Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi


Download 1.2 Mb.
bet16/16
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 MAVZU.

Tezkor savol-javob Mos rasmda agarda pomidor narxi oshsa, pitsa uchun bozorda qanday o`zgarish bo`lishini ko`rsating. Boshqa bir rasmda agarda gamburger narxi tushsa, pitsa uchun bozorda qanday o`zgarish bo`lishini ko`rsating.

Xulosa: narxlar qanday qilib resurslarni jalb qiladi


Bu bobda bozordagi talab va taklif tahlil qilingan edi. Bizning qarorlarimiz muzqaymoq bozorini o`z ichiga olgan holda chiqarilgan bo`lsada, bu dars boshqa ko`pchilik bozorlar uchun ham o`rinlidir. Siz qachon bo`lsa ham do`konga xarid qilgani borganingizda, siz biror tovar uchun talab bildirasiz. Siz qachon bo`lsa ham ish qidirganingizda, siz mehnat xizmatiga talab bildirasiz. Chunki talab va taklif shunday tarqalgan iqtisodiy hodisa, talab va taklif modeli tahlil uchun kuchli qurol. Biz bu modeldan kelgusi boblarda takroran foydalanamiz.
O`nta iqtisodiy tamoyillardan biri, ya’ni bozorlar iqtisodiy faoliyatni tartibga solib turishning yaxshi yo`li ekanligi 1-bobda muhokama qilingan edi. Bozorning oqibati yaxshi yoki yomon ekanligini hal qilishga hali erta ekanligiga qaramasdan, biz ushbu bobdan bozorning qanday qilib ishlashini ko`rishni boshladik. Har qanday iqtisodiy tizimda cheklangan resurslar raqobatchilar o`rtasida taqsimlanishi zarur. Bozor iqtisodiyotining tayanchi talab va taklifning o`zaro bir-birini to`ldirib turishidir. Talab va taklifiqtisodiyotdagi ko`plab turli xil tovar va xizmatlarning narxini aniqlab beradi, narxlar bir tomondan resurslarni taqsimlash uchun yo`l hisoblanadi.
Misol uchun, sohil yerining taqsimlanishini olaylik. Ushbu yerning cheklanganligi sababli hamma ham bu qimmat sohil yerida rohatlana olmaydi. Bu resurslarni kim oladi? Javob kimda hohish va to`lash uchun yetarli puli bo`lsa o`sha kishi. Sohil yeriga bo`lgan talab va taklifning balansi uning narxini tartibga solib turadi. Shu sababli bozor iqtisodiyotida narxlar cheklangan resurslarni tartibga soib turish uchun mexanizm hisoblanadi.
Shunga o`xshash, narxlar kim har bir tovardan qancha ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Masalan, firmalarni olaylik. Bizga ovqat yashash uchun kerak, odamlarning firmada ishlashi bu muhim. Kim fermer va kim fermer emasligi qanchalik muhim? Erkin jamiyatda, bu qarorni qabul qilish uchun hukumat rejalashtirish agentliklari yo`q. Buning o`rniga, ishchilarni firmaga
taqsimlash millionlab ishchilarning ish qaroriga bog’liq. Bu markazlashmagan tizim juda yaxshi ishlaydi, chunki bu qarorlar marxga bog’liq. Oziq-ovqat narxlari va firma ishchilarining maoshi (mehnat narxi) yetarlicha insonlar fermerlikni tanlash uchun tartibga solib turiladi.
Agarda biror shaxs bozor iqtisodiyotini harakatini biror marta ko`rmagan bo`lsa, barcha g’oyalar o`rinsiz bo`lib ko`rinishi mumkin. Iqtisodiyot ko`pchilik guruh odamlarining birgalikda faoliyat yuritishidir. Millionlab insonlarning hohish va turli xil qobiliyatlari bilan bog’liq harakatlarini nima muvofiqlashtiradi? Nima orqali biror narsaga bo`lgan ehtiyoj bilan qondiriladi? Javobi bir so`zda, ya’ni narx. Agar Adam Smitning mashxur nazariyasiga ko`ra ko`rinmas qo`l bozor iqtisodiyotini boshqarsa, unda narx tizimi bu iqtisodiy orkestrga dirijorlik qiluvchi o`sha ko`rinmas qo`ldir.
Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling