Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 108
Hotamul Asom (r.a.) talabalaridan bo‘lgan Abu Abdulloh Xavosdan (r.a.) rivoyat qilingan quyidagi voqea ham shunga dalolat etadi. Abu Abdulloh (r.a.) aytadilar: «Men Hotamul Asom (r.a.) bilan Ray shahriga kirdim. Biz bilan birga hajni niyat qilgan uch yuz yigirma kishi bor edi. Ularning ustlarida yupqa kiyimlari bo‘lib, (undan boshqa) kovushlari ham, yonlarida taomlari ham yo‘q edi. Miskinlarni yaxshi ko‘radigan darveshsifat bir tujjor kishining uyiga qo‘ndik. O‘sha kecha u bizni mehmon qildi. Ertasi kuni (xonadon sohibi) Hotamga: «Bir faqihimizni ziyorat qilmoqchi edim. Hozir u betob. Biror xizmat bo‘lsa ayting», dedi. Hotam: «Kasalni ko‘rishda fazilat bordir. Faqihning yuziga boqish esa ibodatdir. Shuning uchun men ham sen bilan birga boraman», dedilar. O‘sha betob kishi Ray shahrining qozisi Muhammad ibn Muqotil (r.a.) ekanlar. Faqihning darvozasiga yetib borganimizda katta va chiroyli qasrga ro‘baro‘ bo‘ldik. Hotam (r.a.) olim kishining darvozasi shunday bo‘ladimi, deb o‘ylanib qoldi. Keyin izn berildi va u kishi ichkariga kirdilar. Hovli chiroyli, shinam, keng va barcha qulayliklari muhayyo edi. Juda chiroyli pardalar ham ko‘zga tashlandi. Hotam yana o‘ylanib qoldi. Keyin bemor yotgan xonaga kirdi. U yerda yumshoq gilamlar to‘shalgan edi. Bemor o‘sha gilamlar ustida yumshoq o‘rinda yotar va bosh tomonida bir xizmatkor qo‘lida yelpig‘ich bilan yelpib turar edi. Ziyoratga kelgan kishi uning boshi oldida o‘tirib, hol-ahvol so‘radi. Hotam esa tik turaverdi. Shunda Ibn Muqotil u kishiga ishora qilib, o‘tirishga buyurdi. Hotam esa: «O‘tirmayman», dedi. U kishi: «Biror ehtiyojing bormi?» deb so‘radi. Hotam: «Ha», dedi. «Nima ehtiyojing bor?» dedi. «Sendan bir masala haqida so‘ramoqchiman?» dedi. Hotam. «So‘rayver», dedi. Hotam: «Turib to‘g‘ri o‘tir, keyin so‘rayman», dedi. U kishi to‘g‘ri o‘tirib oldi. Hotam: «Bu ilmingni qaerdan olgansan?» deb so‘radi. U kishi: «Ishonchli olimlardan olganman. Ular menga aytib berishgan», dedi. Hotam: «Ular kimdan olishgan?» deb so‘radi. U kishi: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalaridan», dedi. Hotam: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) sahobalari qaerdan olganlar?» dedi. U kishi: «Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam)», deb javob berdi. Hotam: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) kimdan olganlar?» deb so‘radi. U kishi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Jabroildan (a.s.), u esa Alloh taolodan olgan», deb javob berdi. Shunda Hotam: «Ayt-chi, Jabroil (a.s.) Allohdan olib, Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam), Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sahobalariga, sahobalar ishonchli kishilarga, ishonchli kishilar senga yetkazgan o‘sha ilmda dang‘illama uylari va juda ko‘p qulayliklari bo‘lgan kishilar uchun Alloh taoloning huzurida bundan buyukroq manzil bo‘lishi haqida biror gap eshitdingmi?» dedi. U kishi: «Yo‘q», deb javob qildi. Hotam: «(Bu haqda) qanday so‘z eshitgansan?» deb so‘radi. «Eshitdimki, kim dunyoni tark qilsa, oxiratga rag‘bat qilsa, miskinlarni sevsa va oxirat amallarini birinchi o‘ringa qo‘ysa, o‘sha kishi uchun Alloh huzurida buyuk maqomlar bordir», dedi. Shunda Hotam: «Unday bo‘lsa, bu ishing bilan sen kimga ergashding? Rasulullohgami (sollallohu alayhi vasallam) yoki u zotning sahobalarigami? Yo solih kishilargami? Yoki birinchi bo‘lib g‘isht va toshdan imorat qurgan Fir’avn va Namrudlargami? Ey yomonlik olimlari! Dunyoga qiziqqan johillar sizga o‘xshaganlarni ko‘rib: «Olim kishi shu holatda bo‘lsa, men undan yomonroq bo‘layinmi?» deydi». Keyin Hotam uning huzuridan chiqib ketdi. Natijada Ibn Muqotilning kasali kuchaydi. Ray shahri ahliga Hotam bilan Ibn Muqotil o‘rtasidagi mojaro ma’lum bo‘ldi. Shunda ular Hotamga: «Qazvin shahridagi Tanofusiy (ismli faqih kishi) bundan ham dabdabali yashaydi», deyishdi. Hotam (r.a.) esa, yo‘lga tushib, o‘sha yerga yetib bordi, uning huzuriga kirib: «Sizga Allohning rahmati yog‘ilsin! Men bir ajamiy kishiman. Dinimning boshi va namozimning kaliti bo‘lgan tahoratni menga o‘rgatishingizni xohlayman. Namozga qanday tahorat olishim kerak?» deb so‘radi. Tanofusiy: «Xo‘p bo‘ladi, jonim Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling