Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchi bob Ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi odoblari haqida
- «Albatta, mushriklar najasdirlar».
www.ziyouz.com kutubxonasi 77
olovga o‘xshaydi. Olimlar uch xil bo‘ladi: 1. O‘zini ham, boshqalarni ham halok etuvchi olimlar. Ular ochiqdan-ochiq dunyo talab qilganlar va unga yuz tutganlar. 2. O‘zini ham, boshqalarni ham saodatga eltguvchi olimlar. Ular xalqni zohiru botinda Allohga da’vat qiladi. 3. O‘zlarini halok qilib, boshqalarni saodatga yo‘llovchi olimlar. Ular zohiran odamlarni oxiratga chorlaydi, tashqaridan dunyoni tark qilganga o‘xshab ko‘rinadi, lekin botini, asl maqsadi xalqni o‘zi tomonga og‘dirish yoki biror obro‘ga ega bo‘lishdir. Bas, holat shunday ekan, sen o‘zingning qaysi toifadan ekaningga e’tibor ber! Kimlardan ibrat olayotganingga xolis qara. Alloh o‘zi uchun qilinganidan boshqa biror ilm yoki amalni qabul etmasligini xotiringdan chiqarma. Bu haqda dalillar «Riyo» kitobi va «Rub’ul muhlikot» bo‘limida yetarlicha keladi, inshaalloh. Beshinchi bob Ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi odoblari haqida Talaba rioya qilishi lozim bo‘lgan ko‘plab odob va zohiriy vazifalar bor. Lekin biz ulardan faqat o‘ntasini keltirish bilan cheklanamiz. Birinchi vazifa: talaba avvalo qalbini jirkanch xulqlardan, mazmum yomon sifatlardan poklab olishi kerak. Chunki ilm qalb ibodati, maxfiy namoz va Allohga botiniy yaqinlikdir. Zohiriy a’zolar vazifasi bo‘lgan namoz faqat hadas va nopokliklardan zohiriy tozalanish bilangina durust bo‘ladi. Botinning ibodati va qalbning ilm bilan obod bo‘lishi ham, faqatgina uni jirkanch xulqlar va razil sifatlardan poklash bilan yuzaga chiqadi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) hadislaridan birida: «Bu din poklik ustiga barpo bo‘lgan»,125 deganlar. Zohiran ham, botinan ham u shundaydir. Alloh taolo poklik va najosat zohiriy his etish bilangina cheklanmaganini aqllarga tanbeh o‘laroq aytadi: «Albatta, mushriklar najasdirlar». Mushrik pokiza libosda, badani yuvilgan holda bo‘lishi mumkin, lekin u javharan baribir najasdir. Ya’ni, botini (shirk, kufr kabi) iflosliklar bilan bulg‘angandir. 125. Bu ko‘rinishda topmadim. Ammo Ibn Hibbon va Tabaroniylar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan bir oz boshqacha rivoyat bor. Najosat – kishi saqlanishi, undan uzoq yurishi lozim bo‘lgan narsa. Botiniy iflosliklardan chetlanish esa, yanada muhimroqdir. Chunki u iflos bo‘lish bilan birga, oqibatda halokatga ham olib boruvchidir. Shuning uchun janob Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «It bo‘lgan uyga farishtalar kirmaydi»,126 deganlar. Qalb ham bir uy, farishtalar qo‘nadigan makon. G‘azab, shahvat, gina, hasad, kibr, manmansirash va shunga o‘xshash razil sifatlar qopog‘on itga o‘xshaydi. Farishtalar qanday qilib, endi ko‘ppaklar orasiga kiradi?! Holbuki, Alloh taolo ilm nurini qalbga faqat farishtalar vositasi ila yuboradi: Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling