Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 120
so‘zi ikki toifa farqli ikki ma’noga ishlatadigan mushtarak lafzdir. Nazzor va mutakallimlar u bilan shak-shubhadan xoli bo‘lish ma’nosini ta’bir qiladi. Zotan, nafs bir narsani tasdiqlashga mayl etishida to‘rtta maqom bor: Birinchisida tasdiqlash ham, yolg‘onga chiqarish ham barobardir. Bu hol shak deya ta’bir etiladi. Masalan, muayyan bir shaxs haqida sendan, Alloh uni azoblaydimi, yo‘qmi, deb so‘ralsa, uning holati senga noma’lum bo‘lsa, unga hukmni isbot yoki inkor etishga nafsing moyil bo‘lmasa, balki nazaringda ikki holning imkoni ham barobar bo‘lsa, mana shu shak deya nomlanadi. Ikkinchi maqom nafsingning ikki holdan biriga moyil bo‘lishidir. Bunda oldingi holning ustunligi ikkinchisiga ham bo‘lishi mumkinligini inkor etolmaydi. Masalan, sendan salohiyat va taqvo bilan taniydigan kishing haqida, agar u aynan shu holatda vafot etsa, jazolanadimi, deb so‘rashsa, nafsing uning jazodan ko‘ra jazolanmasligiga moyil bo‘ladi. Buning sababi unda salohiyat alomatlarining borligidir. Shu bilan birga, sen uning botinida azobni lozim etadigan ish yashirin bo‘lishini ham joiz sanaysan. Bu joiz sanashing yuqoridagi mayling bilan tengdir. Lekin u maylingning ustunligini daf etolmaydi. Bu holat gumon deb ataladi. Uchinchisi nafsning bir narsani tasdiqlashga moyil bo‘lishidir. Bunda mayl unga g‘olib bo‘ladi, xayolga boshqa narsa kelmaydi. Agar kelsa ham, nafs uni qabul qilishdan bosh tortadi. Lekin bu narsa haqiqiy ma’rifat bilan bo‘lmaydi. Chunki agar bu maqom sohibi yaxshilab o‘ylasa, shubha va ehtimollarga quloq tutsa, tajvizga bag‘rini keng qiladi. Bu yaqiynga yaqin e’tiqod deyiladi. U barcha shar’iy ishlardagi avomning e’tiqodidir. Zotan, u eshitishning o‘zi bilanoq ko‘ngillarida qaror topganki, hatto har bir toifa o‘z mazhabining to‘g‘riligiga, imom va matbu’ining haqligiga ishonadi. Agar birortalariga imomning xato qilishi mumkinligini aytilsa, buni qabul qilishdan qochadi. To‘rtinchi maqom burhon (hujjat) yo‘li bilan hosil bo‘lgan haqiqiy ma’rifatdir, unda shak qilinmaydi, shak tasavvur ham etilmaydi. Agar shubhaning bo‘lishi va imkoni mahol sanalsa, bu yaqiyn deyiladi. Bunga misoli: agar oqil kishiga, borliqda qadim bo‘lgan narsa bormi, deyilsa, bu savolga badiha bilan javob qilishi mumkin emas. Chunki qadim quyoshga ham, oyga ham o‘xshagan hissiy narsa emas, ularning borligini his qilib tasdiqlanadi. Qadim narsaning borligini bilish ikkining birdan ko‘p ekanini bilish kabi azaliy va zaruriy emas. Balki hodisaning bo‘lishini bilish kabi maholdir. Buning o‘zi ham zaruriy. Aqlning tabiiy haqiqati tayyorgarliksiz va badiha yo‘li bilan qadimning borligini tasdiqlashdan tiyilishdir. So‘ng odamlardan ayrimlari buni eshitadi-da, eshitish yo‘li bilan jazman tasdiq etib, shu holda davom etadi. E’tiqodning o‘zi mana shudir. Barcha avom mana shu ahvoldadir. Odamlardan ayrimlari esa, buni burhon bilan tasdiqlaydi. Shundayki, unga aytiladi: Agar borliqda qadim narsa bo‘lmasa, mavjudotning hammasi hodisdir. Agar uning hammasi hodis bo‘lsa, unda u sababsiz hodisdir yoki sababsiz unda hodisdir, bu esa maholdir. Shunda qadim narsaning borligini aqlda tasdiqlash lozim bo‘ladi. Bunday qismlar uchta: mavjudotning hammasi qadim yoki hammasi hodis yoki ba’zisi qadim, ba’zisi hodis. Agar ularning hammasi qadim bo‘lsa, matlub hosil bo‘lgandir. Zotan hammasiga qadimlik sobit bo‘ldi. Agar hammasi hodis bo‘lsa, bu hol bo‘lishi mumkin emasdir. Zero, u sababsiz hodisga bois bo‘ladi. Demak, uchinchi yoki birinchi qism sobit bo‘ladi. Shunday vajhda sobit bo‘lgan har qanday ilm ularning nazdida yaqiyn deya nomlanadi. Uning biz zikr qilgan mulohaza yoxud his yoxud tug‘ma aql bilan hosil bo‘lishining farqi yo‘qdir. Bu narsa sababsiz hodisning ro‘y bermasligini Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling