Ihyou ulumid-din
«Bandalari uchun chiqarilgan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
«Bandalari uchun chiqarilgan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga
chiqaradi?» (A’rof surasi, 33-oyat) deb marhamat qilgan. Albatta, buni tark etish unga kirishdan ko‘ra yaxshiroq ekanini bilaman. (Bundan keyin ham) bizni maktubingdan darig‘ tutma. Biz ham seni maktubimizdan darig‘ tutmaymiz. Vassalom!» Molikning (r.a.) insofiga qaraki, ziynatni tark etish uni olishdan yaxshiroq ekanini e’tirof etib, uning mubohligiga fatvo berdilar. U zot ikkala holatda ham to‘g‘ri so‘zlagandirlar. Bir inson qachon, bu nasihatdagi kabi insof va e’tirof bilan nafsini isloh etsa, keyin uning nafsi mubohlar huzurida to‘xtashga qodir bo‘lsa, ammo bu uni riyokorlikka, xushomad go‘ylikka va yomon ko‘rilgan ishlarga o‘tib ketishga majbur qilmagan bo‘lsa, u kishi Imom Molik kabi (buyuk) maqomdadir. Lekin ko‘plar ziynatlar oldida o‘zini to‘xtatishga qodir bo‘lmaydi. Shu sababdan mubohlar bilan ziynatlanish katta xatardir. Bu holat xavf Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 111 va qo‘rquvdan uzoq. Holbuki, oxirat ulamolarining asosiy xususiyati qo‘rquvdir. Qo‘rquvning xususiyati esa, xatar ehtimoli bo‘lgan ishlardan uzoqlashishdir. (Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri podshohlardan uzoqroq bo‘lish, modomiki, qochishga imkoni bor ekan, umuman huzurlariga kirmaslikdir. Podshohlar uning huzuriga kelsalar ham, ularga aralashishdan saqlanishi lozim. Chunki dunyo shirin va ko‘rkamdir. Uning jilovi podshohlar qo‘lida. Ular zolim bo‘lishi bilan birga, roziliklarini topish va qalblarini o‘ziga moyil qildirish uchun takallufidan xoli bo‘lmaydi. Ularni inkor etish, zulmlarini bildirish va fe’llarining qabihligini aytish bilan dillarini ranjitish har bir dindorga vojib bo‘ladi. Sultonlar huzuriga kirib yurguvchi kishi yo ularning chiroyli hayotlariga qarab o‘zidagi Allohning ne’matini kamsitadi, yoki ularni inkor etishdan sukut qilib, ularga xushomad qiluvchi bo‘ladi, yoki ularning roziligini topish va hollarini maqtash uchun gapida takalluf qiladiki, bu ish ochiqdan-ochiq bo‘htondir, yoki ularning mol-dunyolaridan bir qismini qo‘lga kiritishni tama’ qiladiki, bu yomon sifatdir. Podshohlarning molidan olish joiz bo‘lganlari va joiz bo‘lmaganlari, yomon va yaxshilari (bayoni) yaqinda «Halol va harom» kitobida keladi. Xulosa qilib aytganda, ularga aralashish yomonliklarning kalitidir. Oxirat olimlarining yo‘llari esa, bundan ehtiyot bo‘lishdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim sahroda yashasa, (qalbi) qattiq bo‘ladi, kim ovga ergashsa, g‘aflatda qoladi, kim podshoh huzuriga borsa fitnaga uchraydi».159 Yana shunday deydilar: «Yaqinda ustingizga shunday amirlar keladiki, ularning sizlarga maqbul va siz rad etadigan amallari bo‘ladi. Kim ularni inkor qilsa, gunohdan qutuladi. Kim yomon ko‘rsa, salomat bo‘ladi. Lekin kim rozi bo‘lsa va tobe’ bo‘lsa, Alloh taolo uni uzoq qiladi». Shunda (sahobalar): «Ularga qarshi jang qilmaylikmi?» dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yo‘q, ular namoz o‘qisalar, urushmang»,160 dedilar. Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: «Jahannamda bir vodiy borki, unda faqatgina podshohlarni ziyorat qilguvchi qori-olimlar turadilar». Huzayfa (r.a.): «Fitna chiqadigan joylardan saqlaning», dedilar. «U qaysi joy?» deb so‘rashdi. U kishi: «Amirlarning eshiklari. Sizlardan birortangiz amirning huzuriga kirsa, uning yolg‘onini tasdiqlaydi va unda bo‘lmagan sifatlarni gapiradi», deb javob berdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Olimlar, modomiki, podsholarga aralashmasalar, Allohning bandalari ichida payg‘ambarlarning ishonchli vakillaridir. Qachonki, aralashsalar, payg‘ambarlarga xiyonat qilgan bo‘ladilar. Shunda ulardan ehtiyot bo‘linglar va ajralinglar».161 Bu hadisni Anas (r.a.) rivoyat qilganlar. 159. Abu Dovud, Termiziy va Nasoiylar rivoyati, sahihi. 160. Imom Muslim Ummu Salamadan rivoyat qilgan. 161. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilingan. A’mashga (r.a.): «Siz ilm ihyo qildingiz, chunki sizdan ko‘plar ilm oladi», deyishganida, u kishi aytdilarki: «Shoshmanglar! (Mendan ilm olganlarning) uchdan biri uni idrok etmasdan oldin vafot qiladi. Yana uchdan biri podshohlar eshigidan ajralmay qoladi, ular odamlarning eng yomonidirlar. Qolgan uchdan bir qismining ham juda ozi najot topadi». Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling