Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
«Shath» lafzidan esa, ayrim so‘fiylar paydo qilgan kalomning ikki turini tushunamiz.
Birinchisi, Alloh taologa bo‘lgan ishq haqidagi uzundan-uzun da’volar va zohiriy amallardan behojat bo‘lgan visoldir. Hatto bir guruh so‘fiylar Haqqa qo‘shilib ketgani, o‘rtadan pardaning ko‘tarilgani, ko‘z bilan mushohada qilgani va xitob ila so‘zlashganini da’vo qilishgacha borib yetgan. Ular, bizga unday deyildi, biz bunday javob berdik, degan so‘zlari bilan o‘zlarini shunday kalimalarni aytgani tufayli osilgan Husayn ibn Mansur Xallojga o‘xshatadilar va uning «Anal Haq», degan so‘zini dalil qiladilar. Shuningdek, Abu Yazid Bistomiyning «subhani, subhani», ya’ni, «men ayb-nuqsondan pokman», degan so‘zlarini keltiradilar. Bu turdagi so‘zlarning avom xalqqa katta zarari bor. Hatto bir guruh dehqonlar o‘zlarining dehqonchiliklarini tark qilib, shu kabi da’volarni izhor qila boshlashdi. Chunki bunday so‘zlar inson nafsiga lazzat beradi. Zero, bunday so‘zlardan kishi o‘zini buyuk maqomlarga erishgan deb hisoblab, nafsni poklash amallaridan chekinadi. Aqlsizlar bunday ichi po‘k, usti yaltiroq kalimalarni qabul qilishdan va ularni o‘zlari uchun da’vo qilishdan tortinmaydilar. Qachon da’volari inkor etilsa, ular: «Bu e’tirozning manbai ilm va bahsdan kelib chiqqan. Ilm pardalidir, bahs esa, nafsning ishi. Bunday so‘zlar faqatgina Haqning nurini kashf etgan botindan keladi», deb aytadilar. Bunday yomon da’volar butun o‘lkalarga yoyilib ketdi, avom xalqqa zarar yetkazdi. Hatto Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 60 bunday da’volarni so‘zlagan odamni qatl etish Allohning diniga o‘n kishini kirgizishdan afzal bo‘ldi. Ammo Abu Yazid Bistomiydan keltirilgan yuqoridagi rivoyat sahih emasdir. Agar uni u kishidan aniq eshitishgan bo‘lsa, u zot Alloh taoloning so‘zini takrorlab turgan paytida eshitgan bo‘lishlari mumkin. U kishining: Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling