Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 121
yoki Makkaning borligini bilish kabi aniq xabarligini, yoxud pishirilgan saqmoniya (tibbiyotda ishlatiladigan nodir o‘simlik) yengillashtiruvchiligini bilish tajribaligini yoki zikr qilgan dalilimizni bilishga o‘xshaydi. Ularning nazarida bu ismni («yaqiyn» so‘zini) ishlatishning sharti shak qilmaslikdir. U to‘g‘rida shak etilmaydigan har qanday ilm nazdlarida «yaqiyn» deb nomlanadi. Shunga binoan yaqiyn zaiflik bilan sifatlanmaydi. Zero, shakni inkor etishda tafovut yo‘qdir. Ikkinchi istiloh – fuqaho, mutasavvif va aksar ulamoning istilohidirki, bunda tajviz va shak e’tiboriga qaralmaydi, balki uning aqlga ustun va g‘olib kelishiga e’tibor qilinadi. Hatto, falonchining o‘limga yaqiyni zaif, deyiladi, vaholanki, o‘limning haqligida shak yo‘q. Falonchining rizq kelishiga yaqiyni kuchli, deyiladi, holbuki, kelmasligi ham mumkin. Nafs bir narsani tasdiqlashga qanchalik moyil bo‘lib, u qalbga g‘olib kelsa va uni egallab olsa, u nafsdagi tajviz va mone’likni hukm va tasarruf etuvchiga aylanadi. Bu esa yaqiyn deb nomlanadi. Odamlar o‘limga qat’iy ishonchda barobardirlar. Lekin ularning ichida o‘limga e’tibor bermaydiganlari va tayyorlanmaydiganlari ham bor. Go‘yo o‘limga ishonmaydigandek, yaqiyni yo‘qdek. Yana ularning ichida o‘lim qalbini egallab olgan, unga tayyorgarlik tashvishiga cho‘kkan va boshqa narsa ko‘ngliga sig‘magan kishilar bor. Bunga o‘xshash holatlar haqida «yaqiyni quvvatli» iborasi ishlatiladi. Shuning uchun ayrimlar: «O‘limdan-da yaqiynsiz shakka o‘xshagan, ammo shaksiz yaqiynni ko‘rmadim», deyishgan. Bu gapni yaqiynning zaiflik va quvvatlik sifatlaridagi istilohiga binoan aytishgan. Biz, yaqiynni to‘liq ikki ma’nosida kuchaytirish oxirat ulamolarining sha’nidandir, degan so‘zimiz bilan quyidagilarni iroda etgan edik: yaqiyn shakni inkor etishdir, so‘ng uning nafsga hukmronlik qilishidirki, to u nafsda hukmron va g‘olib bo‘lsin. Mana shularni tushungan bo‘lsang, «yaqiyn uch qismdan iboratdir», degan so‘zimizdan murod quvvatlilik va zaiflik, ko‘plik va ozlik, maxfiylik va ravshanlik ekanini bilgan bo‘lsang kerak. Quvvat va zaiflik ikkinchi istilohga binoandir va u qalbga g‘olib bo‘lish, uni egallashda yuzaga keladi. Yaqiynning quvvat va zaiflikdagi ma’nolari darajasi tuganmas, benihoyadir. Xalqning o‘limga tayyorgarlikdagi tafovuti yaqiynning mana shu ma’nolardagi tafovutiga qarab belgilanadi. Ammo birinchi istilohdagi maxfiylik va ravshanlik tafovuti ham, tajvizga olib boradigan ikkinchi istiloh ham inkor etilmaydi. Shuningdek, undan shakni yo‘qqa chiqarishni ham inkor etishning iloji yo‘q. Masalan, sen Makkaning borligi bilan Fadakning borligini tasdiqlashda farq borligini, Muso (a.s.) bilan Yo‘sha’ni (a.s.) tasdiqlashda tafovut mavjudligini bilasan. Shu bilan birga, bular to‘g‘risida shakka bormaysan. Chunki barchasining manbasi, suyanchig‘i mutavotir, qat’iy. Lekin ularning birinchisini qalbingga yaqinroq va aniqroq ko‘rasan. Chunki birinchisining sabablari kuchli. Shuningdek, bu xususda dalillar borasidagi ma’lum nazariyalar bilan mulohaza qilgan kishi biladiki, bitta dalil bilan ma’lum bo‘lgan narsa ko‘p dalillar bilan ma’lum bo‘lgan narsa kabi emas, garchi shakni inkor etishda ikkovlon barobar bo‘lsa ham. Ilmni kitoblardan o‘qish va eshitish orqali oladigan, holatlarning tafovutidan idrok etganini o‘zida sinab ko‘rmaydigan mutakallimlar buni inkor qiladi. Ozlik va ko‘plik yaqiynga taalluqli narsalarning ko‘pligi bilan bo‘ladi. Masalan, falonchining ilmi pistonchinikidan ko‘p, deyilganda, ma’lumoti ko‘p bo‘ladi. Shu bois olimning yaqiyni gohida shariatda vorid bo‘lgan barcha narsa to‘g‘risida, gohida ba’zi narsalarda kuchli bo‘lishi mumkin. Agar, men yaqiynni, uning quvvat va zaifligini, ko‘p va ozligini, oshkor va yashirinini shakni inkor etish yoki qalbni egallashi ma’nosida tushundim, endi yaqiynning taalluqli narsalari va o‘zanlarining ma’nosi nima, men Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling