Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Alloh sha’niga yolg‘on to‘qigan yoki haq (Qur’on) kelgan chog‘da, uni yolg‘onga yo‘ygan kimsadan kim ham zolimroqdir!»
www.ziyouz.com kutubxonasi 75
so‘zlarning haqligini biz shohid bo‘layotgan holatlar isbotlab turibdi. 9. Haqdan yuz o‘girish, uni yoqtirmaslik hamda nohaq narsada bardavom bo‘lishga harislik. Tortishuvchi hamisha dushmanlik ishtiyoqi ila yashaydi. Munozarachining eng yomon ko‘rgan, yoqtirmagan narsasi – haqiqatning raqibi tilidan zohir bo‘lishidir. Tortishuvchi bor kuchi, harakatini raqibiga qarshi safarbar qiladi. Bunda uni haq yoki nohaq ekani mutlaqo qiziqtirmaydi. Uning uchun tortishuvning bardavom bo‘lishi muhimroqdir. Biror so‘zni eshitishi bilanoq, unga e’tiroz bildirish uning mashg‘ulotiga aylanib qolgan. Holat shu darajaga borib yetadiki, qalbidagi e’tiroz Qur’on dalillaridan yoki shar’iy lafzlardan ham ustun bo‘lib qoladi, Qur’on dalillarini bir-biriga zid qo‘ya boshlaydi. Vaholanki, botilni himoya qilish uchun tortishish juda qattiq man’ etilgandir. Chunonchi Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) haq ila bo‘lsa-da, botilga qarshi munozarani tark qilishga buyurib: «O‘z xatosini anglab, tortishuvni tark qilgan kishiga Alloh jannat o‘rtasida bir qasr bino qiladi. Haq bo‘laturib, tortishuvdan o‘zini tiyganga esa, jannatning eng yuqorisidan qasr quradi»,121 deganlar. Alloh taolo o‘ziga nisbatan uydirma to‘quvchilar bilan haqni yolg‘onga chiqaruvchilarni barobar qo‘ygan: «Alloh sha’niga yolg‘on to‘qigan yoki haq (Qur’on) kelgan chog‘da, uni yolg‘onga yo‘ygan kimsadan kim ham zolimroqdir?!» (Ankabut surasi, 68-oyat). Shuningdek, boshqa oyati karimada: «Axir Alloh sha’niga (sherik va farzandni nisbat berib) yolg‘on so‘zlagan va rost (Qur’on) o‘ziga kelgan paytidayoq yolg‘on degan kimsadan ham zolimroq biror kimsa bormi?!» (Zumar surasi, 32-oyat) deydi. 120. Tabaroniy zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 121. Termiziy va Ibn Mojalar Anasdan (r.a.) rivoyat qilishgan. 10. Riyo, xalqning mulohazasini qilish, ularning qalbini o‘ziga moyil etish va o‘zi tarafga qaratish uchun harakat qilish. Riyo insonni katta gunohlarga olib boruvchi qo‘rqinchli xastalikdir. «Riyo kitobi»da bu haqda mufassal tushuntiriladi. Munozara qiluvchi xalq oldida o‘zini ko‘rsatishni, ularning maqtov-olqishlariga sazovor bo‘lishni tortishuvning asosiy sababi qilib oladi. * * * Yuqorida biz aytib o‘tgan o‘nta holat botiniy buzuqliklarning asosidir. Bulardan tashqari, yana bir qancha razil xislatlar ham borki, ular tufayli munozara qilayotganlar o‘zlarini tiya olmay, munozara oxirida mushtlashish, yoqalashish, kiyim-bosh yirtish, soqol yulish, ota-onasini so‘kish, ustozlarini haqorat qilish, bir-birlariga bo‘hton ag‘darishgacha borishadi. Bu turdagi tortishuvlarni inson nomiga loyiq ko‘rmaganimiz bois, ularning sababchisi bo‘lgan xislatlarni aytib o‘tirmadik. Ammo oqil va buyuk olim hisoblanmish tortishuvchilar ham mazkur ayblardan xoli emaslar. To‘g‘ri, ba’zilar raqibining darajasidan ancha past yoki yuqori bo‘lishiga, yashab turgan shahri yoki yashash holatlariga ko‘ra, bu xatoliklardan yiroq bo‘lishi mumkin. Ammo o‘shalar ham darajasi barobar bo‘lganlar orasiga kirgan vaqtlarida yomon xislatlarini namoyish qilishadi. O‘zini mudofaa qilish, adovat, tama’, mol orttirish sevgisi, g‘olib bo‘lish uchun mansabga intilish, manmansirash, mutakabbirlik, boshqalarni mensimaslik, boylar va amaldorlarga xushomad qilish, ularni tez-tez ziyorat etish, ularning harom mollaridan olish, shar’an Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling