Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 137
qilishdi. Ularning nusrat va niyatlari aqllari qadar bo‘ldi. Musibat yetganlarga turli manzillarda yetdi. Qiyomat kuni ular manzillarni niyatlari va aqllari qadaricha bo‘lishib oladi»,200 deb javob qildilar». Baro ibn Ozib rivoyat etishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: «Maloikalar Alloh subhonahu va taologa toatda aql bilan jiddu jahd qilishdi. Bani Odamning mo‘minlari aqllari miqdoricha jiddujahd qilishdi. Alloh azza va jallaning toatida ularning amali ko‘proqlari aqllari to‘liqroqlaridir».201 198. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyat qilgan. 199. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyati qilgan. 200. Ibn Mijbar rivoyati. 201. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyati qilgan. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Men: «Yo Rasululloh, odamlar dunyoda nima bilan afzal bo‘ladilar?» deb so‘radim. Ul zot: «Aql bilan», deb javob qildilar. «Oxiratdachi?» dedim. «Aql bilan», dedilar. «Unda amallariga qarab mukofotlanmaydilarmi?» deb so‘radim keyin. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) javob qildilar: «Ey Oisha, ular Alloh azza va jalla bergan aql miqdoricha amal qilmaydilarmi? Amallari berilgan aql miqdoricha bo‘ladi. Qilgan amallari miqdoricha mukofotlanadi»,202 deb javob qildilar». Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytganlar: «Har bir bandaning asbob-uskunasi bo‘ladi, mo‘minning asbobi aqlidir. Har bir narsaning siri bo‘ladi, kishining siri aqlidir. Har bir narsaning ustuni bo‘ladi, dinning ustuni aqldir. Har bir qavmning g‘oyasi bo‘ladi, bandaning g‘oyasi aqldir. Har bir qavmning da’vatchisi bo‘ladi, obidlarning da’vatchisi aqldir. Har bir tojirning moli bo‘ladi, mujtahidlarning moli aqldir. Har bir ahli baytning qadriyati bo‘ladi, siddiqlar oilasining qadriyati aqldir. Har bir kishining u bilan eslanadigan zurriyoti bo‘ladi, siddiqlarning zurriyoti aqldir. Har bir musofirning chodiri bo‘ladi, mo‘minlarning chodiri aqldir».203 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Albatta, mo‘minlarning Alloh azza va jallaga mahbubrog‘i Alloh azza va jalla toatida qoyim bo‘lgani va Uning bandalariga nasihat qilgani, aqli komil bo‘lgani, o‘ziga nasihat etib o‘nglangani va hayot chog‘larida unga amal qilib najot va muvaffaqiyat topganidir».204 Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Sizlarning aqli komilingiz Alloh taologa xavfi qattiqrog‘ingiz, uning buyruq va qaytariqlariga tafakkuri go‘zalrog‘ingizdir. Garchi bunda ixtiyoriy amalingiz kam bo‘lsa ham».205 202. Ibn Mijbar va Termiziylar rivoyati. 203. Ibn Mijbar rivoyati. Bu kishidan Horis rivoyat qilgan. 204. Ibn Mijbar rivoyati. Abu Mansur Daylamiy ham boshqa zaif isnod ila rivoyat qilgan. 205. Ibn Mijbar Abu Qatodadan rivoyat qilgan. Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling