Ihyou ulumid-din
«Bas, sizlar o‘zingizni oqlamay qo‘yaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zgalar aybini qidirib, josuslik qilmanglar...»
«Bas, sizlar o‘zingizni oqlamay qo‘yaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi
bilguvchidir» (Najm surasi, 32-oyat), deydi. Bir donishmanddan: «O‘zi to‘g‘ri Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 74 bo‘laturib, jirkanch ko‘ringan narsa nima?» deb so‘rashdi. Shunda hakim zot: «Kishi o‘zini o‘zi maqtashidir», deb javob berdi. Munozarachi quvvatli, g‘olib va raqiblaridan peshqadam ekanini aytib, o‘zini ko‘klarga ko‘taradi. Hech bo‘lmaganda, gap orasida: «Bunaqa ishlarni bilmaydiganlardan emasman, men ilmda ancha peshqadam, o‘z uslubiga ega kishiman, hadislarni ham yod olganman», deydi. Bunga o‘xshash so‘zlar bilan o‘zini maqtaydi yoki fikrlarini yoyish uchun o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Ma’lumki, maqtanish, o‘zni oqlash shar’an ham, aqlan ham yomon ishdir. 119. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati. 6. Josuslik qilish va odamlardan ayb qidirish. Alloh taolo shunday deydi: «O‘zgalar aybini qidirib, josuslik qilmanglar...» (Hujurot surasi, 12-oyat) Munozarachi raqiblari aybini qidirishdan, xasimlari nuqsonini izlashdan hech charchamaydi. Hatto unga: «Sening shahringga bir munozara qiluvchi keldi», degan xabar yetsa, darhol uning botiniy holatini, qabih jihatlarini bilib olish uchun josuslar yollaydi, toki ehtiyoj bo‘lganida uni xijolatga qo‘ysin. Holat shu darajaga yetadiki, u raqibining yoshligini, o‘sha paytdagi holatlarini yoki tanasidagi kamchilik va kasalliklarni, masalan, kalligini aniqlaydi. Agar raqibining o‘zidan ustun jihatlari ko‘rinib qolsa, ayblarini yuziga soladi. 7. Odamlarning nochor holga tushib qolganidan sevinib, shodligiga g‘amgin bo‘lish. Kim musulmon birodariga o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani ravo ko‘rmasa, mo‘minlar axloqidan yiroqdir. Fazilatda barobar bo‘lgan yaqinlari va tanishlarini ko‘rolmaslik, darajalari barobar munozirlar orasidagi adovat xuddi kundoshlar orasidagi adovatga o‘xshab ketadi. Kundoshlar bir-birini uzoqdan ko‘rgan zahoti titrab, ranglari o‘zgara boshlaydi. Shuning kabi munozarachi ham raqibini ko‘rganida fikri iztirobga tushadi. Shayton yoki yirtqich hayvonga duch kelgan kishiday dovdirab qoladi. Din olimlari birbirlariga yo‘liqqan paytlarida ko‘rsatilishi lozim iltifot shumi?! Mashaqqat va yengillik vaqtlarida o‘rtada bo‘ladigan o‘zaro hamkorlik, yordam va birodarlik qayoqqa ketdi?! Imom Shofe’iy (r.a.): «Ilm fazilat va aql sohiblarini bog‘lab turuvchi rishtadir”, deganlar. Endi ilm tufayli orasida adovat uyg‘ongan bir jamoa qanday qilib, u zotning mazhablariga iqtido da’vosini qilishyapti, bilmayman?! Faxr va ulug‘vorlik talashadiganlar orasida uns ulfatlik va xotirjamlik bo‘lishi mumkinmi? Aslo mumkin emas! Bu sifatning yomonligiga mo‘minga munofiqlar axloqini singdirib, muttaqiylar axloqidan uzoqlashtirishi yetarli dalildir. 8. Nifoq (ikkiyuzlamachilik). Munofiqlikning mazmum xulq ekaniga dalil keltirish shart emas. Munozarachi esa, nifoqqa duchor bo‘lmay iloji yo‘q. Ular raqiblari yoki ularning tarafdorlari, do‘stlari bilan yuz ko‘rishib turishadi, shu paytda ularga nisbatan tilida zohiran muhabbat, hurmat-ehtirom izhor qilishga va raqiblarining daraja va holatlarini e’tiborga olishga majburdirlar. Ushbu holning yolg‘on, nifoq, fojirlik va yolg‘on guvohlikdan o‘zga emasligini barcha yaxshi biladi. Tortishuvchilar faqat tillaridagina samimiyat izhor qilishadi, qalblari esa, bir-biriga qarshi adovat o‘chog‘iga aylangan. Biz bunday nifoqdan buyuk Allohning panohiga qochamiz! Sarvari koinot sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar ilm o‘rganib amalni tark qilganlarida, tillari ila sevishib, qalblari ila adovatda bo‘lsalar va silai rahmni uzsalar, Alloh ularni la’natlab, quloqlarini kar va ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi»,120 deganlar. Bu gapni Hasan Basriy rivoyat qilganlar. Ushbu Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling