Ihyou ulumid-din
Download 313.88 Kb.
|
Ihyou ulumid [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com kutubxonasi 88
Tolibi ilmning vazifalariga mana shular kifoya qiladi. Murshid - muallimning vazifalari bayoni Bilgilki, mol-dunyo to‘plashda bo‘lgani kabi, ilm olishda ham to‘rt holat mavjud. Mol sohibining istifoda holati bor, unda muktasib (kasb qiluvchi) bo‘ladi; kasb qilib topgan molini jamg‘arish holati bor, u bilan tilanchilikdan qutiladi; o‘ziga infoq qilish holati bor, molidan foydalanadi; molini boshqalarga sarflash holati bor, bu bilan saxiy va fazilatli bo‘ladi. Mana shu oxirgisi barcha holatlarning ulug‘idir. Shuningdek, mol-dunyo kabi, ilm ham yig‘iladi. Unda ham talab va kasb qilish holati, so‘rashdan behojat bo‘ladigan darajada tahsil qilish holati, istibsor – hosil qilgan ilmini tafakkur qilish va undan foydalanish holati, hamda tabsir – boshqalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish holati bor. Buning ham oxirgisi ulug‘dir. Kim ilm olsa, unga amal qilsa va boshqalarga o‘rgatsa, u kishi osmonlarda ulug‘ inson deb chaqiriladi. U odam quyosh kabidirki, boshqalar uchun ziyo tarqatadi va o‘zi ham ziyolidir yoki mushki anbar kabidirki, boshqalarni xushbo‘y qiladi va o‘zi ham xushbo‘ydir. Ilm o‘rganib, unga amal qilmaydigan kishi esa, boshqalarga foyda berib, o‘zi ilmdan xoli qolgan daftar yoki boshqa narsalarni o‘tkirlab, o‘zi hech narsani kesa olmaydigan qayroqtosh yoki boshqalarni kiyintirib, o‘zi yalang‘och qolgan igna yoki boshqalarga nur berib, o‘zi yonib ketadigan chiroqning piligi kabidir. Chunonchi she’rda aytiladi: U yonguvchi pilikdirki, atrofga nur taratur, Kimlar undan nur emur, u yonib ado bo‘lur. Inson qachon ilm berishga kirishsa, ulug‘ ishni, katta vazifani zimmasiga olgan bo‘ladi. Shuning uchun uning odoblari va vazifalarini yodda tutishi lozim: Birinchi vazifa: muallim ta’lim oluvchilarga nisbatan shafqatli bo‘lishi va ularga o‘z bolalari kabi muomala qilishi kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ota o‘z farzandiga qanday bo‘lsa, men ham sizlar uchun shundayman»,132 deganlar. Bu vazifani muallim shogirdlarni oxirat azobidan saqlashni qasd qilish bilan ado etishi mumkin. Mana shu niyat ota-ona farzandini dunyo olovidan saqlashidan ko‘ra muhimroqdir. Shuning uchun muallimning haqqi ota-onaning haqqidan ustun qo‘yiladi. Chunki ota vujud va foniy hayotning sababchisi bo‘lsa, muallim abadiy hayotning sababchisidir. Muallim bo‘lmasa edi, ota tomonidan hosil qilingan narsa abadiy halokatga duchor bo‘lardi. Zero, muallim uxroviy hayotning bunyodkoridir. Bu yerda oxirat yoki dunyo ilmlari bilan dunyo topishni emas, oxiratni qasd qiluvchi muallimni nazarda tutdim. Ammo dunyo topish maqsadida ta’lim berish halok bo‘lish va halok qilishdirki, bundan Alloh saqlasin! Bir otaning o‘g‘illari o‘zaro muhabbatli va barcha maqsadlarda bir-birlariga yordam ko‘rsatishlari lozim bo‘lgani kabi, bir ustozning shogirdlari ham o‘zaro muhabbatli bo‘lishlari kerakdir. Ularning maqsadlari oxirat bo‘lsagina o‘rtalarida muhabbat uyg‘onadi. Agar maqsadlari dunyo bo‘lsa, o‘rtada hasad va adovatdan boshqa narsa hosil bo‘lmaydi. 132. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar rivoyati. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 313.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling