Ihyou ulumid-din
«Ular (bu misolni) sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ammo dillarida og‘ish bor kimsalar...»
- To‘rtinchi bob Xalqning xilof ilmiga berilib ketishi sababi, munozara va jadal ofatlarining tafsilotlari va uning muboh bo‘lishi shartlari
«Ular (bu misolni) sizga faqat talashib-tortishish uchungina keltirdilar. Axir
ular xusumatchiurushqoq qavmdirlar» (Zuxruf surasi, 58-oyat), ma’nosidagi oyatni tilovat qildilar. 109. Termiziy va Ibn Mojalar Abu Umomadan rivoyat qilish. Yana bir hadisda Alloh taoloning: «Ammo dillarida og‘ish bor kimsalar...» (Oli Imron surasi, 7) oyatini tushuntirib: Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 67 «Ular jadal ahlidir. Alloh taolo, ulardan uzoq bo‘linglar, deya ogoh etgandir»,110 deb aytganlar. Ba’zi salaflar: «Oxir zamonda shunday bir qavm bo‘ladiki, ularga amal eshiklari yopilib, jadal eshiklari ochiladi», deb aytishgan. Xabarda kelishicha: «Sizlar shunday zamondasizlarki, sizlarga amal qilmoq imkoni berildi. Tez kunlarda shunday qavm keladiki, ularga mujodala-tortishuv ilhomi beriladi». Mashhur bir xabarda: «Allohga maxluqlari orasida eng yoqmaydigani ularning ashaddiy xusumatchilaridir»,112 deb aytilsa, boshqa xabarda: «Qaysi qavm mantiqqa kirishib ketsa, amaldan to‘xtab qoladi», deyilgan. 110. Muttafaqun alayh. 112. Muttafaqun alayh. To‘rtinchi bob Xalqning xilof ilmiga berilib ketishi sababi, munozara va jadal ofatlarining tafsilotlari va uning muboh bo‘lishi shartlari Bilgilki, Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘ng davlatni hidoyatga ergashgan xulafoi roshidinlar boshqardilar. Ular Alloh ma’rifatiga ega olim, hukm chiqarishda yetuk faqih, fatvo berishda mustaqil zotlar edi. Mashvarat taqozo etuvchi hollardagina fuqaholarga murojaat qilar, boshqa paytlarda esa, ulardan yordam kutib o‘tirmas edilar. Shuning uchun ulamolar oxirat ilmi bilan mashg‘ul, boshqa ilmlardan xoli edi. Fatvo berishda xalqning dunyoga bog‘liq hukmlaridan o‘zlarini chetga olishardi. Siyratlarida keltirilgani kabi, bor ijtihodlari, harakatlarini Alloh taolo tomoniga yo‘naltirishar edi. Xulafoi roshidinlardan so‘ng o‘zlari fatvo va hukm chiqarish ilmini yaxshi egallamagan hamda xalifalik maqomiga noloyiq kimsalar davlat tepasiga kelishdi. Ular o‘zlari hukm va fatvo chiqarishni eplay olmagach, fuqaholarni yordamga chaqira boshlashdi. Lekin salaflar axloqini mahkam ushlagan, dinning ko‘rsatmalarini sof saqlab kelayotgan tobe’in ulamolar biror mansabga chaqirilsalar, qochar va yuz o‘girar edilar. Endi xalifalar ularni zo‘rlab bo‘lsa ham, qozilik va hukumat ishlariga jalb qilishdi. O‘sha asrlarda yashaganlar ulamolarning izzatiga, himmati yuksakligiga, boshliq va valiylar esa, ularni izlab yurganlariga shohid bo‘lishdi. Ba’zi kimsalar ilmni izzatga erishish va podshohlar tarafidan obro‘-e’tibor qozonish uchun talab qila boshlashdi. Ular fatvo berish ilmiga sho‘ng‘ib, podshohlardan mansab va muruvvat kutishar edi. Ularning ayrimlari hech narsaga erishmadi, ba’zilari esa, muvaffaqiyatga yetishdi. Ammo ular tilanish xorligidan qutilmadi. Ilgari qidirilgan fuqaholarning o‘zlari endi qidiruvchiga aylanishdi. Sultonlardan yuz o‘girish bilan aziz-mukarram bo‘lgan fuqaholar ularga yuzlanish ila xorlanishdi. Har davrda bo‘lgani kabi, Allohning dinida sodiq bo‘lgan ulamolargina aziz bo‘lib qolaverdi. Avvaliga fuqaholar hokimlar va voliylar ko‘proq muhtoj bo‘lgan fatvo va hukmlar ilmi bilan ovora bo‘lishdi. Keyinroq amirlar va arboblar orasida ba’zi odamlar aqida qoidalariga oid gaplar tarqatayotganini eshitishdi. Endi ularning nafsi aqidaga, hujjatlarni Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling