Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 130
Haqiqatni bilgilki, albatta, zamon ahlining biluvchirog‘i va haqqa yaqinrog‘i sahobalarga yaqin bo‘lgani va salaflar yo‘lini tutganidir. Din ana shulardan olinadi. Shuning uchun Ali (r.a.): «Bizlarning yaxshilarimiz mana shu dinga tobe’ bo‘lganlarimizdir», deganlar. Agar unga falon kishiga xilof qilding, deb aytilsa, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ahli zamonlariga muvofiq ish qilish to‘g‘risidagi o‘z zamondoshlariga muxolafati uchun qayg‘urish lozim bo‘lmaydi. Unda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) zamonlariga muvofiq kelingan bo‘ladi. Chunki kishilar tabiatlari moyil bo‘lgan narsaga qaraydilar. Ko‘pincha, nafslari buni e’tirof etishga ijozat bermaydi. Ana shuning o‘zi jannatdan mahrum bo‘lishga sabab bo‘ladi. Ular esa, jannatga shu yo‘ldan boshqa yo‘l yo‘q, deb da’vo qilishadi. Shuning uchun Hasan Basriy aytganlar: «Islomda ikki toifa kishi yangilik (bid’at) yaratdi: 1. Yomon fikr egasi. Uning gumonicha, albatta jannat ko‘ruvchi kishiga uni rayidekdir. 2. Dunyoga ibodat qiluvchi tog‘iy (haddidan oshuvchi). U dunyo uchun g‘azab qilib, dunyo uchun rozi bo‘lib, uning talabida yuradi. Ularni o‘tga uloqtirish lozim». Kishilar yo oxiratga, yoki havoyi nafsiga chaqiruvchi bo‘ladi. Alloh asraganlari esa, solih salaflarga mushtoq bo‘lib, ularning fe’l-atvorlarini o‘rganib, izlaridan ergashganlardir. O‘sha zotlar ulug‘ ajrlarga sazovor bo‘lgaylar. Ana shu zotlardek bo‘linglar. Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan mavquf xabarda keltirilishicha, u zot aytadilar: «Albatta, u (to‘g‘ri yo‘l) ikkitadir: kalom va hidoyat. Kalomlarning yaxshisi Allohning kalomidir. Hidoyatlarning yaxshisi Rasulullohning (s.a.v.) hidoyatlaridir. Ishlarning yangisidan ehtiyot bo‘linglar. Albatta ishlarning yomoni yangi paydo bo‘lganidir, yangi paydo bo‘lgan narsa bid’atdir. Har bir bid’at zalolatdir. Orzu-havasni uzun qilishdan saqlaninglar, unda qalblaringiz qattiq bo‘lib qoladi. Ogoh bo‘linglarki, har bir keluvchi narsa yaqindir. Ogoh bo‘linglarki, uzoq bo‘lgan narsa keluvchi emasdir».184 184. Ibn Moja rivoyati. Hadis mana shu lafz bilan zaifdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xutbalarida aytganlarki: «Boshqalar aybini qo‘yib, o‘zining aybi bilan shug‘ullanuvchi kishiga, halol kasb qilgan molidan infoq qiluvchiga, fiqh va hikmat ahllariga aralashuvchiga, osiy va xatokor kishilardan yiroq bo‘luvchiga qandayam yaxshi. Nafsini past ko‘rib, xilqatini chiroyli qilib, o‘zini isloh etib, insonlarga yomonlik qilishdan tiyilib, sunnatda kengayib, bid’atga qadam bosmagan kishiga ham qanday yaxshi».185 Ibn Mas’ud aytadilar: «Umrning oxirida chiroyli hidoyatda bo‘lish ko‘p amal qilishdan yaxshidir. Sizlar shundoq bir zamondasizlarki, bunda sizlarning yaxshilaringiz amal qilishga shoshilganingizdir. Sizlardan keyin shundoq zamon keladiki, shubhalar ko‘p bo‘lganidan sabot bilan to‘xtab turish yaxshi ish sanaladi». Haqiqatda u zot rost aytganlar. Kimki bu zamonamizda bosiqlik qilmay, odamlarga ergashib, sho‘ng‘igan narsalariga sho‘ng‘isa, ular bilan birga halok bo‘lur. Huzayfa (r.a.) bundan-da ajablanarlisini aytganlar: «Oldingi zamonda inkor qilinganingiz bugungi yaxshilaringizdir. Bugun inkor qilinganlaringiz ertangi kunning yaxshilaridir. Modomiki, haq bo‘lib, olimlaringizni past sanamas ekansizlar, yaxshilikda bardavom bo‘lasizlar». Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling