Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 129
boshida ham bo‘lmagan. Bu narsa hijratdan 120 yil keyin, ya’ni hamma sahobalar, shuningdek, Said ibn Musayyab, Hasan Basriy kabi buyuk tobe’inlar ham vafot etishganidan keyin yuzaga kelgan. Avvalgilar hadis yozishni va kitob tasnif etishni xush ko‘rishmagan. Sababi kishilar u kitoblar bilan mashg‘ul bo‘lib qolishsa, Qur’onni yodlashdan, uni tadabbur va zikr etishdan to‘xtab qolishdan xavf qilishgan. Ular, biz qanday yodlagan bo‘lsak, sizlar ham shunday yodlanglar, deyishardi. Shuning uchun Abu Bakr va yana bir qancha sahobalar Qur’onni sahifalarga bitib, mushaf holatiga keltirishini karih ko‘rishgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qilmagan ishni biz qandoq qilamiz, deyishgan edi. Chunki ular odamlarning mushafga suyanib qolishidan qo‘rqishardi. Qur’onni shundog‘icha qoldiramiz, odamlar bir-biriga talqin qilib o‘qib berishadi, bu ish ularning asosiy mashg‘ulotlari bo‘ladi, deb aytishar edi. Qachonki Umar ibn Xattob va boshqa sahobalar kishilar dangasaligi tufayli, uning zoe’ bo‘lishini aytishganda, xavfsirab, Qur’onni kitob holida yozishga ishora qilishdi. Uni yozishga ikkinchi sabab o‘rtada nizo kelib chiqishidan ehtiyot bo‘lish uchun edi. Chunki mutashobih oyatlarning qiroati yoki kalimalarda ixtilof chiqib qolsa, Qur’onga murojaat qilish uchun uning asli bo‘lishi kerak edi. Bu xayrli ishga Abu Bakrning (r.a.) ham qalblari moyil bo‘ldi va Qur’on bitta mushaf shaklida jamlandi. Molik ibn Anas «Muvatto’» kitoblarini tasnif etganlarida, Ahmad ibn Hanbal u kishini inkor qilib: «Sahobalar qilishmagan ishni boshlab berdi», deganlar. Aytilishicha, Islomda birinchi tasnif etilgan kitob Ibn Jo‘rayjning «Al-osor» nomli kitoblari va Mujohid, Ato va Ibn Abbosning Makkadagi sohiblari tomonidan bitilgan tafsir so‘zlardir. So‘ngra yamanlik Ma’mar ibn Roshid San’oniyning kitoblari bo‘lib, bu zot unda ma’sur bo‘lgan nabaviy sunnatlarni jamlaganlar. Keyin Madinada Molik ibn Anasning «Muvatto’» kitoblari, so‘ng Sufyon Savriyning «Jome’»lari tasnif etildi. So‘ngra to‘rtinchi asrda kalom ilmida ko‘p kitoblar bitildi. Bahsmunozara ko‘paydi. Kishilar qissaxonlik va va’zxonlikka moyil bo‘lishdi. Ana shu paytdan yaqiyn ilmi darz keta boshladi. Keyin qalb ilmi, nafs sifatlari va shayton hiylalarini taftish qilish odamlarga g‘aroyib tuyulib qoldi. Bu yo‘lda juda oz kishilar qolishdi. Talashib-tortishuvchilar, so‘zini qofiyalar bilan ziynatlagan kishilar olim deb ataldi. Chunki avom faqat ularning so‘zlarini eshitardi, haqiqiy ilm ularga ayon emas edi, sahobalarning siyratlarini bilishmasdi, shuning uchun boshqalarga o‘rgatadigan darajada emasdi. Shu tariqa «ulamo» degan nom avvalgilardan keyingilarga meros bo‘lib qolishda davom etdi. Oxirat ilmi esa, noaniq qolaverdi. Ilm bilan kalom orasidagi farq g‘oyib bo‘ldi. Faqat xos kishilargina bundan xabardor edilar. Agar, falonchi bilimliroqmi yoki pistonchimi, deyilsa, falonchi ilm jihatidan, pistonchi kalom jihatidan bilimli, deb javob qilishar edi. Xos kishilargina ilm ahli bilan kalom ahlini farqlashardi. Keyingi asrlarda din mana shu tarzda zaiflashdi. (Endi bu zamonamizdagi dinning holatiga gumoningiz qanday?) Ish shu darajaga yetib bordiki, bu boradagi haqiqatni aytgan kishi jinniga chiqarildi. Yaxshisi kishi o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lib, sukut qilish edi. (Oxirat ulamolarining) yana bir alomati ishlarning yangisidan saqlanishdir, garchi unga jumhur ittifoq qilgan bo‘lsa ham. Sahobalardan keyin o‘ylab topilgan narsaga xalqning berilishi uni aldab qo‘ymasligi kerak. Balki sahobalarning ahvollarini, siyrat va amallarini taftish qilishi, g‘amlari ko‘proq nimada bo‘lganini o‘rganishi lozim. Ya’ni, dars berish, kitob yozish, munozara, qozilik, rahbarlik, vaqflarga egalik qilish, vasiyat, yetimlar molini yeyish, sultonlarga aralashish, aysh-ishratga berilish ularda bo‘lganmi yoki xavf, xafalik, tafakkur, tirishish, zohiriy va botiniy narsalarni kuzatish, gunohlarning kattasiyu kichigidan saqlanish, maxfiy bo‘lgan nafs shahvatlari va shayton hiylalarini idrok etishga urinish kabi botiniy ilmlarni o‘rganishganmi? Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling