Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi lafz: «Tavhid».
Ikkinchi lafz: «Ilm». U Alloh taoloning oyatlarini va bandalari, maxluqlari haqidagi
ishlarini bilishga qo‘llanilar edi. Hazrati Umar (r.a.) vafot etgan vaqtlarida Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Ilmning o‘ndan to‘qqizi o‘ldi», deya «ilm» lafzini «alif» va «lom» bilan ma’rifa qilib aytganlar. So‘ng uni Alloh taoloni bilish ilmi, deb tushuntirishdi. Odamlar ilm lafzini boshqa fanlarga qo‘llay ketishdi. Hatto u fiqhiy va fiqhiy bo‘lmagan masalalar haqida tortishadigan kishining bahs-munozarasi sifatida mashhur bo‘ldi. Shundan so‘ng: «U ilmda olim, u ilmda sher kabi», deyiladigan bo‘ldi. Kim fiqhiy masalalar ustida bahslashmasa, u bilan shug‘ullanmasa, zaiflar, ilmsizlar qatorida ko‘rildi, ilm ahlidan hisoblanmadi. Lekin ilm va ulamolarning fazilati haqida vorid bo‘lgan hadislarning ko‘pchiligi Alloh taoloni, Uning hukmlari, af’ollari va sifatlarini bilgan ulamolar haqida kelgan. Hozir esa, ixtilofli masalalardagi tortishayotgan kishiga nisbatan qo‘llanilmoqda. Holbuki, u tafsir, hadis, mazhab ilmi va boshqa ilmlardan mutlaqo bexabar. Ilm lafzini o‘rinsiz yerlarda qo‘llash natijasida ilm talabida bo‘lgan bir qancha kishi bahsli va ixtilofli masalalar bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda. Uchinchi lafz: «Tavhid». Bu ibora hozirgi paytda kalom san’atini va mujodala uslubini bilish, xusumatchisining ziddiyatli taraflarini o‘rganish, u haqda ko‘p savol berib, og‘iz ko‘pirtirish, shubhalarni qo‘zg‘ash va ularni mulzam qilish kabi ishlarga ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Hatto u bilan mashg‘ullardan bir toifasi o‘zlariga adolat va tavhid ahli deya laqab qo‘yib olishdi va mutakallimlarni tavhid olimlari deya nomlashdi. Holbuki, bu yo‘lga xos bo‘lgan narsalardan birortasi ham ilk asrda ma’lum emas edi. Balki kim bahs-janjal Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 55 va xusumat eshigini ochsa, sahobalar uni qattiq inkor qilardilar. Ilk tinglashdayoq zehnlar qabul qilishga oshiqadigan, Qur’oni karim qamrab olgan zohiriy dalillardan iborat bilim barcha uchun ma’lum bo‘lgan ilmdir. Vaholanki, Qur’onni bilish ilmning hammasini bilish demakdir. Tavhid, sahobalarning fikriga ko‘ra, ko‘pchilik kalomchilar tushunmaydigan boshqa ishdan iboratdir. Agar kalomchilar uni tushunganlarida edi, «tavhid» lafzi bilan o‘zlarini sifatlamagan bo‘lardilar. Tavhid ishlarning barchasini, sabab va vositalarga qaramagan holda, faqat Alloh taolodan deb bilishdir. Bas, neki yaxshi va neki yomon, faqat Allohdan. Bu narsa tavakkulni paydo qiladigan yuksak maqomdir. Uning bayoni hali «Tavakkul kitobi»da keladi. Hamma narsani Allohdan deb bilish yana maxluqqa shikoyat etmaslik, ularga g‘azab qilmaslik va Alloh taoloning hukmiga rozi bo‘lish kabi mevalarni beradi. Mana, uning bir mevasi: Abu Bakr (r.a.) kasal bo‘lganlarida, u kishiga: «Sizga tabib chaqiraylikmi?!» deyishdi. Shunda u zot: «Meni kasal qilgan tabibning o‘zi», deganlar; yoki u kishidan: «Tabib kasalligingiz haqida sizga nima deyapti?» deb so‘rashganida: «Tabib menga, istagan narsamni amalga oshiruvchiman, dedi», deb javob qilganlar. Tavakkul va tavhid kitoblarida bunga oid xabarlar keladi. Tavhid nafis javhar bo‘lib, uning ikki qobig‘i bor. Ularning bittasi ikkinchisiga qaraganda mag‘izdan uzoqroqdir. Odamlar esa, mazkur ismni qobiqqa va qobiqning himoyachilik san’atiga xoslashdi va asosiy mag‘izni unutib qoldirishdi. Sen tiling bilan «la ilaha illalloh» deyishing birinchi qobiqdir. Bu iqror nasroniylarning uchlik e’tiqodlariga zid bo‘lgan tavhid. Lekin u ichi tashiga teskari bo‘lgan munofiqda ham sodir bo‘ladi. Ikkinchi qobiq esa, iqrorning mazmuniga qalbda inkor va muxolifat bo‘lmasligi, qalbning zohiri unga e’tiqod qilishi, shuningdek, uni tasdiqlashidir. Mana shu ish avom xalqning tavhidi bo‘ladi. Kalomchilar, yuqorida aytilganidek, ushbu qobiqni bid’atchilarning chalg‘itishlaridan qo‘riqlovchilardir. Uchinchisi esa mag‘izdir. Mag‘iz – sabablarga hech bir nazar qilmasdan, ishlarning barchasini Alloh taolodan deb bilish, Undan o‘zgaga ibodat qilmay, faqat Ungagina sig‘inishdir. Hoyu havasga ergashganlar ushbu tavhid doirasidan chiqadi. Chunki barcha hoyu havasga ergashuvchilar uni o‘zlariga ma’bud qilib olgandir. Alloh taolo: Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling