Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi
Download 1.2 Mb.
|
2 MAVZU.
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`rin bosuvchi tovarlar narxi.
- J a d v a l 1
Muzqaymoq miqdori
Barcha tovarlar ham odatiy tovarlar emas. Agar daromad tushganda biror tovarga bo`lgan talab oshsa, ushbu tovar past darajali tovar deyiladi. Past darajali tovarga misol qilib avtobus chiptasini keltirishimiz mumkin. Daromadingiz tushganda mashina haydash yoki taksi minishdan ko`ra avtobusga chiqishni ma’qul ko`rasiz. O`rin bosuvchi tovarlar narxi. Faraz qiling muzlatilgan yogurtning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz muzlatilgan yogurt sotib olasiz. Ayni shu paytda siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz. Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt birdek sovuq, shirin, kremli, ular sizning ehtiyojingizni birdek qondiradi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni kamaytiradi va bu tovarlar o`rin bosuvchi tovarlar deyiladi. O`rin bosuvchi tovarlar asosan bir joydan xarid qilinadigan tovarlar hisoblanadi, masalan, hot-dog va gamburger, sviter va ko`ylak, kino chiptasi va video ijarasi. Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz undan ko`proq sotib olasiz. Shu sababli siz ko`proq muzqaymoq ham sotib olasiz, chunki muzqaymoq va suyuq shokolad birga iste’mol qilinadi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni oshiradi, bu mahsulotlar to`ldiruvchi tovarlar deyiladi. To`ldiruvchi tovarlar birgalikga ishlatiladi, masalan, benzin va avtomobil, kompyuter va dastur. Did. Sizning talabingizni aniqlab beradigan asosiy narsa bu sizning ehtiyojingiz. Agr siz muzqaymoqni yoqtirsangiz uni ko`proq xarid qilasiz. Iqtisodchilar odatda insonlarning ehtiyojini o`rganishga harakat qilishmaydi, chunki ehtiyoj tarixan insonlarning o`ziga xos bo`lib kelgan psixologik kuch hisoblanadi. Ammo iqtisodchilar ehtiyoj o`zgarganda nima bo`lishini tahlil qilishadi.
Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling