanglar. Chunki u narsaga javob tayyorlab qo‘yishgan. Ulardan sunnat haqida so‘ranglar, uni bilishmaydi». Sulaymon Doroniy shunday deydilar: «Kishi bir yaxshilikka ilhomlantirilsa, (Rasulullohdan) qolgan asarda uning borligini eshitmagunicha unga amal qilishi lozim emas. Agar uni asarda topgudek bo‘lsa, nafsidagi narsani asarga muvofiq qilgani uchun Allohga hamd aytsin». Bunday deyishlariga sabab, yangi fikrlar quloqqa quyilib, qalbga o‘rnashib olishi ko‘pincha uning musaffoligiga xalal berishi, u sababidan botil narsa haqqa aylanib qolishi mumkin. Bas, yangiliklar borasida (Payg‘ambarimiz) asarlarini ko‘rish bilan ish tutiladi. Shuning uchun Marvon hayit kuni namozda minbar qo‘yib, yangilik qilganida, Abu Said Xudriy unga qarshi chiqib: «Ey Marvon, bu qanaqa bid’at?» deganlar. Halifa Marvon: «Bu bid’at emas, bilganingizdek, yaxshilikning o‘zginasi. Insonlar ko‘payib ketganlari sababli ovoz ularga yetishi uchun shu ishni xohladim», dedi. Buni eshitgan Abu Said Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling