Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi


Taklif egri chizig’idagi o`zgarish


Download 1.2 Mb.
bet9/16
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
2 MAVZU.

Taklif egri chizig’idagi o`zgarish


Taklifga ta’sir etuvchi omillardan birining o`zgarishi ham taklif egri chizig’ining o`zgarishiga sabab bo`ladi. Faraz qiling shakarning narxi tushdi. Shakar muzqaymoq tarkibiga kiradi, shuning uchun ham muzqaymoq ishlab chiqarish daromadli hisoblanadi. Bu musqaymoq taklifining oshishiga sabab bo`ladi. Muzqaymoq taklifining egri chizig’i o`ngga siljiydi.




  1. rasmda taklif o`zgarishi ifodalangan. Shakar narxining tushishi muzqaymoq ishlab chiqarish hajmini oshishiga sabab bo`lgan. Shuningdek taklifning kamayishi taklif egri chizig’ini chapga siljitgan va bu taklifning kamayishi deyiladi.

Taklif egri chizig’ini o`zgartiradigan bir qancha omillar mavjud bo`lib, quyida ular bilan tanishamiz:
Xarajatlar. Muzqaymoq ishlab chiqarishda sotuvchilar turli xil xarajatlar qiladi: qaymoq, shakar, ta’m beruvchi preparatlar, muzqaymoq mashinasi, ishlab chiqarish binosi hamda mahsulotni ishlab chiqaradigan va mashinalarni boshqaradigan ishchi kuchi xarajatlari.
Yuqorida ta’kidlangan xarajatlardan biri yoki bir nechtasi miqdorining oshishi, mahsulot foydaliligini kamaytiradi va taklif qisqarishiga olib keladi. Agar xarajat keskin oshsa, firma yopilishi mumkin va hech qanday muzqaymoq taklifi ham bo`lmaydi. Shu sababli mahsulot taklifi mahsulotga qilinadigan xarajat miqdori bilan teskari bog’lanishga ega.

Texnologiya. Taklifning boshqa bir muhim omili bu xarajatlarni muzqaymoqqa aylantiruvchi texnologiyadir. Misol uchun, mexanizatsiyalashgan muzqaymoq mashinasining kashf qilinishi, muzqaymoq ishlab chiqarish uchun zarur bolgan mehnat miqdorini kamaytirdi. Texnologiyadagi rivojlanish mahsulot taklifini firma xarajatlarini qisqartirish orqali o`stirdi.
Kutish. Firma taklif qiladigan bugungi muzqaymoq miqdori uning kelajakka bo`lgan ishonchiga bog’liq bo`lishi mumkin. Masalan, agar firma kelajakda muzqaymoq narxi oshishiga ishonsa, u joriy mahsulotning bir qismini omborga joylashtiradi va bugungi taklifini qisqartiradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling